O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Klinik o`lim xolati va jonlantirish tadbirlari



Download 1,7 Mb.
bet24/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Klinik o`lim xolati va jonlantirish tadbirlari


Trenirovka noto`g’ri uyushtirilganda va musobaqalarda havfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganidan sportchilar organizmida xayot faoliyatining jiddiy buzilishlari bilan kechadigan o`tkir patalogik holatlar (shok, suvda cho`kish, o`ta zo`riqish, issiq va oftob urishi, sovqotish va boshqalar) rivojlanishi mumkin. Bunday holatlarda hayotiy funktsiyalarning so`nishi, ayrim hollarda esa klinik o`lim, nafas olish va yurak faoliyati to`xtashi yuz berishi mumkin. Bunday vaziyatlarda har bir sportchi, trener va jismoniy tarbiya o`qituvchisi baxtsiz hodisa yuz bergan joyda birinchi (vrachgacha) meditsina yordamini shoshilinch ravishda bajarishi shart. Shikastlangan sportchining hayot-mamoti, qolaversa, keyingi davolash samaradorligi o`z vaqtida qanchalik yordam berilganligiga bog’liq. Mana shuning uchun har bir kishi birinchi yordam ko`rsatish tadbirlarini bilishi va ularni to`g’ri bajara olishi shart.

Hozirgi vaqtda ilm va texnika taraqqiyoti tufayli zamonaviy “Reanimatologiya” (re-yangitdan, animore-tiriltirish demakdir) rivoj topdi. Uning

vazifasi – o`layotgan organizmda ro`y beradigan mexanizmlarni o`rganish va shu asosda o`limga qarshi kurash metodlarini ishlab chiqish va amalda qo`llashdan iborat. Reanimatologiyaning vazifasi agoniya yoki klinik o`lim holatidagi bemorlarni tiriltirish bilangina chegaralanib qolmaydi.

Reanimatologiyaning asosiy vazifasi organizmning yo`qolgan funktsiyani tiklabgina qolmay, balki yo`qolishining oldini oladigan dori vositalari, maxsus apparatlar va metodlardan foydalanib, davo tadbirlari kompleksini intensiv va maqsadga muvofiq o`tkazishdan iborat. Shu sababli klinik reanimatologiya, shuningdek intensiv terapiya deb ham ataladi. Organizmning nafas olishi va yurak faoliyatini to`xtashi bilan bir vaqtda nobud bo`lmasligi bundan ancha yillar oldinroq aniqlangan edi. Qon aylanishi va nafas olish to`xtaganida, turli to`qimalar ularga qon va kislorod kelmay qolganiga turlicha javob reaktsiyasi qaytaradi va ular ayni bir vaqtda xalok bo`lmaydi. SHunga binoan “reanimatsiya” deb nom olgan tadbirlar kompleksi yordamida qon aylanishi va nafas olishni o`z vaqtida tiklash bemorni terminal holatdan chiqarishi mumkin.

Tibbiyotda biologik va klinik o`lim holati tafovut qilinadi.

Klinik o`lim holati bu hayot bilan o`lim orasidagi ma`lum oraliq bo`lib, ma`lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda hayot belgilari: ya`ni nafas olish, qon aylanish bo`lmaydi, tashqi ta`sirlarga farqsiz bo`ladi, og’riq sezmaydi, ko`z qorachig’i kengaygan va yorug’likni sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hujayralarda hayot butunlay so`nmagan bo`lib, ma`lum modda almashinuvi jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishiga etarli bo`ladi.

Shuning uchun tashqi ta`sir natijasida hayot faoliyatini yo`qotgan organizmning ba`zi bir qismlarini tiklash natijasida uni hayotga qaytarish imkoniyati bor. Klinik o`lim xolatiga tushgan kishida uni hayotga qaytarish uchun jonlantirish tadbirlarini boshlab olinguncha bo`lgan vaqt 7 daqiqagacha davom etadi. Chunki miya po`stlog’ining hujayralari kislorod etishmovchiligiga 7 daqiqaga chidamli. Hech qanday yordam bo`lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig’idagi hujayralar parchalanadi va klinik o`lim holati biologik o`lim holatiga o`tadi.

Biologik o`lim - qaytarib bo`lmaydigan jarayon bo`lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to`xtashi bilan xarakterlanadi, shuningdek organizmdagi oqsil strukturalari parchalanadi. Bu klinik o`lim vaqti tugagandan keyin ro`y beradi.

Biologik o`lim holatida organizmdagi barcha hujayra va to`qimalarda hayot butunlay to`xtaydi. Bu holatda o`lgan odamni tiriltirish mumkin emas.

Klinik o`lim holatida yurak qon tomir va nafas organlari falajlanib, vaqtincha to`xtaydi. Agarda bu holatda tez va o`z vaqtida yordam ko`rsatilsa, to`xtagan yurak va nafas organlari yana ishlab ketadi.

Shunday qilib, jonlantirish, ya`ni reanimatsiya tadbirlari sun`iy nafas oldirish va yurakni massaj qilishdan iboratdir.

Sun`iy nafas oldirish jarohatlangan kishining holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Jaroxatlangan kishini xolatini aniqlash elkasiga uraman, eshitaman, ko`raman uslubida amalga oshiriladi. Sun`iy nafas oldirish "og’izdan

og’izga" deb ataluvchi usul bilan amalga oshiriladi, ya’ni yordam ko`rsatuvchi kishi o`z o`pkasini havoga to`ldirib jarohatlangan kishi og’ziga havoni haydaydi. Odam o`pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o`pkasi ishlashi uchun etarli miqdorda kislorodga ega bo`lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og’zi ochilib, og’iz bo`shlig’ida mavjud bo`lgan yot jismlar va shilimshiqdan tozalanadi, havo o`tish yo`lini ochish uchun boshini bir qo`l bilan peshona aralash ko`tariladi, ikkinchi qo`l bilan dahanidan tortib, dahanini bo`yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi. Shundan keyin ko`krak qafasini to`ldirib nafas olib kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og’zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko`rsatayotgan kishi og’zi bilan, jarohatlangan kishining og’zini butunlay berkitishi va panjalari yordamida uning burnini berkitishi kerak.

Shundan keyin yordam ko`rsatuvchi boshini ko`tarib, yana o`pkasini havoga to`ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi passiv ravishda nafas chiqazadi.

Bir daqiqada taxminan 12-16 marta puflashni doka, dastro`mol va trubka orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun`iy nafas oldirishni bemor o`ziga kelguncha davom ettiriladi.

Yurakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanish funktsiyasini sun`iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi.

Yurakni tashqaridan massaj qilish amalini bajarish uchun to`sh suyagi xanjarsimon o`sig’i asosidan 2 ko`ndalang barmoq yuqoridan massaj qilinadigan joyni belgilab, qo`lni bir-biri ustiga to`g’ri burchak shaklida qo`yib, jarohatlangan kishi ko`krak qafasini tana og’irligida mu`lum miqdordagi kuch bilan bosiladi. Bosish soniyada 1 marta keskin kuch bilan bo`lishi kerak. Bunda ko`krak qafasi ichkariga qarab 3-5 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi ritmiga moslab davom ettiriladi.

Massaj qilish chuqurligi 3 smga etmasa massaj qilishdan xech qanday foydali o`zgarish bo`lmaydi, agar 5 smdan chuqur bo`lsa yurak, o`pka, jigar, oshqozon yorilishi, qovurg’alarni sinishi kabi asoratlar kuzatiladi.

Massaj qilish sun`iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko`rsatayotgan kishi bir o`zi bo`lsa, xar 2 marta puflagandan keyin 15 marta ko`krak qafasini bosishi kerak. Agarda yordam ko`rsatayotgan kishilar ikki kishi bo`lsa, xar 1 marta puflaganda 5 marta ko`krak qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi mustaqil bo`lganligini uning pul’sini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2-3 soniyaga to`xtatib uyqu arteriyasidan tomir urishi sanab ko`riladi. Bunda yurak faoliyati tiklanmagan bo`lsa jonlantirish tadbirlari davom ettiriladi.


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish