O‘ZBЕKISТОN RЕSPUBLIKАSI
ОLIY VА O‘RТА МАХSUS ТА’LIМ VАZIRLIGI
FАRG‘ОNА DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI
JAHON TARIXI KAFEDRASI
5120300 – Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha) yo‘nalishi
19.74 guruh talabasi Rustamov Umidjonning
JAHON TARIXI
FANIDAN
« XI-XV ASRLARDA PIRENEYA YARIM OROLI DAVLATLARI »
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: O.V.Mahmudov
Fаrg‘оnа shahri – 2021–2022-o‘quv yili
MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………………………………….3-4
I BOB. Pireneya yarim oroli davlatlarning XI asr boshlaridan XIII asrgacha tarixi.
1.1. Xalifalik hukmronligi qulashi. Taifalarga bo‘linish………………………...5-9
1.2. Andalusiyada Almoravidlar va Almohadlar hukumronligi………………...9-12
1.3. Xristian davlatlar. Rekonkistaning boshlanishi va mohiyati……………...12-16
II BOB. XIII-XV asrlarda Ispan mamlakatlar, rekonkista va yarim orolni birlashtirish uchun kurash.
2.1. Nasridlar qirolligi (Granada)…………………………………………...…17-23
2.2. Rekonkista siyosati nihoyasiga yetkazilishi. Trastamarlar hukumronligi o‘rnatilishi va arablar hukumronligi tugatilishi………………………………..23-28
III. XI-XV asrlarda Pirenaya yarim oroli mamlakatlari ijtimoiy- iqdisodiy va madaniyati hayoti.
3.1. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot…………………………………………………..29-34
3.2. Madaniy hayot. Tarjimonlik, adabiyot, san’at va arxitektura………….…34-39
Xulosa.……………………………………………………………………………40
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati…………………..…………41-42
Ilovalar..………………………………………………………………………43-46
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Jahon tarixi taraqqiyotida Pireneya yarim oroli mamlakatlari sivilizatsiyasi muhim ahamaiyatga ega bo‘lib, ushbu mintaqa mamlakatlari xalqlari qadimdan Sharq va G‘arb madaniyati bilan uzviy aloqada bo‘lib kelgan. Ayniqsa, Arab xalifaligi Pireneya yarim oroliga bosqinlaridan so‘ng, shubu mintaqada tashkil topa boshlagan davlatlar o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini boshidan kechirgan va bu jarayonda butun Yevropa taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsata olgan. Bu borada bu yerda vujudga kelgan ilm-ma’rifat markazlari, tarjimonlik markazlarining o‘rni beqiyosdir.
Jahon miqyosida urbanizatsiya va shaharlashuv jarayoni shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunda tarix turli davrlarini teran yoritishga qaratilgan ilmiy izlanishlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Shu sababli ham jahonning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlarida Yer sharining turli mintaqalarida davlatlar vujudga kelish jarayonlarining o‘ziga xos jihatlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish bo‘yicha tizimli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, O‘rta asrlar davlatlarning vujudga kelish va taraqqiyot jarayonlarini tadqiq etish jahon tarixi fanining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham mazkur kurs ishida Pireneya yarim orolidagi muslulmon va xristian davlatlari shakllanishining siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy asoslarini ochib berishga dolzarb muammo sifatida qaralmoqda.
XІ-XV asrlar Pireneya yarim oroli mamlakatlari tarixida shiddatli o‘zgarishlar davri bo‘lib, bu yerdagi davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tarixiy taraqqiyoti jarayonida ushbu mintaqadagi mamlakatlar o‘z boshlaridan ko‘plab murakkab jarayonlarni o‘tkazgan va yakunda yagona davlat sifatida. Shuning uchun ham hozirgi kunda Ispaniya tarixining ushbu davrini o‘rganish jahon tarixshunosligida tarixchilarning muhim vazifalarida biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |