Oqil inson boshqalar bilan kelishib yashaydi, axmoqlar esa o’zlariga o’xshaganlarni izlab topadi Oqil inson o’z hayotida uch narsadan ehtiyot bo’lishi lozim: hayotiy kuchlar jo’shgan yoshlik chog’ida ayollarga elakishishdan, hayotiy kuchlari quvvatga kirgan yetilgan davrida raqobatdan va hayotiy quvvati so’nayotgan qarilik chog’ida qizg’anchiqlikdan. Oqil inson o’zining boshqalardan ustunligini biladi, ammo, buni o’zgalarga namoyish qilishdan qochadi. U barcha bilan kelishadi, ammo, xech kimsa bilan salbiy ma’noda tilbiriktirmaydi. Oqil inson boshqalarga o’zlaridagi afzalliklarni ko’rishga yordam beradi, ammo, insonlarning kamchiliklarini topishni o’rgatmaydi. Axmoqlar esa xuddi shuning teskarisini qiladilar. Oqil inson hamma narsadan burchni afzal ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |