O`zbekiston respublikasi oliy va O`rta maxsus ta`



Download 5,91 Mb.
bet14/17
Sana26.02.2022
Hajmi5,91 Mb.
#471444
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Корхона лойиха. ТАЖРИБА

Ishdan maqsad: Bosimga chidamli polietilen quvur ishlab chiqarish texnologik jarayoni bilan talabalarni tanishtirish.
Ma`lumki, hozirgi paytda gaz, vodoprovod, kanalizatsiya tarmoqlari qurishda plastmassadan yasalgan quvurlar ko`p ishlatilmoqda. Bu quvurlar zanglamasligi, bo`yab turishni talab qilmasligi, suyuqlik harakatiga kam to`sqinligi (ichki yuzasi silliq bo`lgani tufayli) va boshqa xususiyatlari bilan po`lat va cho`yan quvurlardan afzal turishi bizga ma`lum.
Bugungi kunda ko`plab sanoat tarmoqlarini mukammallashtirish, iloji boricha ko`proq va sifatli maxsulot ishlab chiqarish uchun olib borilayotgan isloxotlar samarasini polietilen quvurlarini takomillashtirish ishlari misolida ham sezish mumkin. Masalan, dunyoning turli xil quvur ishlab chiqarish korxonalari quvur tarkibiga turli xil bo`yoqlar, pigmentlar va barqarorlashtiruvchi moddalar miqdorini kiritish bilan quvur mustahkamligini oshirish uchun xarakat qilmoqdalar.
Texnologik jarayonning rejimi
Texnologiya tanlashdan oldin quvurni tashqi diametri, ichki diametri va quvurning qalinligini; profillar uchun uning enini, balandligini, kabellar uchun tashqi diametri yoki izolyatsiya qatlamining qalinligini bilish kerak.
Quvur ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan, masalan, polietilen yuqori zichlikka ega bo`lishi kerak. Bu quvurni ekspluatatsiya qilish (yuqori bosimga chidamligi) sharoitiga bog`liq.
Silindr zonalari bo`yicha harorat (oC) polietilendan quvur olishda PENP uchun 115 (140); 120 (160); 130 (170); 140 (190) bo`ladi. Ekstruder kallagining 3 zonasida harorat 140 (210); 140 (220); 150 (220) bo`ladi.
Kalibrlangandan keyin quvurni diametri, nasadkaning diametriga teng bo`lib chiqqan holda 10-25% ortadi; quvur devori qalinligi kamayadi. Quvur ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemasi. 1. rasm

Rasm-1. Quvur ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemasi. 1-ekstruder; 2 – shakllovchi kallak; 3 – kalibrlovchi kallak; 4 – 5 – sovutish vannalari; 6 – quvur; 7 – o`lchovchi moslama; 8 – tortuvchi moslama; 9 – qirquvchi moslama; 10 – qabul qiluvchi stol;
Yuqorida keltirilgan texnologik sxema bo`yicha Dtashqi = 400 mm gacha, qalinligi 30 mm gacha bo`lgan quvurlar ishlab chiqariladi. Katta diametrli quvurlar olish uchun katta diametrga ega bo`lgan shnekli ekstruderlar qo`llaniladi.
Polietilen quvur ishlab chiqarish uchun korxona barcha o`lchov vositalari bilan tahminlangan bo`lishi, viloyat yoki shaxar SSM –DN tomonidan davlat qiyoslovi ko`rigidan o`tkazilgan bo`lishi kerak.
Polietilen quvur ishlab chiqarish uchun korxona quyidagicha ekstruder liniyasi bilan ta`minlanadi: bunker – 1 dona, quritish sig`imi - 1 dona, shnekli ekstruder – 1 dona, vakuum vanna - 1 dona, sovutish vannasi – 2 dona, tortish uskunasi – 1 dona, kesish uskunasi – 1 dona, qabul qilish lotogi – 1 dona, o`rash dastgohi – 1 dona.
Bosimga chidamli polietilen quvurlari ishlab chiqarish uchun polietilen donachalari va masterbatch usulidagi texnik uglerod 5:1 nisbatda olinadi. Masalan: Bosimga chidamli polietilen quvur ishlab chiqarish uchun xom-ashyolarni 25kg polietilen uchun 1,25kg texnik uglerod nisbatida olish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Diametri 250 mmli quvur ishlab chiqarish uchun SJ 1.90 markali ekstruderdan foydalaniladi. Ekstruderning ishlab chiqarish quvvati 450 kg/soat. Polietilen 120 0Cda eriydi, 300 0Cda yonish hususiyatiga ega. Quvur uchun 170-200 0C harorat belgilanadi. SDR11 S5 markali quvurning 1pm 16,604 kg.
Polietilen quvurlar quyidagi tartibda ishlab chiqariladi: dastgoh texnologik rejimga chiqqandan keyin (shnekli estruderning tegishli haroratgacha qizishi, suv ta`minoti va boshqalar) bunkerga solingan xom – ashyo pnevmatik qurilma yordamida quritish sig`imiga uzatiladi va u yerda kerakli darajadagi havo berilib, polietilen donachalari quritiladi.



Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish