O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi



Download 2,01 Mb.
bet9/184
Sana30.03.2022
Hajmi2,01 Mb.
#518330
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184
Bog'liq
5-Iqtisodiyot-nazariyasi

Funktsional tahlil. Barcha iqtisodiy modellar iqtisodiy o‗zgaruvchilar o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikni aks ettiradi. Ko‗pincha bu bog‗liqliklar funktsiya ko‗rinishida ifodalanadi. Funktsiya – bu bir qator o‗zgaruvchilarning boshqalariga bog‗liqligini aks ettiruvchi matematik tushuncha. Masalan, non bozori modelini ko‗rib chiqishda, biz nonga bo‗lgan talab nonning narxi va jami daromad hajmiga bog‗liq, deb ta‘kidladik. Buni quyidagi tarzda ifodalash mumkin: Qd = D(Pb, Y).
Bu tenglamadan nonga bo‗lgan talab (Qd) nonning narxi (Pb) va daromad hajmi(Y)ning funktsiyasi deyish mumkin. Funktsiyani yozishda qavs oldida turgan o‗zgaruvchi (D) funktsiyani anglatadi.
Non bozori modelida Qd = D(Pb, Y) ifodasi nonga bo‗lgan talabning omillarini aniqlab beradi. Agar biz nonga bo‗lgan talab to‗g‗risida ko‗proq ma‘lumotga ega bo‗lganimizda, quyidagicha yoza olgan bo‗lar edik:
Qd = 60 - 10Pb + 2Y.
Bunday holda talab funktsiyasi quyidagi ko‗rinishda bo‗ladi:
D(Pb, Y) = 60 - 10Pb + 2Y.
Mazkur funktsiya non narxi hamda daromad hajmining har bir darajasiga muvofiq keluvchi nonga bo‗lgan talabni aniqlash imkonini beradi. Masalan, agar daromad 10 ga, nonning narxi 2 ga teng bo‗lsa, nonga bo‗lgan talab 60 ga teng bo‗ladi; agar nonning narxi 3 gacha oshsa, u holda nonga bo‗lgan talab 50 ga qadar qisqaradi.
Funktsiya o‗zgaruvchilar o‗rtasidagi miqdoriy nisbat ma‘lum bo‗lmagan hollarda ham ular o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalash imkonini beradi. Masalan, nonning narxi 2 dan to 3 ga qadar oshganda talab kamayishini bilgan holda, qanchaga kamayishini bilmasligimiz mumkin. Bunday holda, agar biz o‗zgaruvchilar o‗rtasida qandaydir bog‗liqlik mavjudligini bilsak, uni funktsional shaklda ifodalash maqsadga muvofiqdir.
Tahlilning muvozanatga asoslangan usuli. Iqtisodiy nazariyadagi tahlilning muvozanatli usulini ideal harakatsizlikning fizikaviy nazariyasi yoki jismning bir tekis va to‗g‗ri chiziqli harakati bilan taqqoslash mumkin. Bunda iqtisodiyotning barcha tashqi sharoit va parametrlari (texnika va texnologiyaning holati, iste‘molchilarning didlari, mulkchilikning taqsimlanishi va h.k.) oldindan belgilab berilgan, deb qabul qilinadi. Muvozanat deb shunday holat tushuniladiki, unda tashqi sharoit va parametrlar o‗zgarmagan holda xo‗jalik jarayonining birorta ishtirokchisida o‗z iqtisodiy hulq-atvorini o‗zgartirishga rag‗bat mavjud bo‗lmaydi. Boshqacha aytganda, gap shunday usul haqida boradiki, unda talab va taklif, narx va qiymatning muvozanati boshlang‗ich model sifatida qaraladi. Mazkur yirik abstraktsiya asosida keyinchalik qo‗shimcha qiymat, foyda, foiz, renta va boshqa nazariyalar quriladi. Shu bilan birga, talab va taklif muvozanati abstraktsiyasining qo‗llanishi iqtisodiy kategoriyalarni tahlil qilishda ahamiyatli yo‗qotishlarga olib kelmaydi, aksincha, iqtisodiy qonunlarning harakatini yuqori darajadagi sof holda ochib berish imkonini yaratadi.
Bunga qarama-qarshi o‗laroq, nomuvozanat usuli shundan kelib chiqadiki, talab va taklif o‗rtasidagi muvozanat abstraktsiyasidan o‗rinsiz foydalanish o‗z mohiyatiga ko‗ra faqat nomuvozanat sharoitida amal qila oluvchi bir qator iqtisodiy kategoriyalarning tahlili uchun to‗sqinlik qiladi. Uzoq muddatli muvozanat iqtisodiy tahlili bunday yondoshuvda iqtisodiyot nazariyasining o‗ta zarur, biroq birinchi bosqichi sifatida maydonga tushadi. Ratsional xo‗jalik yuritishning tarixiy evolyutsiyasiga, iqtisodiy taraqqiyot va farovonlikning o‗sishi manbalarini ochib berishga taalluqli bo‗lgan iqtisodiy tahlil fan-texnika taraqqiyoti, iste‘molchi didlari, mulkning taqsimlanishi, resurs taqchilligi, institutsional tizim, jahon xo‗jaligi aloqalari va boshqalar o‗zgarishining ta‘siri ostida iqtisodiy muvozanatning buzilishiga o‗z vaqtida e‘tibor qaratishni taqozo etadi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish