7.1.2-rasm. Sifatlsiz tovar ishlab chiqarmaslik sabablari46
46 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 166-бет.
Sifatni boshqarish tarixi ikki yuz yil avval, ya’ni 1810- yilda bug‘ dvigateli ishlab chiqarilishi bilan boshlangan sanoat inqilobi davriga borib taqaladi deb o‘ylash mumkin. Biroq sifatni zamonaviy boshqarish
70 yildan beri mavjud. Shunga ilk bor e’tibor bergan mashhur kishilardan biri janob Shuart “Bell telefon laboratoriz”ning ilmiy xodimi bo‘lib, 1930- yillarda mahsulot sifati muammolari bilan shug‘ullangan. Bu sohadagi misolga Yaponiyada V.Edvards Deming faoliyatini keltirish mumkin. Deming amerikalik bo‘lib, sifat nazorati konsepsiyasi bo‘yicha uzoq vaqt va samarali mehnat qildi. Uning faoliyati Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng o‘z e’tiborini Yaponiyaga qaratishi bilan boshlanadi. Urushgacha
Yaponiya boshqa asosiy g‘arbiy mamlakatlar singari yuqori samarali sanoatga ega emas edi va urush natijasida ishlab chiqarish imkoniyatlariga ancha putur etdi. Mahsulot sifati juda past edi, jahon bozorida raqobatli mahsulot ishlab chiqarish haqida bilimlar kam edi. Deming hayotining asosiy qismini Yaponiyada sifat nazorati ustida ishlash bilan o‘tkazdi. Taxminan, 20 yil mobaynida Yфponiya mahsulotlarining sifati o‘sib, hozirgi darajagacha etib keldi. Sifatni boshqarish sohasidagi muammolarni hal qilish natijasidagina eng raqobatli mamlakatga aylandi.
Sifat nazorati. Sifatni nazorat qilish mahsulotni loyihalashdan boshlanadi. Bunda uchta asosiy omilni nazarda tutish kerak:
Tovar birinchi navbatda bozor ehtiyojlariga javob berish uchun loyihalashtiriladi. Bu ehtiyojni sotish bo‘limi aniqlashi kerak va bunda u bozordagi o‘zgarishlar bo‘yicha olib borayotgan uzluksiz tadqiqotlarga asoslanadi.
Tovar shunday loyihalashtirilgan bo‘lishi kerakki, uni nuqsonsiz ishlab chiqarish mumkin bo‘lsin. Ayrim hollarda sifat nazorati muammolari konstruksiyalash kamchiliklari natijasida kelib chiqadi. Demak, tovar funksional texnik xarakteristikalarga javob beradigan qilib konstruksiya qilinishi kerak.
Konstruksiyaniig uchinchi sharti tovarni ishlab chiqarish xizmati va u xaridor qo‘liga tekkandan so‘ng texnik xizmat ko‘rsatish engil bo‘lishi kerak.
Tovar birinchi navbatda bozor ehtiyojlariga javob berish uchun loyihalashtiriladi. Bu ehtiyojni sotish bo'limi aniqlashi kerak va bunda u bozordagi o'zgarishlar bo'yicha olib borayotgan uzluksiz tadqiqotlarga asoslanadi
Tovar shunday loyihalashtirilgan bo'lishi kerakki, uni nuqsonsiz ishlab chiqarish mumkin bo'lsin. Ayrim hollarda sifat nazorati muammolari konstruktsiyalash kamchiliklari natijasida kelib chiqadi. Demak, tovar funksional texnik xarakteristikalarga javob beradigan qilib konstruksiya qilinishi kerak
Konstruksiyaning uchinchi sharti tovarni ishlab chiqarish xizmati va u xaridor qo'liga tekkandan so'ng texnik xizmat ko'rsatish yengil bo'lishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |