17 MAVZU: KONFLIKTLARNI OLDINI OLISHNING IJTIMOIY USULLARI
REJA:
1. Umumiy koidalar.
2.Konfliktni institutlashtirish.
3.Normativ mexanizmlar.
1. Umumiy koidalar.
Konfliktni oldini olishning axamiyati. Konfliktning oldini olish, albatta, sodir bo’lgan konfliktni to’xtatish yoki xal qilishdan ko’ra foydali va maqsadga muvofikdir. Shu sababli jamiyat va davlatning asosiy kuch-¦ayrati konfliktlarni oldini olishga karatilgan bo’ladi. Bu asosan ijtimoiy manfaatlar va kadriyatlarga, fukarolarning mulki, so¦li, xayotiga xavf tu¦diruvchi davlatlararo va kriminal konfliktlar bilan boglik. Davlatlararo konflikt-larning oldini olishga dunyo BMTning Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyasi kabi organlari, shuningdek, xududiy xarbiy-siyosiy tashkilotlar doimo e’tiborni karatib keladilar.
Shu bilan birga konfliktlarni oldini olishning samaradorli xozir kunda yukori emas.
Bu xol shu bilan izoxlanadiki, konfliktga uning ilk boskichida, ayniksa, latent boskichida chetdan aralashish kabi to’siklarga uchraydi. Bir tomondan bunday aralashuv ijtimoiy foydali, ko’pincha zarur va xar kanday xolda xam natijali bo’ladi.
Boshka tomondan esa, konflikt ko’pincha tomonlarning xususiy ishi deb xisoblanadi. Boshka shaxslarning xususiy ishlariga aralashmaslik nuktai nazaridan o’z ta’sirini o’tkazish, tomonlarni yarashishga yoki muayyan xatti-xarakatlarni bajarishga majburlash noto’¦ri, noaxlokiydir. Shu sababli konflikt shaxsiy (guruxiy) munosabatlar doirasidan chikib ketib, o’z faolli ko’lami, obyektiga ko’ra boshka tomonlarning xayotiy manfaatlariga daxldor ijtimoiy axamiyatga ega xodisaga aylanish vaktidana konfliktga aralashish mumkin.
Konfliktning oldini olish karama-karshilik vujudga kelgunga kadar konflikt elementlariga: ishtirokchilariga, ularning xarakatlari motivlariga, obyektlariga, foydalanadigan kuchlari va vositalariga ta’sir ko’rsatishdir. Shu bois konflikt xarakteriga karab uni oldini olish faoliyati turlicha bo’lishi mumkin.
Sabablarni bartaraf etish. Konfliktlarni oldini olishning eng samarali shakllaridan biri uning sabablarini bartaraf etish xisoblanadi. Bu faoliyat turli darajalarda namoyon bo’ladi.
Umumijtimoiy darajada gap jamiyat va davlat xayotiga xavf tu¦diruvchi yirik iktisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillarni aniklash va yo’kotish xakida boradi. Iktisodda bekarorliklar, axoli keng katlamlarining turmush darajasi va sifati o’rtasida keskin fark, siyosiy tarkoklik, boshkaruv tizimining samarasizli va uyushmaganli - bularning barchasi katta va kichik, ichki va tashki konfliktlarning doimiy manbai bo’lib xizmat kiladi. Ularning oldini olish butun jamiyat manfaatlarida ijtimoiy, iktisodiy, madaniy siyosatni izchillik bilan olib borishni, huquqiy tartibot va qonuniylikni mustaxkamlashni, odamlarning ma’naviy madaniyatini oshirishni takozo kiladi.
Konfliktlarni umumijtimoiy ko’lamda oldini olish maqsadlarida ijtimoiy xayotda vujudga keluvchi ko’p sonli konfliktlarni aniklash va o’rganish, konfliktolok tadkikotlarni rivojlantirish zarur. Ishlab chikarishda, turmushda, dam olish soxasida xar bir konflikt anik sabablarga ko’ra va muayyan sharoitlarda yuzaga keladi. Aloxida olingan konfliktlarda muayyan sabablar turmushning u yoki bu soxasida umumiy muammolar va ziddiyatlarni ifodalaydi. Shu sababli eng ko’p tarkalgan konfliktli xolatlarning vujudga kelishi obyektiv sabablarini tushuntirish va tahlil etish kechiktirib bo’lmaydigan karorlar chikarilishini talab etuvchi ijtimoiy muammolar doirasini aniklashda muxim rol o’ynashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |