Hayvonlarning mineral oziqlanishi. Geterotrof organizmlarda kechadigan plastik jarayonlar, to'qimalarning yangilanishi ko'p jihatdan mineral moddalarga ham bog'liq. Masalan, Ca tuzlari suyak, qon, tish dentini tarkibiga kiradi, qonning ivishi, muskullar qisqarishini ta'minlaydi. Nerv impulslarini o'tkazishda ishtirok etadi va hujayraning osmotik bosimini ta'minlaydi. Fosfor nuklein kislotalar, ATF, fermentlar, suyak to'qimasi tarkibiga kiradi, temir elementi gemoglobin, mioglobin oqsillari tarkibida O2 tashilishini ta'minlaydi. Ftor tish emali tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |