Abraziv jihozli stanoklar.
Katta tezlikda aylanuvchi
abraziv jihozlar o‘ta xavfli hisoblanadi. Bunday hollarda
charx toshini ajralib ketishiga
у
o‘l qo‘ymaslik zarur. Buning
uchun charx toshida yoriqlar bo‘lmasligi talab etiladi. Shu
sababli, charx toshi massasi 200–300 grli yog‘och bolg‘acha
bilan urib ko‘rib tekshiriladi. Shuningdek, ular mexanik
mustahkamlik bo‘
у
icha ham sinovdan o‘tkaziladi. Masalan,
150 rnm. diametrli 40 m/s aylanish tezligida ishlashga
mo‘ljallangan charx toshlari ish tezligidan 50% ortiq bo‘lgan
tezlikda maxsus stendlarda sinovdan o‘tkaziladi. Diametri
150 mm. gacha bo‘lgan charx toshlarini sinash vaqti – 3
minut, tashqi diametri 150 mm. dan katta bo‘lgan toshlar
uchun – 5 minutni tashkil etishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |