c'tibor berilishi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylashtirilishini,
ya'ni ishga tushirilishini ta'minlash zarur.
Qimmatli qog‘ozlami (aksiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo)
shakllantirishga
sarflangan
mablag'lar
esa
moliyaviy
investitsiyalar
hisoblanadi.
Mamlakatimiz qishloq xo'jaligida moliyaviy investitsiyalar ko‘lamini
kengaytirish
maqsadga
muvofiqdir.
Jumladan,
fermer
xo‘jaliklari,
agrofirmalarda qimmatli qog‘ozlar chiqarib, sotilishini yo‘lga qo‘yish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion siyosatni shakllantirishda
quyidagilarga alohida e'tibor berish kerak:
- tender asosida raqobatbardosh loyihalami tanlash. Bu qishloq xo'jaligida
investitsion loyihalar bozori barpo etilishini ta'minlaydi;
- qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan investitsiyalaming iqtisodiy jihatdan
asoslanganligi. Qishloq xo'jaligi tabiiy-iqtisodiy omillarining xususiyatlarini
hisobga olgan holda loyihalaming iqtisodiy-ijtimoiy natijalari aniqlangan
bo‘lishi zarur. Chunki, ayrim hollarda loyihada belgilangan mablag‘Iar ko‘zda
tutilgan tadbirlami bajarish uchun yetmaydi va oqibatda ko‘zlangan maqsadga
erishilmaydi. Bu hol investitsion loyihalar uzoq muddatga cho‘zilishiga olib
keladi;
- chet el investorlarini va ulaming investitsiyalarini qishloq xo‘jaligiga jalb
etish. Buning uchun xorijlik tadbirkorlami mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida
mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlar va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar
bilan tanishtirish, reklamani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda investitsion muhitni
yanada yaxshilab borish lozim va boshqalar.
Barcha omillami e'tiborga olgan holda sarflanadigan investitsiyalar
qishloq xo‘jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etadi, qishloq
xo‘jaligi zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, bino-inshootlar bilan
ta'minlanadi, bog‘lar, uzumzorlar barpo etiladi, chorva hayvonlarining
mahsuldor zotlari yaratiladi va hokazo. Ular yangi ish o'rinlari barpo etilishini
ham ta'minlaydi, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan tadbirkorlaming bilitnlarini,
malakalarini yuksaltiradi, bozor munosabatlarini shakllantiradi. Ulaming
uyg‘unlashishi natijasida tarmoqda yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi
ko'payib, raqobatbardoshligi oshadi. Bu, o‘z navbatida, aholi va qayta ishlash
tarmoqlarining talabi qondirilishini ta'minlaydi, fuqarolaming turmush
darajasini yuksaltiradi. Bulaming hammasi investitsiyalaming iqtisodiy-
ijtimoiy ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi.
Investitsiyalaming mamlakat iqtisodiyoti va qishloq xo'jaligidagi
ahamiyati ulkan.
Do'stlaringiz bilan baham: