O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti


 to’lov topshiriqnomasida budjet tasnifining tegishli kodlari to’g’ri  ko’rsatilgan bo’lsa



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/47
Sana25.03.2022
Hajmi0,89 Mb.
#509241
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari

 

to’lov topshiriqnomasida budjet tasnifining tegishli kodlari to’g’ri 
ko’rsatilgan bo’lsa.
 
Etkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun xarajatlarni to’lash 
bo’yicha to’lovlarni, shu jumladan bo’nak to’lovlarini amalga oshirish uchun 
budjetdan mablag’ oluvchilar moliya organiga belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar:
 
a) besh nusxada, agar G’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib 
beruvchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilsa:
 


48
-
birinchi nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor 
shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov 
topshiriqnomasining nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik 
bo’linmasiga budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa 
xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi;
-
ikkinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi 
tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va 
bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos 
bo’ladi;
-
uchinchi nusxasi - bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan 
mahsulot etkazib beruvchiga beriladi;
-
to’rtinchi nusxasi - bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan 
g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik bo’linmasiga 
budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa xarajatlarini aks 
ettirish uchun asos bo’ladi;
-
beshinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi 
bilan va to’langan sana qo’yilgan holda budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy 
hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda budjetdan mablag’ oluvchining 
vakolatli xodimiga beriladi. 
b) to’rt nusxada, agar G’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib 
beruvchiga har xil bank filiallarida xizmat ko’rsatilsa:
 
-
birinchi nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor 
shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov 
topshiriqnomasining nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik 
bo’linmasiga budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa 
xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi;
-
ikkinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi 
tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va 
bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos 
bo’ladi; 


49
-
uchinchi nusxasi - bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan 
g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik bo’linmasiga 
budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa xarajatlarini aks 
ettirish uchun asos bo’ladi; 
-
to’rtinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi 
bilan va to’langan sana qo’yilgan holda budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy 
hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda budjetdan mablag’ oluvchining 
vakolatli xodimiga beriladi. 
v) uch nusxada, agar G’aznachilik bo’linmasi hamda unga xizmat 
ko’rsatuvchi bank orasida “Bank-mijoz” dasturiy majmui yo’lga qo’yilgan bo’lsa:
 
-
birinchi nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor 
shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov 
topshiriqnomasining nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik 
bo’linmasiga budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa 
xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi; 
-
ikkinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi 
tomonidan imzolanadi, G’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va 
g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi.
-
uchinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining “To’langan” belgisi bilan 
va to’langan sana qo’yilgan holda budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy 
hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda budjetdan mablag’ oluvchining 
vakolatli xodimiga beriladi. 
Budjet tashkilotlari o’z xarajatlarini to’lash uchun moliya organiga 
mablag’larni o’z bank hisobraqamlaridan o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalari, 
hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini va budjet 
tashkilotining etkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa 
hujjatlar, shuningdek budjet tashkiloti zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak 
to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarni taqdim etadilar. Bo’nak 
to’lovi hisobiga mablag’larni to’lash uchun budjet tashkiloti uning zimmasiga 


50
etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan 
hujjatlarga binoan to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi.
 
Budjet tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan to’lov hujjatlari va ularga 
ilova qilingan hujjatlarni tekshirish, shuningdek to’lov topshiriqnomalarini ijro 
uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka topshirishni moliya organlari, qoidaga ko’ra 
ular taqdim etilgan kunda amalga oshiradilar.
 
Moliya organlari budjet tashkilotlari taqdim etgan hujjatlarni ularning 
talablarga muvofiqligi masalasida tekshiradilar. Budjet tashkilotlari taqdim etgan 
to’lov va boshqa hujjatlar talablarga muvofiq kelmasa, moliya organi ularni 
budjetdan mablag’ oluvchiga qaytarib, to’lov topshiriqnomalarining orqa tomoniga 
ularga belgi qo’ymasdan, muvofiq emaslik sabablarini ko’rsatadi. 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 
dekabrdagi PQ-1275-sonli Qarorining 25-bandiga muvofiq, 2010 yildan boshlab 
vazirlik va idoralarning, budjet tashkilotlarining barcha budjetdan tashqari 
jamg’armalari mablag’larini davlat budjetining g’azna ijrosi mexanizmi bilan 
qamrab olish amalga oshirilmoqda. Bunda, budjet tashkilotlarining budjetdan 
tashqari mablag’lari bo’yicha bank hisobvaraqlari yopilib, G’aznachilikda tegishli 
shaxsiy hisobvaraqlar ochildi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish