2-bosqich.
Asosiy
(65daq.)
|
Tayanch bilimini faollashtirish.
2.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.
1.2.O‘quv mashg‘ulot mavzusi, maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi. Unda ko‘riladigan asosiy savollar mohiyati bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
1.3.O‘quvchilarni 3 ta kichik guruhlarga bo‘ladi.
1.4. O‘quvchilarning mashg‘ulotdagi faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari bilan tanishtiradi. (1-ilova).
2.1.Insert texnikasidan foydalanib mavzu matnini mustaqil o‘qish topshirig‘i to‘g‘risida eslatadi. Matnni o‘qish mobaynida qo‘yilgan belgilardan foydalanib, savolga javob berishlarini so‘raydi: “Ma’ruza matni bilan tanishib, ushbu mavzu bo‘yicha yangi nimalarni bilib oldingiz?”.Ma’ruza rejasiga muvofiq suhbat o‘tkazadi. Xulosalar qiladi, o‘quvchilar diqqatini asosiylarga qaratadi. Yangi o‘quv material bayoni.
2.2. Guruhlarga oldinda turgan ish xususiyatini tushuntiradi.
Ekspert varaqlariga yozilgan topshiriqlarni tarqatadi (2-ilova). Guruhlardagi xar bir o‘quvchi umumiy ishning alohida qismini oladi va ekspert sifatida ish yuritadi.
2.3. Guruhlarga topshiriqlarni bajarish uchun yordam beradi.
Ularni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.
2.4. «Ajurli arra» texnikasining qonun-qoidasi va hamkorlikda o‘qiyotganlar uchun asosiy qoidalar bilan tanishtiradi. (3-ilova)
2.5.Mutaxasislar uchrashuvini tashkil qiladi.
2.6. Guruhlarning javoblari qay darajada to‘g‘ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi va kuzatadi.
2.7.O‘quvchilar bir-birlaridan axborot-larni o‘rganishib bo‘lishgach, «Blits-so‘rov» orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalarini aniqlaydi (4-ilova).
2.8.G‘olib guruhlarni baholash mezoni orqali aniqlaydi.
2.9.O‘quvchilarning fikrlarini slaydlardan foydalanib umumlashtiradi, xulosalaydi, to‘ldiradi va mashg‘ulotga yakun yasaydi.(5-ilova)
|
Savollarga javob beradilar
Tinglaydilar.
Guruh a’zolari ekspert varag‘iga mos ravishda o‘quv materialni darslikdan topadilar.Axborotlarni o‘rganadi. Topshiriqlar ustida ishlaydilar.
Bir xil materialni o‘rganayotganlar bilan uchrashadi va ekspert sifatida axborotlar bilan almashadi, bahs-munozara yuritadi, o‘z guruxlariga axborotni tushuntirish rejasini tuzadi va dastlabki guruxlariga qaytib o‘zining topshirig‘i bo‘yicha ma’ruza qiladilar savollar beradilar, qo‘shimcha qiladilar, xulosa chiqaradilar. Diqqat qiladilar.
|
3-bosqich.
Yakuniy bosqich
(10 daq.)
|
Yakunlash.
3.1. Mavzu yuzasidan savollarga javob beradi.
3.2. Ish yakunlarini chiqaradi. Faol o‘quvchilarni baholash mezoni orqali rag‘batlantiradi.
3.3. Uyga mustaqil tayyorgarlik ko‘rish uchun topshiriq beradi (6-ilova).
|
savollar beradilar
Vazifani yozib oladilar.
aniqlaydi, darslikga qaraydilar.
|