O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi


Qishloq xo‘jaiigi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/140
Sana01.03.2022
Hajmi10,95 Mb.
#475624
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

1.2. Qishloq xo‘jaiigi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari.
«Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti» fanini o‘rganishda qishloq xo‘jaligi 
tarmog'ining o‘ziga xos xususiyatlarini ham e'tiborga olish lozim. Qishloq 
xo‘jaligi tarmog‘ining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
a) qishloq xo‘jaligida tabiiy omillaming ta'siri kuchli. Tarmoqda 
islilab chiqarish jarayoniga harorat, yog'ingarchilik, shamol va boshqa tabiiy 
omillar o‘z ta'sirini o‘tkazadi;
b) qishloq xo'jaligida 
yer 
asosiy 
ishlab chiqarish vositasi 
hisoblanadi. Boshqa tarmoqlarga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida 
yeming ahamiyati juda katta, chunki mazkur tarmoqda ishlab chiqarish jarayoni 
bevosita yerda amalga oshadi. Yerga urug‘ sepiladi va yerda mahsulot 
yetishtiriladi. Yerdan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud, ularni 
inkor etish yoki yetarlicha e'tibor bermaslik salbiy oqibatlarga olib keladi;
d) qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish juda keng maydonlarda amalga 
oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni tashkil etishda ma’lum 
talablami keltirib chiqaradi;
e) qishloq xo‘jaligi 
tarmog‘ida ishlab chiqarish mavsumiy 
xususiyatga ega. Mahsulot yetishtirishda o‘simliklar va chorva mollari maTum 
vegetatsion davming o‘tishini taqozo etadi. Bu holat tarmoqda xarajatlar va 
faoliyat natijasida olinadigan daromadlar muddati o'rtasidagi farqning katta 
boTishiga olib keladi. Masalan, paxta yetishtirishda ishlab chiqarish jarayoni 
erta bahorda boshlanib, kuzda nihoyasiga yetadi. Bundan tashqari ishlab 
chiqarishning mavsumiyligi tarmoqda mayjud resurslardan yil davomida 
samarali foydalanishni tashkil etishni taqozo etadi. Qish oylarida mehnat 
resurslarini ish bilan ta'minlash uchun tarmoqda tadbirkorlikning boshqa 
shakllarini ham rivojlantirish talab etiladi;
f) ishlab 
chiqarish 
jarayonida tirik 
organizmlar ham mehnat 
vositalari sifatida qatnashadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mehnat qilayotgan 
mutaxassislar 
o'simlik 
va 
hayvonlaming 
biologik 
hamda 
zoologik 
xususiyatlarini ham bilishi, ishlab chiqarish jarayonida ulami hisobga olishi 
talab qilinadi. Qishloq xo‘jaligida sarflanayotgan mehnatning samarasi ko‘p 
jihatdan o‘simlik va chorva mollarining biologik imkoniyatlariga bogTiq;
g) qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bir qismi 
tarmoqning o‘zida urugTik, yem-xashak, oziq-ovqat va boshqa maqsadlarda 
ishlatiladi;
h) qishloq xo'jalik mahsulotlarining ayrim turlarini uzoq muddat 
saqlash imkoniyatlari cheklangan va tashish uchun noqulaydir. Bu muammo 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarining deyarli bir vaqtda pishib yetilishi oqibatida 
yanada chuqurlashadi. Bu o‘z navbatida yetishtirilgan mahsulotni nobud 
qilmaslik uchun tayyorlovchi, saqlovchi va qayta ishlovchilaming bir me'yorda
11
www.ziyouz.com kutubxonasi


ishlashini, ma’lum davrda katta quvvatlarning boiishini talab qiladi. Yilning 
qolgan davrlarida esa bu quvvatlaming nisbatan bo‘sh qolishi kuzatiladi.
Qishloq xo'jaligi tarmogida turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi, 
ishlar, xizmatlar bajariladi va 
ular ehtiyojlami qondirish maqsadida 
taqsimlanadi, sotiladi. Mamlakatimiz miqyosida kechayotgan bu jarayonlar 
erkin bozor munosabatlari asosida amalga oshirilmoqda. Ularni nazariy va 
amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikamizda tub islohotlar 
amalga oshirilmoqda.
Tovar-pul munosabatlariga asoslangan erkin bozor iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida davlatning ko‘magida qishloq xo'jaligida 
talabga javob beradigan, samarali huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy 
munosabatlar tizimi yaratilmoqda, ya’ni mulkchilikning turli shakllari barpo 
etilmoqda. 
Natijada 
erkin 
mulkiy 
munosabat 
vujudga 
kelmoqda, 
tadbirkorlikning turli shakllariga keng y o i ochib berish va ularni rivojlantirish 
yoiidan borilmoqda. Bundan tashqari yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda, 
tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (moddiy, kapital va 
mehnatjdan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlami sotish 
jarayonini takomillashtirish, foyda hajmini oshirish, investitsiyalami keng jalb 
etish, ulardan 
samarali foydalanish, tarmoq ishlab chiqarishini maqsadga 
muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda agrosanoat integratsiyasini 
rivojlantirish bilan bogTiq boTgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular 
takomillashtirilmoqda va rivojlantirilmoqda. Yuqorida ta'kidlangan iqtisodiy 
munosabatlar tizimini yaratishda xalqimiz hamda qishloq xo'jaligining o‘ziga 
xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda tabiiy va iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy 
kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish