2.1.6. Suyakli baliqlar sinfining tuzilishi va sistematikasi. Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi: katta turkumlari (2 soat).
Suyakli baliqlar sinfining morfologik va anatomik tuzilish belgilari, hozirgi zamon sistematikasi. Shul’aqanotlilar kichik sinfining ta’rifi: katta turkumlari, tog’ayli ganoidlar, suyakli ganoidlar, ko’p qanotlilar, ularning tuzilishi xususiyatlari va hayot kechirishi.
(A1. 80-111; Q5. 47-79).
2.1.7. Kurak qanotlilar kenja sinfi va katta turkumlari. Panjaqaqanotlilar va ikki xil nafas oluvchilarning tuzilish xususiyatlari. Baliqlar ekologiyasi va baliqlarning amaliy ahamiyati (2 soat).
Kurak qanotlilar kenja sinfining ta’rifi, katta turkumlari. Panjaqaqanotlilar va ikki xil nafas oluvchilar: tuzilish xususiyatlari, hayot kechirishi. Baliqlar ekologiyasi va baliqlarning amaliy ahamiyati. O’zbekiston ixtiofaunasining o’ziga xos vakillari: introduktsiya (boshqa joydan olib kelingan) qilinganlari. O’rta Osiyoda ovlanadigan, noyob va yo’qolish xavfi ostida turgan baliqlar vakillari.
(A1. 111-143; Q5. 80-117).
2.1.8. To’rtoyoqlilar katta sinfi. Amfibiyalar sinfi vakillarining morfologik va biologik tavsifi, sistematikasi. Amfibiyalarning asosiy ekologik guruhlari va ularning amaliy ahamiyati (2 soat).
To’rtoyoqlilar katta sinfi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishi. Suv va quruqlikda yashovchilarning ilk vakillari sifatida paleozoy davrida yashagan amfibiya-stegotsefallar. Amfibiyalar (suvda hamda quruqlikda yashovchilar) sinfi vakillarining morfologik va biologik tavsifi, sistematikasi. Amfibiyalarning asosiy ekologik guruhlari va ularning amaliy ahamiyati.
(A1. 144-198; Q5. 118-158).
2.1.9. Anamniya va amniotlarning morfologik va fiziologik tuzilish belgilari. Sudralib yuruvchilar sinfi vakillarining tuzilishi va sistematikasi. Toshbaqalar va Tumshuqboshlilar turkumlari (2 soat).
Anamniya va amniotlarning morfologik va fiziologik tuzilish belgilari. Reptiliyalar (sudralib yuruvchilar) sinfi. Tangachalilar turkumi vakili-tez kaltakesak misolida reptiliyalarning tuzilishi. Sudralib yuruvchilar sinfining sistematikasi. Toshbaqalar va Tumshuqboshlilar turkumlarining qisqacha tarifi.
(A1. 199-222; Q5. 158-176).
2.1.10. Tangachalilar va Timsohlar turkumlari. Reptiliyaning ekologiyasi. “O’zbekiston Qizil Kitobi” sahifasidan joy olgan sudralib yuruvchilar. Reptiliyalarning kelib chiqishi va amaliy ahamiyati (2 soat).
Tangachalilar va Timsohlar turkumlarining qisqacha tarifi. Reptiliyaning ekologiyasi. O’rta Osiyo gerpitofaunasining o’ziga xos vakillari. Zaharli ilonlar turlari va ularni muhofaza qilish. “O’zbekiston Qizil Kitobi” sahifasidan joy olgan sudralib yuruvchilar. Reptiliyalarning kelib chiqishi va amaliy ahamiyati.
(A1. 222-267; Q5. 176-211).
2.1.11. Qushlar sinfi. Uy kaptari misolida qushlarinng tashqi va ichki tuzilishi. Qushlar sinfining sistematikasi. Kaltakesakdumlilar va Yelpig`ich dumlilar kenja sinflari. Ko`kraktojsizlar, tinamular va pingvinlarning o‘ziga xos tuzilish belgilari (2 soat).
Qushlar sinfi vakillari tuzilishining asosiy xossalari. Uy kaptari misolida qushlarinng tashqi va ichki tuzilishi. Hozirgi zamon qushlarining sistematikasi. Kaltakesakdumlilar yoki Qadimgi qushlar va Haqiqiy qushlar yoki Yelpig`ich dumlilar kenja sinflari. Ko`kraktojsizlar yoki tuyaqushlar, Tinamular, ya’ni yashirindumlilar va Pingvinlarning qisqacha ta’rifi.
(A1. 168-306; Q5. 211-242).
Do'stlaringiz bilan baham: |