Laboratoriya ishi № 6.2
Multimedia
– bu tovush, video, grafika, matn, animasiyalar yordamida
insonning kompyuter bilan muloqotini ta’minlovchi dasturiy va apparat vositalar
majmuasi
hisoblanadi.
Multimedianing
o`quvchi-talabani
faollashtirish,
hayratlantirish imkoniyatlari juda katta. Bu esa ta’lim sifatini oshiradi va o`quvchi-
talaba diqqatini jamlashga xizmat qiladi.
Gipermatn bilan ishlash jarayonida o`quvchi-talaba ta’lim jarayonining faol
ishtirokchisiga aylanadi. Gipermatnlar bo`yicha tanlangan o`tishlar orqali o`qilgan
materiallardan xulosalarni chiqarishi lozim.
Multimedia va gipermatn vositalaridan foydalanish o`quv materiallarining
taqdim etilishi sifatini oshiradi, keng masshtabli bahslarni tashkil etadi va qulay
interfeysni ta’minlaydi.
Zamonaviy nuqtai-nazarlarga ko`ra insoniyat 70 % dan ortiq ma’lumotlarni
bevosita ko`rish orqali qabul qiladi, shu sababli fanni o`qitishda multimediyali
dastkrlardan foydalanishning
samaradorligi yuqori bo`ladi. Multimediya
texnologiyasidan foydalanish virtual tarzda bilim va ko`nikmalarni egallashni
jadallashtiradi. Hozirgi kunda multimediyalar yaratish sohasida ko`pgina metodik
ishlar amalga oshirilmoqda.
Kimyo fanida shunday mavzular borki, bu mavzularni o`quvchilarga
tushuntirish, ularda shu mavzu bo`yicha tasavvurini shakllantirish qiyin. Masalan,
“Eritmalar”, “Kimyoviy bog`lanish”, “Atom tuzilishi” kabi mavzular va kimyoviy
texnologik jarayonlarni rasmlar va kitob orqali tushuntirish kutilgan natijani
bermaydi. Kimyo o`qitishda kimyoviy eksperimentdan foydalanish dars
samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Lekin kimyoning ko`pgina
nazariy masalalarini jumladan, atom tuzilishi va kimyoviy bog`lanish kabi
jarayonlarni o`qitishda eksperimentdan foydalanish imkoniyati yo`q.
Axborot texnologiyasidan foydalanishning muxim tomonlari shundan
iboratki an’anaviy usullar va kimyoviy eksperiment bilan ko`rsatib bo`lmaydigan
kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarni dinamik modellarini animasiya qilib
ko`rsatish imkoniyatlari bo`ladi.
Masalan, kimyoviy bog` o`quvchi va talabalarga rasmlar orqali tushuntirib
kelingan. Bunda atomlarning elektron bulutlari, elektron bulutlarning shakllari,
gibridlanish, elektron bulutlar asosida kimyoviy bog`ning qanday vujudga kelishi
mexanizmlari va boshqa ko`plab jarayonlar rasm bilan tushuntirilgan va bu
o`quvchi xamda talabalarning yetarlicha tasavvur qilishlariga qiyinchiliklar
tug`dirgan. Kompyuter yordamida yuqorida sanab o`tilgan bir necha xolatlarni
animasiya qilib, bunday qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin. Animasiyalar
o`qituvchining ovozi bilan tushuntiriladi, natijada o`quvchilarni mavzuni
tushunishi, jarayonlarni tasavvur qilishi ancha oson bo`ladi.
Eritmalar nazariyasi – anorganik kimyo kursining yetakchi nazariyalaridan
biridir. Mavzuning muhimligi sababi nafaqat katta amaliy ahamiyatga egaligida,
avvalo, kimyoning biologiya, geografiya, fizika va boshqa o`quv fanlari bilan
fanlararo aloqasining mavjudligidadir. Darsliklar va o`quv qo`llanmalarda ushbu
bo`limlarga yetarlicha e’tibor berilgan. Biroq, afsuski, ma’lum tushuncha va
atamalar gidratlangan ionlar, gidroksoniy ioni, ion atmosferasi va boshqalarning
hosil bo`lishi kabi mavhum hodisalar sababli talabalar uchun ko`pincha tushunarli
bo`lmay qolaveradi. Bunday mavzularni o`qitish samaradorligini ta’minlashda
axborot texnologiyalari katta potensialga ega bo`lib, animasiyalardan foydalangan
holda o`quv materialining mazmunini tushunarli va qiziqarli qilish imkonini
beradi. YUqorida sanab o`tilgan xodisalar ishlab chiqilgan animasiyalarda
eshitilgan nazariy materialni 2-3 daqiqada ko`rgazmali namoyish qilinadi. Ko`z
bilan ko`rish mumkin bo`lmagan momentlar, jarayon mexanizmi, ionlar,
molekulalarning harakatini ko`rsatish bilan nazariy material mustahkamlanadi.
Nazariy materialni talabalar kompyuter ekranida, rangli tasvirda, ma’ruzachining
ovozli sharhlashi bilan birga dinamik rivojlanishini ko`radilar. animasiyalashtirish
texnologiyasi, jarayonlar mexanizmlarini yaqqol tasavvur qilish va shu bilan
murakkab nazariy materialni chuqur o`zlashtirish imkonini beradi. Kompyuter
darsi yozib olingan disketa orqali o`quvchilarning hammasi mustaqil holda
kompyuter darsi bilan qayta tanishib chiqishlariga sharoit yaratadi.
Shu yo`nalishda olib borilayotgan ishlardan maqsad kimyoning an’anaviy
vositalari yordamida ko`rsatib bo`lmaydigan kupgina jarayonlarining dinamik
modellarini kompyuter yordamida animasiya qilib multimediya mahsulotlarini
tayyorlab, dars o`tishda kam vaqt sarflab, ko`proq bilim berish, o`quvchilarda
to`liq va yetarli darajada tasavvur qilish va ularni darsga bo`lgan munosabatini,
qiziqishini yanada oshirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |