Port (port-logistika) zonalari asosiy global tranzit koridorlari yaqinida joylashadi. Ular investorlarga Uzoq Sharq va Rossiyaning markaziy qismidagi port-logistika xizmatlariga etishish imkoniyatini beradi. 2007 yilda Kaluga viloyatida OAJ "Kaluga viloyatini rivojlantirish korporatsiyasi" tashkil etildi. Bu hududiy rivojlanish instituti, Kaluga viloyatida sanoat parklarining davlat operatoridir. Oz fursat ichida korporatsiya bir qancha chet el investorlarini jalb qildi. Korporatsiya ishi natijasida sanoat parklarini yaratishga kiritilgan investitsiyalar 152,7 mlrd. rubldan oshdi. Viloyatda 17,5 mingdan ortiq ishchi o'rni yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |