O’zbekiston Respublikasi
Oliy va O’rta maxsu Ta’lim vazirligi
Farg’ona Davlat Universiteti
San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’lim
yo’nalishi ____ guruh talabasi
________________________
_____________________ning
XOR va XORSHUNOSLIK fanidan
MUSTAQIL ISHI.
MAVSHU: O’zbekiton Respublikasi Davlat
Madhiyasi.
REJA:
1 M.Burxonov hayoti va ijodi
2 A. Oripov hayoti va ijodi
3 Asar notasi
4 Asar tahlili
Mutal Burhonov hayoti va ijodi.
Mutal (Mutavakkil) Muzayyinovich Burhonov 1916-yil 5- mayda Buxoro shahrida tug’ilgan. Oilada besh farzand bo’lgan. Burhonov sakkiz yoshida amakisi Mukammil unga Tanbur olib bergan. Keyinchalik Otag’iyos Abdug’aniyevdan tanbur chalishni o’rgangan. Burxonov 1928-1932 yillarda Samarqand musiqa va xoreografiya instutida, 1939-1941va 1946-49 yillarda esa Maskva Kanservatoriyasida ta’lim olgan. Konservatoriyada Sergey Vasilenkodan kompozitsiya, Grigoriya Stolyarovdan dirijorlik bo’yicha saboq olgan. O’sha yillari Uyg’un va Izzat Sulton yozgan “Alisher Navoiy” drammasiga musiqa, qator kamer-vokal va kamer-cholg’u asarlar yaratgan. Burxonov ijodida vokal musiqasi ayniqsa, romans, jo’rsiz xor va vokal simfonik janrlari asosiy o’rin tutadi. “Tabassum qilmading”, “Namedonam Chi nom dorad” “Ishqida”, va boshqa ramanslar, Alisher Navoiyga qasidasi (Abdulla Oripov,1968) va boshqa Sharq xalqlari qo’shiqlarini jo’rsiz xor uchun maxorat bilan, milliy musiqa xos nafislik va jozibalikni to’la saqlagan xolda qayta ishlagan. Burhonov qator filmlarga xususan “Surayyo” “Abu Ali Ibn Sino”, “Maftuningman”, Orol baliqchilar”, “Boy ila xizmatchi” kabi filmlarga musiqa bastalagan. 1992-yil O’zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasini musiqasini yozgan. O’zbekiston SSRning 1947-hamda 1978 yillardagi madhiyalari musiqasini ham Burhonov yaratgan. Burhonov oila qurmagan va kamtar hayot kechirgan. 1998-yil “Ko’ngil xazinasi ( Burhonnoma)” kitobini yozgan. Bastakor 2002-yil 15-iyunda 86-yoshda vafot etadi. 2016-yil “O’zbekkkino” milliy agentligi Burhonov hayotiva ijodi haqida “Mutal Burhonov Ohanglarda yashayman hamon....” hujjatliy filmini suratgan olgan
Abdulla Oripov hayoti va ijodi.
Abdulla Oripov 1941-yil 21-martta Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko’z qishlog’ida dunyoga kelgan. 1958-yilda o’rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan Oripov Toshkent Milliy Unversitetining jurnalistika fakultetiga o’qishga kirib, uni ham 1963-yilda imtiyozli diplom bilan yakunlaydi. “yosh gvardiya” (1963-66), G’afur Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir (1969-74) “Sharq yulduzlari” jurnalida adabiy xodim , bo’lim mudiri (1974-76), O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchin (1976-82) mas’ul kotib (1985-88) “Gulxan” jurnalida muharrir (1983-85), 1996-yildan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, ayni vaqtda, O’zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shoir va jamoat arbobi, O’zbekiston xalq shoiri abdulla Oripov “Tilla baliqcha”, “Men nechun sevaman O’zbekistonni” singari dastlabki she’rlari talabalik yillarida yozilgan va o’zbek she’riyatiga yangi, istedodli o’ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan. Ko’p o’tmay, “Mitti yulduz” (1965) ilk she’rlar to’plamini nashr etilishi sheriyat muxlislarida paydo bo’lgan shu dastlabki tassavning to’g’ri ekanligini tasdiqlagan. Shundan keyin shoirning “Ko’zlarim yo’llaringda”, (1966), “Onajonim”(1969), “Ruhim”, “O’zbekiston”(1971), “Xotorot”, “Yurtim shamoli” (11974) “Yuzma yuz”, “Xayrat (1979) “Shoir yuragi”(2003) singari sheriy kitoblari nashr etilgan.
ASAR TAHLILI.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi to’g’risidagi qonun 1992-yil 10-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilingan. Davlat madhiyasi A.Oripov she’ri, M. Burxonov musiqasi. Madhiyani o’lchovi 4/4 murakkab o’lchovda bo’lib, F- dur tanalligida yozilgan. Kuy vazmin sur’atda ijro etiladi. Akkordi esa Fa- Lya-Do bo’ladi. Kuyning kirish qismi kvinta akkordlari bilan boshlanadi va ustiga Fermata belgisi qo’yilgan. Dinamik belgisi esa f bilan boshlanadi. Davlat madhiyasi 29-ta taktdan iborat. Kuyda notalarni bir-biriga bog’lash uchun ligalardan foydalanilgan. Madhiyamizda yarimtalik, choraktalik, nimchorak va o’n oltitalik notalardan foydalanilgan. Tonikaning aylanmalari orqaliy kuyning avj qismiga chiqib boriladi. Kuyning avj naqorot qismi notasi ikkinchi oktava fa notasi bo’lib yarimtalik notaga ko’tarilib fortissimo bilan asta sekinlik bilan tonikaga qaytib tushadi va yana kuy pioninada davom etadi. Kuyning tugallanishi oxirigi bandida kuy va qo’shiq bir maromda mf da davom etadi va repriza bilan tonikada yakun topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |