MAVZU 18: Karbamid ishlab chiqarish texnologiyasi
REJA:
18.1. Karbamidning fizik-kimeviy xususiyatlari.
19.2. Karbamid ishlab chiqarish usullari.
18.3. Karbamidni olish reaksiyalari.
18.4. Karbamidni ammiak va uglerod dioksididan sintez kilish asoslari.
18.1. Karbamidning fizik-kimeviy xususiyatlari.
Karbamid yuqori konsentratsiyalik azot o ‘g ‘itlaridan biri bo‘lib, tarkibi 46,6% azotga ega, o ‘simlik tom onidan oson o ‘zlashtiruvchi, suvda yaxshi eruvchan modda. Karbamid xavfsiz, gigroskopik xususiyati deyarli yo‘q, tuproqdan sekin yuviluvchan, yopishqoqlik xususiyati ancha kam. Rangsiz, hidsiz, zichligi 25°C da 1330 k g / m3, erish nuqtasi 132,7°C modda. Texnik mahsulot oq ninasimon rombik prizma shaklidagi kristall modda. Karbamid mochevina nomi bilan yuritilib amid shakldagi azot o ‘g ‘itlari guruhiga kiradi. Karbamid suvda yaxshi eriydi: 20°C 51,8%; 60°C-71,9% ; ammiak bilan reaksiyaga kirishib ( NH2)2CaNH3 hosil qiladi. Kuchsiz asos xususiyatiga ega b o ‘lgani sababli, kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi va tuzlar hosil qiladi: (NH2)2CO•HNO3, (NH2)2CO•H3PO4, tuzlar bilan esa kompleks birikmalar hosil qiiadi. Birinchi marta 1868-yilda A. I. Bazarov tomnidan a m m ia k va k o ‘mir kislotasidan sintez qilingan. Karbamid ammiak va C O , dan 150—220°C va 7— 100 M Pa bosim ostida sintez qilinadi. Sintez davrida avvalo qaytar reaksiya natijasida oraliq mahsulot karbomat am m o n iy hosil b o’ladi:
2 NH3(g) + CO2(g) = NH2COONH4(s) + 125, 6 kJ;
so ‘ngra karbomat parchalanib karbamid hosil qiladi:
NH2COONH4(s) = (NH2)CO(s) + H2O (s) - 15,5 kJ
Reaksiya natijasida gaz fazasida NH3, CO2, H2O suyuq fazada esa ammiak, karbomat ammoniy, karbamid, ammoniy karbomat tuzlari hosil bo‘ladi. Karbamid suyuq fazada erigan karbomat ammoniydan qizdirish natijasida suv ajralgandan so‘ng hosil bo‘ladi. Karbamat ammoniy 150—200°C da ammiak va karbon 4 oksidga ( CO2) parchalanishi mumkin. Shuning uchun, parchalanish jarayonini to ‘xtatish uchun jarayonni bosim ostida olib boriladi.Karbomat ammoniyning hosil bo‘lish tezligi bosimning kvadratiga proporsional bo‘ladi. Atmosfera bosimida va past temperaturada jarayon jud a sekin ketadi, l0 MPa bosimda va 150°C temperaturada reaksiya shiddat bilan tez ketadi. Bosimning oshishi bilan karbomatning karbamidga konversiyasi ham tezlashadi.
Karbamidning chiqishiga aralashmadagi ammiaknin g miqdori ta’sir qiladi. Shu sababli ammiak stexiometrik miqdorga nisbatdan NH3:CO2 = 2 ko‘proq olish maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki ammiakning ortiqcha miqdori reaksiyaning (muvozanatning) karbamid hosil bo'lish tomoniga yo ‘naltiradi. Ammo berilgan ortiqcha ammiak ishlab chiqarishga qaytarilishi kerak, birorta mahsulotga qayta ishlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |