O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Nаzоrаt vа muhоkаmа uсhun sаvоllаr



Download 2,71 Mb.
bet189/228
Sana09.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#767002
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   228
Bog'liq
Армат MexSot Kaf 08.INSON RESURSLARINI BOSHQARISH

Nаzоrаt vа muhоkаmа uсhun sаvоllаr


  1. Boshqarish usullariga ta’rif bering

  2. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari qanday belgilanadi

  3. Boshqarishning iqtisodiy usullari nimaga yo‘naltirilgan?

  4. Boshqarishning ijtimoiy-ruhiy usullari nimaga yo‘naltirilgan?



Таvsiya etilayotgan adabiyotlar


  1. Human Resourse Management. Fefteenth Edition/Robert L.Malthis, John H.Jackson Sean R. Valentine. Patricia A. Megllch 2017.2014 Cengage Learning WCN 02.200.206

  2. Абдураҳмонов Қ.Х., ва бошқалар., Инсон тараққиёти.Дарслик . Т-«Фан ва технология».2014.-234 б

  3. Abdurakhmanov K.Kh. Management of tourism: Tutorial. - Jakarta.: Gundarama Publisher, 2014.-350 с

  4. Карташова Л.В. Управление человеческими ресурсами : Учебник/ Л. В. Карташова. -М.: ИНФРА-М, 2014.-456 с

  5. Круглова Н.Ю. Основы менеджмента: учебное пособие / Н.Ю. Круглова.-М.: КНОРУС, 2014.-421с

  6. Абдурахманов.К.Х.и другие.Человеческое развитие.

Учебник. “Фан ва технология”, 2012. – 364 с.
      1. BOB. INSON RESURSLARINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH


    1. Inson resurslarini ijtimoiy muhofaza qilishning mohiyati va tamoyillari

Ijtimoiy himoya taraqqiy etgan barcha mamlakatlarning ijtimoiy- iqtisodiy hayotidagi zaruriy unsur hisoblanadi. “Ijtimoiy himoya” atamasi birinchi marta 1935 yilda AQSHning “Ijtimoiy xavfsizlik bo‘yicha Qonun” deb nomlangan huquqiy hujjatida qo‘llanilgan. Mazkur qonunga ko‘ra, mamlakatning har bir fuqarosining ishsizlik yoki daromadni yo‘qotish, shuningdek, uning keskin kamayib ketishi (kasallik tufayli, farzand tug‘ilishi natijasida, ishlab chiqarish jarohati oqibatida, nogironlik sababli) bois iqtisodiy va ijtimoiy ne’matlardan mahrum bo‘lishdan himoya qiluvchi chora-tadbirlar tizimi ijtimoiy himoya deb e’tirof etilgan. Bandan keyin bu atama 1938 yili YAngi Zelandiyaning qonuniy aktida qo‘llanilgan va turli mamlakat aholi qatlamlarining bu sohadagi jiddiy muammo va orzu-umidlari mazmunini oddiy va tushunarli ifodalab, tezda XMTda o‘z o‘rnini topdi.
“Aholini ijtimoiy muhofaza qilishi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini aniqlashda Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) va Xalqaro Mehnat Byurosi (XMB) mutaxassislarining alohida nuqtai nazari mavjudligini ta’kidlash joiz. O‘z tajribasida ular ijtimoiy himoya masalasini hal qilishda ikki asosiy yo‘ldan boradilar. “Keng ma’nodagi, ya’ni inson hayoti va faoliyatining deyarli barcha sohalarini qamrab oluvchi (ijtimoiy himoya predmeti), va tor ma’nodagi, ya’ni ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy yordamni (ijtimoiy himoya mexanizmi sifatidagi) nazarda tutuvchi XMT tomonidan asoslab berilgan xususiyatlarni inobatga oladigan bo‘lsak, ijtimoiy himoya tarkibini aniqlashda bu anchagina keng ko‘lam kasb etadi”. XMT mutaxassislari tor doiradagi ijtimoiy himoya qatoriga ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy yordam choralarini kiritadilar. Ayni damda ijtimoiy himoyaning bu ikki turi o‘rtasida aniq farq kuzatilmaydi.
Amaldagi qonunchilikda “ijtimoiy himoya” tushunchasi nisbatan tor ma’noda ishlatilib, u turmush darajasi sohasida insonning huquq va kafolatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan siyosatni anglatadi.
Shu bilan birga, xalqaro amaliyotga murojaat etadigan bo‘lsak, aholini ijtimoiy himoyalash konsepsiyasi mehnat staji, sug‘urta badallari miqdoridan qat’i nazar, murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan har qanday fuqaroga davlat tomonidan (yoki uning nazorati ostida) ta’minlanadigan minimal kafolatlarning qonunchilik yo‘li bilan mustahkamlab qo‘yilgan bo‘ladi. Demak, aholining ijtimoiy himoyasi bu davlat tomonidan munosib turmushni, ya’ni jamiyat rivojining zamonaviy bosqichidagi standartlarga mos moddiy ta’minotni va insonning erkin rivojlanishini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan kafolatlanadigan va amalga oshiriladigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy tavsifdagi chora-tadbirlar majmuasidir.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish aholining ehtiyojmand qatlamlariga pensiya, nafaqa, imtiyozlar, xizmatlar va nomuntazam beriladigan moddiy yordam orqali beriladi.
Aholining ijtimoiy muhofaza obyektlariga quyidagi guruhlar kiradi:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish