O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Kasalliklarni tashqi va ichki sabablari



Download 1,7 Mb.
bet17/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Kasalliklarni tashqi va ichki sabablari


Odamda uchraydigan kasalliklar tashqi va ichki sabablar orqali vujudga keladi.

Kasalliklarning tashqi sabablariga: 1)fizik; 2)ximik; 3) biologik; 4) sotsial;



  1. psixogen; 6) alimentar; 7) xarakat faoliyatini kamayishi; 8)xarakat faoliyatini oshishi kiradi.

    1. Kasallikning fizik sabablariga-mexanik, termik shikastlar, nur energiyasi, elektr toki, atmosfera bosimining o`zgarishlari ana shu sabablar jumlasiga kiradi.

    2. Kasalliklarning ximiyaviy omillariga, turli xil kasalliklarga sababchi bo`ladigan zaxarli moddalar kirishi mumkin. Bular tashqi (ekzogan) va ichki (endogen) bo`ladi.

    3. Kasalliklarning biologik omillari 3 guruxga bo`linadi: Xayvonlar parazitlari, o`simliklar,parazitlari va viruslar kiradi.

    4. Kasalliklarning rivojlanishida sotsial. omil ham ahamiyatga ega bo`lib, bunda xar qanday kasallik organizm bilan uning atrofidagi muxit o`rtasidagi munosabatning buzilishi natijasida yuzaga keladi. Muxitga odam uchun geografik iqlim sharoiti, atrofdagi flora, xayvonot olamidan tashqari sotsial muxit ham kiradi. Sotsial tuzum deb, mehnat va turmush sharoitlari, ovqatlanish, madaniy xizmat ko`rsatish, sog’liqni saqlash chora-tadbirlari tushuniladi.

    5. Kasalliklarning kelib chiqishda asabning ham ahamiyati kattadir. Bunda so`z katta ahamyatga egadir. Yatrogen kasalliklar deb ataladigan, ya`ni meditsina xodimlarining noto`g’ri xarakatlari natijasida paydo bo`ladigan kasalliklar ham bor.

    6. Kasalliklarning alimentar omillari (grekcha «aximentoz»-ovqat maxsulotlari demakdir). Bunda ovqat maxsulotlari kasalliklarni keltirib chiqaradigan omil xisoblanadi.

    7. Xarakatning cheklanishi-gipodinamiya (gipokineziya) texnika taraqqiyoti,. korxonalarda mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish kishilarning xarakatchanligini kamaytirib. organizmning talaygina funktsiyalariga salbiy ta`sir ko`rsatadi va ayrim kasalliklarning paydo bo`lishida va kechishida patogenetik omil sifatida xizmat qilishi mumkin. Kam xarakatlilik yurak kasallikdarini paydo bo`lishida asosiy omil xisoblanadi.

    8. Xarakatning xaddan tashqari oshishi – giperdinamiya (giperkineziya) deyiladi. Giperdinamiya jismoniy mashg’ulotlarning sportchi organizmining funktsional imkoniyatlariga mos kelmasligidir. Buning natijasida sportchi organizmida o`tkir va surunkali jismoniy zo`riqish vujudga keladi, masalan, yurak, suyaklar, bo`g’imlar va muskullarning zo`riqishi natijasida xar xil kasalliklar vujudga keladi.

Kasalliklarning ichki sabablari (omillari) ga irsiyat, gavda tuzilishi (konstitutsiya), reaktivlik, immunitet va allergiyalar kiradi.

Xozirgi kunda odamda 10 ming xildan ortiq kasalliklar uchrab shulardan 2 mingdan ortig’i nasldan naslga o`tadi. Bunda asosiy o`tkazuvchi omil bo`lib, xromasomadagi o`zgarishlar xisoblanadi. Konstitutsiya 3 xil bo`ladi:



  1. oriq-novcha (asteniklar) bunday odamlar o`pka sili, oshqozon ichak kasalliklariga moyil bo`ladi;

  2. gipersteniklar (to`la-pakana) bular semirish, qon bosimi yuqori bo`lish kabi kasalliklarga moyil bo`ladi;

v) normosteniklar (odatdagidek) bularda xar 2 tipdagi kasalliklar uchraydi.

Reaktivlik organizmning xar qanday ta`surotlarga ma`lum reaktsiya paydo qilish qobiliyatidir. Bu tushuncha nerv regulyatsiyasi degan tushuncha bilan uzviy bog’langandir. Ba`zi kishilarda ta`surotlarga nisbatan sezgirligi yuqori bo`ladi (ya`ni qarshilik ko`rsatish kuchi susaygan bo`ladi), shy sababli bunday odamlarda ma`lum kasallik protsesslarining rivojlanishiga moyillik paydo bo`ladi. Jismoniy tarbiya cpopt mashg’ulotlarini to`g’ri uyushtirilganda organizmning xar – xil kasalliklarga chidamliligi oshadi. Noto`g’ri tashqil etilganda organizm chidamliligi va reaktivliligi susayadi.

Immunitet deb organizmning atrofini o`rab tUrgan muxitning zararli ta`sirlariga qarshilik ko`rsatish qobiliyatiga aytiladi. Bunda oq qon tanachalari (fagotsitoz) va antitellar muxim ahamiyatga ega.

Yuqumli va boshqa allergen deb ataladigan moddalarga nisbatan organizm sezuvchanligini oshishi yoki o`zgarishi allergiya deyiladi. Bunda allergenlar xosil bo`ladi. Allergenlar asosan organizm uchun yot bo`lgan oqsil moddalardir. Tabiatda nobop moddalar bateriyalar, viruslar, taksinlar, soch, paylar, buyoqlar, gul chang’i, dorilar, benzin va boshqalar allergiya manbai bo`lishi mumkin.



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish