42
Qon guruhlari
1.Ota-ona II va IV qon guruhiga ega. Fenotip bo`yicha qon guruhi ota-onasiga o`xshamaydigan farzandlar
tug`ilishi mumkinmi? (II qon guruhga ega bo`lgan ayolning onasi I qon guruhli edi.)
2.Bolaning qon guruhi –I, uning opasiniki esa – IV. Ota-onasining qon guruhini toping?
3. Odamlarda normal eshitish tug`ma karlikka nisbatan, burun teshigi keng bo`lishi tor bo`lishiga nisbatan
dominantlik qiladi. Birinchi qon guruhiga ega tug`ma kar, burun teshigi keng bo`lgan ayol sun`iy
urug`lantirish natijasida homilador bo`lib, so`ng vaqti- soati kelganda har xil tuxumdan rivojlangan
egizak(o`g`il-qiz) tug`ildi. O`g`li II qon guruhli bo`lib, normal eshitadigan burun teshigi keng, qizi esa III
qon guruhli, tug`ma kar va burun teshigi tor edi. Ayol, uning egizak farzandlari va otaning genotipini
aniqlang?
4.III qon guruhli sog`lom ayol, II qon guruhli sog`lom erkakka turmushga chiqqan. Bu oilada I qon guruhli
gemofilik o`g`il tug`ilgan bo`lsa, oiladagi qizlar orasida necha foizi tashuvchi?
5.III qon guruhli sog`lom ayol, II qon guruhli sog`lom erkakka turmushga chiqdi. Bu oilada I qon guruhli
gemofilik o`g`il tug`ilgan bo`lsa, naslda qiz bolalarning necha foizi gemofilia bilan kasallangan?
6. III qon guruhli sog`lom ayol, II qon guruhli sog`lom erkakka turmushga chiqdi. Bu oilada I qon guruhli
gemofilik o`g`il tug`ilgan bo`lsa, farzandlarning necha foizi kasal, necha foizi sog`lom?
7.I qon guruhli erkak, II qon guruhli geterezigota qon guruhli ayolga turmushga chiqdi. Bu nikohdan
tug`iladigan farzandlarning necha foizida agglutinogen bo`lmaydi?
8.Geterezigota holatdagi II va III qon guruhiga ega yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhga ega farzandlar
tug`iladi?
9.Qon guruhi I bo`lgan yigit gomozigota III qon guruhli qiz bilan turmush qurdi. Oilada tug`iladigan
bolalarning qon guruhi bo`yicha eritrotsitlari va plazmasi tarkibini aniqlang.
J:eritrotsitlarda agglutinogen B,
plazmada agglutinin
bo`ladi.
10. Qaysi qon guuhga ega ota-onadan tug`iladigan farzandlarning nechtasining qon guruhi ota-onasinikidan
farq qiladi?
11. Gomozigota holatdagi II va III qon guruhiga ega bo`lgan qiz va yigit nikohidan qanday qon guruhga ega
farzandlar tug`iladi?
12. Odamda qon guruhlari quyidagi genotiplarga ega: I-I
0
I
0
, II-I
A
I
0
yoki I
A
I
A
, III- I
B
I
B
yoki I
B
I
B
, IV-I
A
I
B
. Ammo retsessiv h genning qon guruhlariga ta`sir etib, uning retsessiv alleli gomozigota holatda
barcha genotiplarda I qon guruhini namoyon qiladi va Bombey fenomini keltirib chiqaradi. Dominant
alleli qon guruhlariga ta`sir ko`rsatmaydi. Digeterozigota II va III qon guruhli ota-onalardan tug`ligan
farzandlarning necha foizining qonida agglutinogen umuman bo`lmaydi? J:43,75
13. I va geterezigota II qon guruhiga ega bo`lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhga ega bo`lmagan
farzandlar tug`iladi?
14.III qon guruhi bo`yicha geterozgitali ayl II qon guruhi bo`yicha geterozigotali erkakka turmushga
chiqdi. Bu oilada farzandlarning qanday qon guruhlariga ega bo`lishini aniqlang? J:I, II, III, IV
15.II qon guruhli ayol I va III qon guruhli farzandlarga ega. Farzandlarning otasi qanday qon guruhiga
ega? J:III qon guruh, geterozigota holatda
16.Odamlarda normal eshitish tug`ma karlikka nisbaan, burun teshigini keng bo`lishi tor bo`lishiga
nisbatan dominantlik qiladi. Birinchi qon guruhiga ega tug`ma kar, burun teshigi keng bo`lgan ayol
43
sun`iy urug`lantirish natijasida homilador bo`lib, so`ng vaqti-soati kelganda, har xil tuxumdan
rivojlangan egizak(o`g`il-qiz) ko`rdi. O`g`li II qon guruhli bo`lib,
normal eshitadigan, burun teshigi
keng,
qizi esa III qon guruhli, tug`ma kar va burun teshigi tor edi. Ayol, uning egizak farzandlari va
otaning genotipini aniqlang?
17.II qon guruhli, qo`yko`z, polidaktiliya bilan kasallangan
ona va III qon guruhli, ko`kko`z, 5 barmoqli
otadan
I qon guruhli, ko`kko`z, 5 barmoqli farzand tug`ildi.(qo`yko`zlik ko`kko`zlik ustidan,
polidaktiliya 5 barmoqlik ustidan dominantlik qiladi) ota-ona genotipini aniqlang?
18.II va III qon guruhlariga ega bo`lgan, qoni normal iviydigan er-xotin nikohidan I qon guruhiga ega
gemofilik bola tug`ildi. Ushbu oilada yana qanday fenotip va genotipga ega bo`lgan farzandlar
tug`ilishini aniqlang?
19.Rezus musbat, II qon guruhli, rangni ajrata oladigan, qoni normal iviydigan erkak bilan, rezus musbat, III
qon guruhga ega, rangni yaxshi ajrata oladigan, qoni normal iviydigan ayol nikohidan, rezus manfiy, I qon
guruhiga ega, daltonik, gemofilik o`g`il tug`ildi. Masalada berilgan barcha odamlarning genotipini
aniqlang?(Rezus musbat dominant, keltirilgan 2 ta anomaliya jinsiy X-xromosomada joylashgan retsessiv
gen kasalligi bo`lib, to`liq birikkan holda irsiylanadi)
20.Rezus musbat, II qon guruhli, rangni ajrata oladigan, qoni normal iviydigan erkak bilan, rezus musbat, III
qon guruhga ega, rangni yaxshi ajrata oladigan, qoni normal iviydigan ayol nikohidan, rezus manfiy, I qon
guruhiga ega, daltonik, gemofilik o`g`il tug`ildi.(Rezus musbat dominant, keltirilgan 2 ta anomaliya jinsiy X-
xromosomada joylashgan retsessiv gen kasalligi bo`lib, to`liq birikkan holda irsiylanadi) Tug`ilgan sog`lom
farzandlarning ichidan necha % I rezus manfiy, necha %i rezus musbat?
21. Rezus musbat, II qon guruhli, rangni ajrata oladigan, qoni normal iviydigan erkak bilan, rezus musbat, III
qon guruhga ega, rangni yaxshi ajrata oladigan, qoni normal iviydigan ayol nikohidan, rezus manfiy, I qon
guruhiga ega, daltonik, gemofilik o`g`il tug`ildi.(Rezus musbat dominant, keltirilgan 2 ta anomaliya jinsiy X-
xromosomada joylashgan retsessiv gen kasalligi bo`lib, to`liq birikkan holda irsiylanadi) Bitta anomaliyaga
ega farzandlarning ichidan necha % I rezus manfiy, necha %i rezus musbat?
22.II qon guruhi bo`yicha geterezigotali ayol III qon guruhli geterezigotali erkakka turmushga chiqsa,
ulardan qanday qon guruhli bolalar tug`ilishi mumkin?
23. II qon guruhi bo`yicha geterezigotali ayol IV qon guruhli geterezigotali erkakka turmushga chiqsa,
ulardan qanday qon guruhli bolalar tug`ilishi mumkin?
24.Odamlarda I qon
guruhi I
0
I
0
; II qon guruhi I
A
I
0
va I
A
I
0
; III qon guruhi I
B
I
B
va
I
B
I
0
; IV qon guruhi I
A
I
B
genotipi bilan belgilanadi. Geterozigota II qon guruhiga ega ayol gomozigota III qon guruhli erkakka
turmushga chiqdi. Ushbu oilada qanday qon guruhiga ega farzandlar tug`ulishi mumkin?
J:IV, III
25.Odamlarda I qon guruhi I
0
I
0
; II qon guruhi I
A
I
0
va I
A
I
0
; III qon guruhi I
B
I
B
va
I
B
I
0
; IV qon guruhi I
A
I
B
genotipi bilan belgilanadi. Geterozigota III qon guruhiga ega ayol I qon guruhli erkakka turmushga
chiqdi. Ushbu oilada tug`ulishi mumkin bo`lgan farzandlarning necha foizi ota-onasiga o`xshash
bo`ladi? J:100
Do'stlaringiz bilan baham: