1.2. Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar.
Fanni o‘zlashtirishda quyidagi talablar Davlat ta’lim standartida maklakaviy tavsifga muvofiq ishlab chiqiladi va quyidagicha bayon etiladi.
- O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga ega bo‘lishi, uning ahamiyatini tushunish;
- O‘zbekiston xalqining mustaqillik uchun kurashi va uning bosqichlarini bilib olish;
- Milliy uyg‘onishning asosiy bosqichlarini bilib olish;
- O‘zbekistonda huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurish nazariyasi vaamaliyoti bo‘yicha teran bilimga ega bo‘lish;
- “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” kontseptsiyasi mohiyati, mazmunini va uning o‘zigaxos milliy hamda umuminsoniy qonuniyatlarini bilib olish;
- Parlament tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahqamasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar mohiyatini to‘liq tushunib olgan holda jamiyatda siyosiy faollikni yuzaga keltirishlari zarur;
- Jamiyat hayoti sohalarini erkinlashtirish va modernizatsiyalash masalalari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish;
- Demokratik jamiyatning moddiy negizi bozor iqtisodiyotini shakllantirish muammolarini bilib olish;
- Ma’naviy yuksalishning – demokratik jamiyat qurishning ustuvor yo‘nalishi ekanligini tushuntira bilish;
- O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. O‘zbekistonning Yyevropa, Osiyo vaAmerika davlatlari bilan hamkorligi haqida tushunchaga ega bo‘lishi;
- «Turkiston-umumiy uyimiz» harakati va uning ahamiyatini bilish;
- Xalqaro terrorizmga qarshi kurashning dolzarbligi masalasiga e’tibor berish.
O‘zbekistonda demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini yaratish yo‘lidaamalgaoshirilgan va kechayotgan jarayonlar bilan tanishish qo‘shimchaadabiyotlarni, OAVda yoritilayotgan ma’lumotlarni o‘rganib borishni taqozo qiladi. Ular asosida referatlar va ma’ruzalar tayyorlashni bilishi kerak.
Fanni o‘zlashtirgandan keyin talaba mamlakatimizda demokratik, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash haqidako‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish jarayonida bozor iqtisodiyoti sub’ektlari faoliyatigaongli munosabatda bo‘lib, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga foyda keltirish haqidaamaliy qo‘nikmalarni egallaydi. Natijada ushbu fanni o‘rganish orqali jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy boshqaruv sohalarida boshqaruvda faol ishtirok etish malakalarga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |