О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


Sud hokimiyatining mustaqilligi qonun ustuvorligining muhim sharti



Download 4,43 Mb.
bet213/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   282
4. Sud hokimiyatining mustaqilligi qonun ustuvorligining muhim sharti.
Sudlar tomonidan davlat organlari huquqiy hujjatlarining Konstitutsiyaga va qonunlarga mosligini nazorat qilinishi-sud organlarining vakolatlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-moddasi «Davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish», deb nomlangan bo‘lib, uning birinchi qismiga muvofiq «Davlat organlarining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin».
Sud huquqiy hujjatni haqiqiy emas, deb qaror chiqargan taqdirda, bu qaror hamma davlat organlari va boshqalar uchun ham majburiydir. CHunki Konstitutsiyaning 114-moddasida «Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korhonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir», deb mustahkamlab qo‘yilgan.
Sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb e’lon qilingan huquqiy hujjat - yuridik kuchga ega emas. Agarda biron-bir hujjatning qonuniyligi to‘g‘risida sud qarori mavjud bo‘lsa, o‘sha hujjat yuzasidan fuqarolar yoki tashkilotlar sudga yana shikoyat qilishlari mumkin emas.
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaviyligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonunlarning va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan boshqa hujjatlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumat qarorlarining, davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi.
Konstitutsiyaning ushbu moddasida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga yoki qonunlarga mosligini umumiy yurisdiksiya yoki ho‘jalik sudlari nazorat qilishga haqli emaslar. Ularning Konstitutsiyaga mosligini aniqlash Konstitutsiyaviy sudning mutlaq vakolatiga kiradi.SHu erda yana bir savol tug‘iladi. Konstitutsiyaviy sud faqatgina normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qiladimi yoki normativ bo‘lmagan individual huquqiy hujjatlarning ham Konstitutsiyaga mosligini nazorat qiladimi? Bu to‘g‘rida Konstitutsiyada ham, boshqa qonun hujjatlarida ham aniq ko‘rsatilmagan. Ammo, O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunining 13-moddasini oxirgi qismiga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari va boshqa hujjatlari (individual xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori asosida bekor qilinadi» degan norma mustahkamlangan.
Agar shu norma asos qilib olinadigan bo‘lsa, fikrimizga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi respublika Prezidentining individual xarakterga ega bo‘lgan farmonlarining yoki Vazirlar Mahkamasining individual xarakterga ega bo‘lgan qarorlarining Konstitutsiyaga mosligini ham nazorat qilmasligi lozim.
Prokuror qabul qilgan qarorlar ustidan, shuningdek, respublika Bosh prokurori qabul qilgan individual xarakterga ega bo‘lgan buyruqlar va boshqa hujjatlar ustidan amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, sudga shikoyat qilish mumkin emas. CHunonchi, «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasida prokuror qabul qilgan «qaror ustidan yuqori turuvchi ppokypopga shikoyat qilinishi mumkin» degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan.
Fikrimizcha, bu normaning o‘zi Konstitutsiyaga mos emas. Konstitutsiyaning 44-moddasida «har bir shaxcga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayri-qonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi», deb ko‘rsatilgan.
Agarda umumiy yurisdiksiya sudlarida yoki ho‘jalik sudlarida Konstitutsiyaning 109-moddasida sanab o‘tilgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligiga shubha bo‘lsa yoki bu masalada fuqarolarning shikoyatlari bo‘lsa, Oliy sudning raisi, Oliy ho‘jalik sudining raisi ushbu normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga mosligini aniqlab berishni co‘pab, Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishi mumkin.
Bunday holda ular Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishlari shartmi yoki bu ularning huquqlarimi, degan o‘rinli savol tug‘iladi. «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi qonuniing 19-moddasiga muvofiq bu ularning huquqlaridir. Demak, ular hohlasalar Konstitutsiyaviy sudga masalani ko‘rib chiqish uchun murojaat etadilar, hohlamasalar yo‘q.
Normativ-huquqiy hujjatlarni Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilishda ko‘rsatib o‘tilgan organlarning, jumladan, Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari muhim ahamiyat kasb etadi va mamlakatimizdagi islohotlarning keyingi bosqichlarida yana ham takomillashib boradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qonun ustuvorligi quyidagi uchala holat bo‘lgandagina, o‘zining to‘liq ifodasini topadi.
Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-hujjatlar adolat prinsipiga, inson huquqi va manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy asoslangan bo‘lishi shart.
Ikkinchidan, barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talabi barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan qat’iy bajarilishi zarur.
Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarga mos bo‘lishi – qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy mexanizmlarini tashkil etadi. Demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo‘lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir. Albatta, demokratik jamiyat qurish faqat qonun ustuvorligi bilan cheklanib qolmaydi, balki xalqimizning milliy-ma’naviy negizlariga tayanishni taqozo etadi va zaruriy sharti qilib qo‘yadi.

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish