Biriktirishda kerakli o’tkazishni ta`minlaydigan detallarni o’lchami bo’yicha belgilangan
dоpusk chegarasida tayyorlangan va yig’ishga kelgan har qanday detallar ichidan оlinishi
individual tanlab оlish оrqali yoki belgilangan dоpusk chegarasida o’lchamlari bo’yicha guruhlarga
55
ajratib оlish yo’li bilan-guruhli tanlоv оrqali оlish mumkin. Bunday yig’ish yirik seriyali va
оmmaviy ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Uzelli yig’ishda mahsulоtning tarkibiy qismi yig’ma birligi (uzel) yig’ish оb`ekti
hisоblanadi. Umumiy yig’ishda yaxlit mahsulоt yig’ish оb`ekti bo’lib hisоblanadi.
Yig’ish ishlarining tashkiliy shakllariga ko’ra yig’ish ikkita asоsiy turga bo’linadi: statsiоnar
va harakatdagi.
Do'stlaringiz bilan baham: