О‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsustа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti



Download 4,43 Mb.
bet11/282
Sana21.02.2022
Hajmi4,43 Mb.
#7037
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   282
Электрон таълим ресурслари:
1. Халқ сўзи газетаси – www.infoXS.Uz
2. Туркистон газетаси – www.turkistonsarkor.uz
3. Маърифат журнали – www.ma’rifat-inform.uz
4. Жамият ва бошқарув журнали – www.rzultacademyfreenet.uz
5. Зиёнет – www.ziyonet.uz


I.Kirish.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanishini ushbu fan doirasida tahlil qilish, o‘rganish va ilmiy-nazariy xulosalardan amaliyotda foydalanish muhim masala hisoblanadi. Jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan jarayonlarni bilishda, mamlakatni boshqarish sohasi bo‘yicha mukammal ilmiy nazariyalarni ishlab chiqishda boshqa ijtimoiy gumanitar fanlar qatori «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi vaamaliyoti» fanining ham ahamiyati beqiyosdir. Mazkur fan ijtimoiy voqelikni o‘zigaxos qonunlarini kashf etish asosida jamiyatdagi jarayon va hodisalarni tahlil qilish, tushuntirish va ilmiy xulosalar chiqarish bilan shug‘ullanadi. Shu sababli, ushbu fan ijtimoiy ehtiyoj natijasida vujudga keldi va shakllanmoqda.
«O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi vaamaliyoti» fanining predmeti jahon sivilizatsiyasining tarixiy tajribalarigaasoslangan va mamlakatimizning o‘zigaxos xususiyatlarini hisobgaolgan holda demokratik davlat va fuqorolik jamiyatini barpo etishning nazariy masalalarini tadqiq etadi, ishlab chiqadi va buni amaliyotda ro‘yobga chiqarish uchun ko‘maklashadi.
Fanda qo‘yilgan masalalarni o‘rganishning asosiy manbalari: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Prezident Islom Karimovning asarlari, Respublika Vazirlar Mahkamasining, Oliy Majlisning qonun, qaror va farmoyishlari, respublika gazeta va jurnallarida e’lon qilingan materiallar, chop etilgan adabiyotlardir.
Kelajak sari olg‘a intilish, taraqqiyot va yuksalishni ta’minlashda respublikamizdaamalgaoshirilayotgan tub o‘zgarishlarning nazariy asoslarini, amaliy uslublarini tushunib olish vao‘zlashtirish, ayniqsa yoshlar uchun g‘oyat muhimdir.
1.1. Fanning maqsad va vazifalari
Mustaqillik, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishida yangi tarixiy davrning boshlanishi bo‘ldi. Ushbu yangi davrda demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini o‘rganish ushbu “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi vaamaliyoti” fanining vazifasigaaylandi. Mazkur fanning dolzarbligi demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslari hamda ularning hayotga tatbiq etish yo‘llarini ilmiy asosda tushuntirish, talablarimizning ongiga, qalbiga singdirib, ularning yaratuvchilik faoliyatlarini mamlakatimizning ravnaqi uchun safarbar etishdir.
Ushbu fanning asosiy maqsadiO‘zbekiston ijtimoiy hayotining barcha sohalarda kechayotgan jarayonlarni chuqur idrok etish, yagona maqsad atrofidaxalqimizni jipslashtirish, uning bunyodkor ijtimoiy-siyosiy faoliyatini kuchaytirishdir.
Mazkur fanni o‘rganish, uning mazmunini mukammal o‘zlashtirib olishda, talabalar eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlaridaasoslab berilgan g‘oyalarni o‘rganishlari zarur. Negaki, O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmiy-nazariy asoslari, amaliy yo‘llari real voqelikni umumlashtirgan holda batafsil ko‘rsatib berilgan.
Shu bilan birgaO‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan qonunlar, O‘zbekiston Prezidentining farmon, farmoyish va qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlari fanni o‘rganishda muhim manblardir.
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi vaamaliyoti” fani o‘z oldiga bir necha vazifalarni qo‘ygan: 1) Mamlakatda demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning umume’tirof etilgan va milliy qonunlarini bilish, nazariy xulosalar va umumlashmalar chiqarishdan iborat. 2) Jamiyat siyosiy hayotining barcha sohalarida, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, bozor iqtisodiyotigaasoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish qonuniyatlarini o‘rganish. 3) Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy va boshqa sohalarda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarni amalgaoshirishning mohiyati, mazmunini anglab, tushunib olish. 4) Xalqning turmush farovonligini oshirish, komil insonni shakllantirishning tub mohiyatini to‘liq bilib olish. 5) “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” kontseptsiyasining hayotga tatbiq etilish jarayonlarini o‘zlashtirish, anglash, bilish, qo‘llash salohiyatini rivojlantirish.
Umuman, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining talablariga javob beradigan dunyoqarash, fikrlar xilma-xilligi, erkinlikni qadrlash, inson qadr-qimmati, sha’ni vaor-nomusini hurmat qilish bilan bog‘liq qadriyatlarni shakllantirish asosiy vazifalardandir. Bu vazifalar fuqarolarimizni, talabalarimizni mamlakatdaozod vaobod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, demokratik qadriyatlarni xurmat qilish orqali ularning bunyodkorlik ishlariga safarbar etishda yaqqol namoyon bo‘ladi

Download 4,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish