Hozirgi kunda Qizilqum fosforitlari boyitish jarayonlari
Hozirgi kunda Qizilqum fosforitlari intensiv dezintegratsiyalanadi va ajratilib, so‘ng kuydiriladi. Xom ashyoning dezintegratsiyalanishi natijasida uning tarkibidagi sementlangan bo‘laklar maydalanadi va mergel birikmalaridan ajratiladi. SHuningdek kalsit va kvarsning yupqa qatlamlari yo‘qotiladi. O‘lchami +40 (50) mkm bo‘lgan mahsulot esa kuydirishga yuboriladi. Termik boyitish asosida olingan fosforit tarkibida hosil bo‘lgan erkin kalsiy oksidini an’anaviy usulda ajratib olish kam samaralidir.
Zarafshon shahridagi Qizilqum kompleksida ishlab chiqarilayotgan termokonsentrat olish usulining murakkabligi, unda yuqori haroratda foydalanish, kuydirilgan mahsulot tarkibida xlor miqdorining ortib ketishi, mahsulot tarikbidagi SaO / R2O5 yuqori nisbatini saqlanib qolishi undan olinadigan ammofos o‘g‘it tannarxining qimmatlashishiga olib keladi.
Bugungi kunda Qizilqum fosforitlaridan termik boyitish jarayonlaridagi muammolarni hal etish uchun arzon va sifatli fosfokonsentratlar olishning samarali usullarini izlab topish lozim. Markaziy Qizilqum fosforitlarini chiqindisiz texnologiya asosida boyitish tadqiqotlari [27-31] diqqatga sazovordir. Bu usulda boyitilmagan Qizilqum fosfat namunalari (17 – 18% P2O5) 50 – 57% li azot kislotasi bilan qayta ishlanadi. Kislota miqdori karbonat minerallarini parachalash uchun stexiometrik sarfining 90 – 110% ni tashkil etadi.
Boyitish “qattiq fazali” tartibda borishi natijasida barqaror ko‘piklar hosil bo‘lmaydi. Parchalanish mahsulotlari kalsiy nitrit, loysimon minerallar va qisman parchalangan fosfatlar 10–15% li aylanma Ca(NO3)2 eritmasi yordamida yuvilib, ajratib olinadi. Ushbu konsentrlangan nitrokalsiyfosfat eritmalari ma’lum usullar yordamida azot – fosfor – kalsiyli o‘g‘itga qayta ishlanadi. Fosforitdagi P2O5 ning 54–56% qismi fosforit konsentrat tarkibiga o‘tishi aniqlangan. Ishlanma mualliflari ushbu konsentratdan yuqori sifatli mono va diammoniyfosfat o‘g‘itlarga ishlab chiqarishni tavsiya etadilar. YUqorida keltirilgan usulning ma’lum kimyoviy boyitish usullaridan afzalligi shundan iboratki, foskonsentrat olish uchun alohida boyitish korxoNaClni loyixalash va qurish shart emas, konsentartdagi kalsiy moduli (CaO: P2O5) kichik, xlor miqdori (ikki martaga) kam va uning tannarxi arzonligidir.
Hozirgi kunda Qizilqum fosforit kompleksi korxonalarni fosfat xom ashyosi bilan to‘liq ta’minlash imkoniyatiga ega emas. Respublika qishloq xo‘jalagida fosforli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabni to‘la ta’minlash uchun sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan fosforitlarda foydalanib, mineral o‘g‘itlar olishning unumli usullarini yaratish zarur.
O‘zbekiston xududida tarkibidagi asosiy fosfor miqdori ma’lum fosforitlarga nisbatan kam bo‘lgan fosfatlarga Guliob (Guliob), Auminzatog‘ (Auminzatau), CHuqay-To‘qay (CHukay-Takay), Ho‘jayli (Xodjeyli), Xo‘jako‘l (Xodjakul), Bolaqara (Balakarakskiy), Bo‘qantog‘ (Bukantauskiy) kabi va boshqa agronomik ruda konlari aniqlangan. YUqorida qayd etilgan mahalliy past navli xom ashyolar kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |