Firma ichida o‘qitish
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mutaxassislari 1972 yilda ishchi kuchi borasida olib borilayotgan siyosatni o‘rganib chiqdilar va “YAponiyadagi ishchi kuchi siyosati” nomli hisobotni tayyorlab nashr qildilar. Unda shunday deyiladi, “tekshirishni olib borgan bizlar qanday qilib professional tayyorgarlikka ega bo‘lmagan bitiruvchilar ishga qabul qilingach malakali mutaxassislarga aylanishiga tushunmaganligimizga iqror bo‘lishimiz kerak. Albatta korxonalarda ma’lum darajada o‘qitiladi, lekin bu qisqa muddatli o‘qitish bo‘lib, ko‘pincha davlat tomonidan tasdiqlanmaydi, shunga muvofiq ravishda moddiy rag‘batlantirish olmaydi. Ish vaqtida o‘qitish (IVO‘) tufayli mutaxassislar tayyorlansa kerak”. IXTT mutaxassislari bu faktni izoxlab berishga qiynalib qolishdi, chunki Yaponiyadagi mavjud muntazam professional o‘qitish Yevropa standartlariga ko‘ra yetarli emas, ammo bu mamlakatda malakali mutaxassislar salmog‘i juda yuqori.
IVO‘ yordamida kadrlar tayyorlash.
Yapon korxonalarida o‘qitish IVO‘, ishdan tashqarida o‘qitish (ITO‘) va mustaqil o‘qishga asoslanadi. IVO‘ga ko‘proq ahamiyat beriladi. IVO‘ “ko‘rgin va taqlid qil” qabilidagi tayyorlovga olib keladi xolos, degan xavf mavjud, lekin yapon korxonalarida mehnatning tarbiyaviy hislatlari IVO‘ning samaradorligini oshiradi degan tushuncha xukmron. Shu sababli quyidagi holatlar muhim hisoblanadi:
Firma ichi mehnat bozorida kadrlarni tayyorlash.
Industrial jamiyatlarda o‘zining ishchi kuchiga bo‘lgan talabini tashqi ishchi kuchi bozoridan (firmadan tashqaridagi) qondira oladigan va ishchilar mehnat sharoitini yaxshilashni talab qiladigan sharoitda korxonalarning kadrlarni tayyorlashga faol kapital sarflashini kutish qiyin. Yaponiyada esa, tadbirkorlarning fikricha korxonaning rivojlanishi va yashovchanligining muhim sharti – bu uzoqni ko‘zlagan holda kerakli kadrlarni korxonada tayyorlashdir. Agar korxona xodimlarini uzoq muddatli bandligidan manfaatdor bo‘lsa, ularning
moslashuvchanlik xususiyatlarini yuqori darajada ushlab turishi kerak, shu bilan birga o‘zi ham atrofdagi o‘zgarishlarga tez moslashuvchan bo‘lishi lozim. Shu sababli yapon korxonalarida kadrlarni o‘qitishning maqsadi ishchini tayyorlash hisoblanadi. Bunga rotatsiya va bir ishdan boshqasiga o‘tkazish orqali erishiladi.
Fikrlovchi malakali ishchini tayyorlash. IVO‘ ishchilarga kerak bo‘ladigan ko‘nikma va malakalarni bevosita ishlash jarayonida olishga imkon beradi. Biroq yapon korxonalarida IVO‘ bu bilan chegaralanib qolmaydi, faqat boshlang‘ich bosqichda masalani to‘g‘ri qo‘ya bilish va hal eta olish xususiyatlarini shakllantirishga katta e’tibor beriladi. Korxonada nima aytilgan va buyurilgan bo‘lsa, buni hamma bajarishi shart. Xodimlar muammoli holatlar to‘g‘risida o‘z fikrlari va takliflarini bildirishlari lozim. Shu sababdan sifat ustidan nazorat va oqilona taklif berish bo‘yicha tugaraqlarga katta e’tibor beriladi, bundan tashqari ishchilarga lozim bo‘lgan paytlarda belgilangan metodikadan voz kechib, o‘z ixtiyori bo‘yicha harakat qilishga imkon beriladi.
Xodimlarga egiluvchan, yoqimli va ko‘pfunksiyali ish sharoitini yaratib berish. Teylor va Ford tizimlarining tamoyillariga muvofiq ajratilgan va me’yorlashtirilgan ish, ishchilarni avtonom bo‘lishini ta’minlamaydi, to‘plangan tajriba asosida malakani oshirishni inkor etadi va bu bilan mehnatning ta’lim berish vazifasini yo‘qqa chiqaradi. 60 yillardagi yuqori iqtisodiy o‘sish davrida yapon korxonalari ko‘plab miqdorda ishlab chiqarishga va ishni ajratilgan holda amalga oshirishardi.
Lekin ko‘plab korxonalar ishni bu tarzda tashkil qilish ishchilar axloqini pasayishiga sabab bo‘lishiga e’tibor berishdi. Natijada ular ko‘p ixtisosli ishchilarni tayyorlashga va ularning har biriga yoqadigan ish berishga intila boshladilar. Shu bilan birgalikda, yapon jamiyatida ro‘y bergan o‘zgarishlar xususan, mikroelektornika inqilobi, sifat darajasining ortishi ishchilardan ko‘proq texnik bilimni, masalani tushunish va hal qila olish qobiliyati bo‘lishini talab qildi. Ko‘plab korxonalar ishchilarning texnik bilimlari va malakalarini oshirishga e’tibor bera boshlashdi.
So‘nggi yillarda dastgoxlarga xizmat ko‘rsatish, mahsulot sifati ustidan nazorat, mehnat xavfsizligi, “o‘z vaqtida yetkazib berish” tizimi sohalari bo‘yicha xodimlarni ITO‘ asosida o‘qitishning ahamiyati ortib bormoqda. Shu sababli jamoa rahbarlariga yuqori lavozimli xodimlarga kerakli bilimlar va malakalarni olishlari uchun qisqa muddatli tajriba o‘rganish kurslari tashkil etilmoqda.
Kichik va o‘rta firmalar xodimlari tajriba o‘rganish uchun bosh kompaniya, dastgoh ishlab chiqaruvchilar va o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |