Tuberkulyoz (sil) surunkali yuqumli kasallikdir. Uning qo‘zg‘atuvchisini 1882 yili Robert Kox topgan va unga mikrobakterium tuberkulezis deb nom bergan. Sil kasalining qo‘zg‘atuvchilari beshta mikobakteriyaga bo‘linadi. Bular: M. Tuberkulezis — odamlarda, M. movis - qoramollarda, M. avium - parrandalarda, M. mirium - sichqonlarda, M. poykolotermorum - sovuqqonli hayvonlarda sil kasalini qo‘zg‘atadigan mikrobakteriyalardir. Sil bilan odam, sut emizuvchi hayvonlar va parrandalar kasallanib, organ va to‘qimalarda maxsus tugunchalar - tuberkulalar hosil bo‘lishi bilan ifodalanadi.
Morfologiyasi va biologik xususiyatlari. Tuberkulyoz tayoqchasining bo‘yi o‘rtacha 0,8 - 5,5 mkm, eni 0,2 - 0,6 mkm bo‘lib, shakli har xil (polimorfizm). Kalta va uzun, ingichka va yo‘g‘on, to‘g‘ri va qayrilgan, sidirg‘a va donador tayoqchalar shaklida uchraydi. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Tayoqchalar oddiy usullar bilan bo‘yalmaydi. Ularni bo‘yash uchun maxsus usullar qo‘llanadi. Bulardan biri Sil - Nilson bo‘yash usulidir.
Tuberkulyoz tayoqchasini bo‘yash uchun bo‘yoq qaynab to‘rgan eritmalarga ishlovchi modda (masalan, karbol kislota) qo‘shish kerak. Bo‘yalgan tuberkulyoz tayoqchasi boshqa bakteriyalardan farq qilib, nitrat, xlorid, sulfat kislotalar ta’sirida rangsizlanmaydi. Bunday xossa kislotalar ta’siriga chidamli deb ataladi va tuberkulyoz mikrobakteriyalarning eng muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Ammo qanday qulay sharoitda bo‘lmasin tayoqcha sekin, 3 -6 hafta mobaynida o‘sadi.
Chidamliligi. Tayoqchalari tashqi muhit ta’sirlariga chidamli bo‘ladi. Eski kulturalarda 8-10 oy, qurigan balg‘amda 5-6 oygacha qoramollarning axlatida 5oygacha yashaydi. Tashqi muhitning ta’siriga M. avium nihoyatda chidamli bo‘lib, tuproqda 17-18 oygacha, suvda 7 oygacha va zax joylarda 5-10 oygacha saqlanadi. M. tuberkulezis suvda 5-10 oy, chirib turgan materialda 12 oygacha 76 darajada esa 180 kungacha halok bo‘lmaydi. M. bovis go‘ngda, poxol to‘shamida 2-12 oygacha hayot faoliyatini saqlaydi. Mikobakteriyalar sut, pishloq, saryog‘ va boshqa chorvachilik mahsulotlarida uzoq vaqt kuchini yo‘qotmay saqlanadi. Sut va qaymoqda - 8°C da 120 kungacha, tuzlangan go‘shtda 1,5 oygacha yashaydi. Ularga yuqori temperatura tez ta’sir etadi. +50°C da 12 soat, +60°C da 1 soat, +70°C da 10 minut, +90°C da 1 minut va 100°C da darhol halok bo‘lishadi. Dezinfeksiyalovchi moddalarning eritmalariga chidamliligi baland 1% li aktiv xlor eritmasi 6 soatda, 3%
formaldegid va 3% li natriy ishqor eritmalari nisbatan tez va kuchli ta’sir etadi. Shu sababli bu eritmalar ko‘proq qo‘llanadi.
Zamburug‘ tabiatli oziq-ovqat intoksikatsiyasi. Oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi. Zaharlanishni toksik zamburug‘lar ham keltirib chiqarishi
353
mumkin. Bu zamburug‘lar mikotoksikozlar deyiladi.
Oziq-ovqat mikotoksikozlari orasida alimentar-toksik aleykiya va «mast non» nomli zaharlanishlar ma’lum. Bu ikki toksikozlar ham deyteromitsetlar sinfining Fusarium turi zamburug‘lari qo‘zg‘atadilar.
Alimentar-toksik aleykiya qish faslida dalada qolib ketgan yoki kech yig‘ib olingan dondan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan intoksikatsiyadir. Kasallik Fusarium srorotrichiella sovuqqa chidamli zamburug‘i tomonidan sodir qilinadi.
Rivojlanishining optimal harorati 18-27°C, biroq u 0°C dan past (-2, -3°C) haroratlarda ham rivojlana oladi va toksin ishlab chiqaradi. Toksin juda chidamli, donni yillab saqlashda ham uning zaharlilik xususiyati kamaymaydi. Bu zamburug‘ bilan zararlangan dondan non pishirilganda ham, bo‘tqa qaynatilganda ham toksin parchalanmaydi.
Kasallikning simptomi qon ketishi, qon aylanishining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari klinikasi bakteriyali toksikoz kasalligiga o‘xshab ketgan holda yashirin shaklda ham kechishi mumkin.
«Mast non» nomli zaharlanish o‘ta mast holatni eslatadi. U Fusarium graminearum zamburug‘i bilan zararlangan dondan tayyorlangan mahsulotni isteomol qilish natijasida kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |