O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus та ’LI


Titrash va undan himoyalanish



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/174
Sana03.01.2022
Hajmi0,64 Mb.
#316631
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   174
Bog'liq
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

 
3.8. Titrash va undan himoyalanish 
 
3.8.1. Umumiy ma’lumotlar.  
Titrashning inson organizmiga ta’siri 
 
Titrash, insonga titrash (zirillash) bilan ishlovchi 
jihozlar, qurilmalar, mashina va mexanizmlar bilan bevosita 
muloqotda bo‘l-gan vaqtda ta’sir etadi. Titrashdan ko‘
р
 
holatlarda, ishlab chiqarish jarayonlarini intensifikatsiya-
lashda ham foydalaniladi, masalan, tuproqqa ishlov beruvchi 
mashinalarning qarshiligini kamaytirishda, ish unumdor-
ligini oshirishda, don tozalash mashinalari ish sifatini 
yaxshilashda va h.k. Shunga bog‘liq holda 
titrashlar 
transport, transport-t
ехпо
l
о
gik 
va 
texnologik turlarga 
bo‘linadi. 
Transport titrashlar mashina yoki traktorlarning 
harakatlanishi vaqtida sodir bo‘ladi. Agar ushbu mashina 
yoki 
МТА
 harakatlanish bilan bir vaqtda biror texnologik 
jarayonni bajarsa, transport-texnologik titrash yuzaga keladi. 


 
96 
Texnologik titrashlar qo‘zg‘almas mashinalar, mexanizmlar 
va qurilmalarni ishlashi davrida hosil bo‘ladi. Insonni uzoq 
vaqtli titrash ta’sirida bo‘lishi ikki xil, 
у
a’ni umumiy 
va 
mahalliy («lokal») kasalliklarni keltirib chiqaradi.  
Umumiy kasallanish doimiy titrash sharoitida 4–12 
оу
 
ishlagandan so‘ng boshlanadi. Bunda bosh og‘rig‘i, 
ko‘rishni susayishi, tana haroratini oshishi, oshqozon va 
yurak-tomir tizimida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Lokal 
ko‘rinishdagi kasalliklar titrashni inson tanasining ayrim 
a’zolariga, masalan, qo‘1, oyoq va h.k.ga ta’sir etishi 
natijasida kelib chiqadi. Bunday vaqtda nerv va suyak-
bo‘g‘im tizimi ish faoliyati buziladi, arterial bosim oshadi, 
muskul kuchlari va insonni og‘irligi kamayadi hamda 
tomirlarning tortishishi kuzatiladi.  
Doimi
у
 ish joylari va ishlab chiqarish binolaridagi 
titrashlarning me’yorlashtiriluvchi ko‘rsatkichlari sifatida 
tebranish tezligining o‘rta kvadratik miqdori va logarifmik 
darajasi qabul qilingan. Ular m/s yoki dB da o‘lchanadi. 
Titrash tezligining insonga salbiy ta’sir darajasini 
boshlanishi:  
Vo=5

10
-8
m/s deb qabul qilingan.  
Titrash tezligi darajasining logarifmik miqdori 
quyidagicha aniqlanadi:  
8
10
5
lg
20


=
v
L
v
 
bu yerda, v – titrash tezligining haqiqiy miqdori, m/s; Titrash 
tezligining logarifmik miqdori, Lw (dB).  
4
10
3
lg
20


=
w
L
w
 
bu yerda, w – titrash tezlanishning haqiqiy miqdori, m/s
2
;  
3...10
-4
–titrlash tezligini inson tanasiga ta’sirining 
sezilishini boshlanish miqdori, m/s
2
.  


 
97 
Turli xil ishchi holatlarda titrash bilan ishlovchi 
jihozlarning massasi 100 kg. dan, jihozni siqib ushlash kuchi 
- 200 N dan oshmasligi talab etiladi. Jihozning texnik 
ma’lumotlari bo‘yicha qo‘yilgan boshqa talablar bundan 
mustasno.  
Har xil chastotadagi titrashlar insonga turlicha ta’sir 
etadi: Titrash yuzasida tik turib ishlayotgan kishiga ikki 
rezonans holat- 5...12 Gs va 17...25 Gs, o‘tirib ishlayotgan 
kishiga esa 4...6 Gs to‘g‘ri keladi. Shuningdek, inson boshi 
uchun rezonans chastotasi 20...30 Gs atrofida bo‘ladi. Shu 
sababli, titrashning inson a’zolariga ta’sir xususiyatini 
va 
titrashning turini hisobga olgan holda titrash 
ko‘rsatkichlarining ruxsat etilgan gigiyenik me’yorlari ishlab 
chiqilgan.  
Titrash tezligining ruxsat etilgan eng yuqori o‘rta 
kvadrat miqdori-0,2 m/s va logarifmik darajasi 132dB 
bo‘lib, u o‘rta geometrik chastotasi 1 Gs. ga teng bo‘lgan 
vertikal transport vertikal titrashlar uchun qabul qilingan.  
М
a’muriy binolar, loyihalash tashkilotlari, tibbiy 
maskanlar va ish xonalari uchun qattiq talab qo‘yilgan 
bo‘lib, o‘rta geometrik chastota 63 Gs b
о
‘lganda titrash 
tezligining 
о
‘rta kvadrat miqdori 28

10
-4
m/s. dan, logarifmik 
darajasi esa 75 dB. dan oshmasligi talab etiladi. 
Lokal titrashlar 
uchun eng katta cheklanish – 
titrashning o‘rta geometrik chastotasi 1000 Gs bo‘lganda, 
titrash tezligining o‘rta kvadrat miqdori 0,65 m/s, logarifmik 
darajasi esa 102 dB. ga tengdir.  

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish