Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish
Fuqarolik jamiyatini qurish O‘zbekistonning pirovard strategik maqsadi. Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning tuzilishi va tarkibi. “Nodavlat notijorat” va “jamoat birlashmalari” tushunchalari. Ularning ma’no va mazmuni. O‘zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rni. O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari.
Ko‘ppartiyaviylik – demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi. O‘zbekistonda “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” konsepsiyasining amalga oshirilishi fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti. Mamlakatimizda xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati.
Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati rolini oshib borishi. Mamlakatimizni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirilishi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishni takomillashtirishning fuqarolik jamiyati qurishdagi ahamiyati.
2
13.
Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash
Axborot erkinligini ta’minlash tushunchasi, mazmun-mohiyati. Ommaviy axborot vositalarining to‘rtinchi hokimiyat sifatida davlat hokimiyatidagi o‘rni. Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash. Ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasini takomillashtirish zaruriyati.
Axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash. Ommaviy axborot vositalari sohasidagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish. Nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning axborot sohasini demokratlashtirishda faol ishtirokini ta’minlashning zaruriyati. Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi faoliyatini takomillashtirish.
Axborot resurslaridan foydalanish mexanizmlarini rivojlantirish. Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlashni takomillashtirish. Axborot kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish. Ommaviy axborot vositalari erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlashda mualliflik huquqlari va intellektual mulkni ishonchli himoya qilishning huquqiy kafolatlari va mexanizmlarini kuchaytirish, axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy qilish. Ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini ta’minlash, hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish borasidagi rolini kuchaytirish. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat qurilishi tizimida keng foydalanish. Ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlash.