Hayotning biosfera darajasi. Biosfera yerdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini qamrab olgan, tiriklikning eng yuqori tuzilish darajasidir. Biosfera darajasini tashkil etuvchi komponentlar biogeosenozlar hisoblanadi. Hayotning bu darajasida moddalar va energiyaning global davriy aylanishi, insonning xo‘jalik va madaniy faoliyati kabi jarayonlar kuzatiladi.Shunday qilib, tiriklikning har bir tuzilish darajasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun har qanday biologik kuzatish, tajribalar va tadqiqotlar hayotning ma’lum bir darajasida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |