O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi


II bob. XX-asrning 40-80-yilllarida siyosiy qatag’onlikning yangi to’lqini



Download 175 Kb.
bet5/8
Sana04.02.2022
Hajmi175 Kb.
#431120
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi ozb tar

II bob. XX-asrning 40-80-yilllarida siyosiy qatag’onlikning yangi to’lqini
2.1. Sovet tuzumi qatag’onlik siyosatining 50-80- yillardagi yangi to’lqini.
Fashizmga qarshi urush tamom bo‘lgandan keyin, oradan ko‘p o‘tmay butun sobiq ittifoq bo‘ylab navbatdagi yalpi terror to‘lqini boshlandi. Sobiq hukmron partiya aholiga fashizm mafkurasi ta’siri bo‘lganligini va buning oqibatida matbuot, san’at va adabiyotda g‘oyasizlik, siyosatdan uzoqlashish, hayotiy haqiqatni buzib ko‘rsatish, umidsizlik, kelajakka ishonchsizlik paydo bo‘lganligini ro‘kach qilib, 40-yillar adabiyot va san’at namoyandalari faoliyatini tazyiq ostiga oldi. Bu borada bir qator qarorlar ham qabul qilindi. Bu qarorlar butun mamlakatda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham ziyolilarga qarshi kurashni boshlanishiga sabab bo‘ldi. 1949-yilning martida O‘zbekiston kommunistlarining X syezdi chaqirilib, uning qarorlarida jamiyatda sotsialistik mafkuraning tazyiqini, respublika mehnatkashlarini kommunistik ruhda tarbiyalash usullarini kuchaytirish, milliy va diniy qadriyatlarga, diniy xurofotga qarshi kurashish vazifalari qo‘yildi.1949-yil 25-iyunda O‘zkompartiya Markazqo‘mining “ O‘zbekiston Sovet yozuvchilar soyuzining ishi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unda ko‘pgina yozuvchilar, olimlar, partiya va davlat arboblari, madaniyat xodimlari millatchilikda ayblandi. Oybek, Abdulla Qahhor, Mamarasul Boboyev, Mirtemir, Shayxzoda kabi o‘zbek yozuvchilari badnom qilindi. 1951-yili avgustda bir guruh atoqli ijodkor ziyolilar “millatchilar”, deb matbuotda nohaq tanqid qilindi, “buzg‘unchilikda” ayblandi. Keyinchalik yozuvchilardan Shayxzoda, Shukrullo, Shuhrat, Said Ahmad va boshqalar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Yuqorida ta’kidlangan qarorlar ta’sirida respublikada nashr etilayotgan, xalq sevib o‘qiyotgan “Sharq yulduzi” jurnali ham qattiq tanqid ostiga olindi va uning Oybek boshchiligidagi xodimlarining ko‘pchiligi “millatchi” aybi bilan qamoq jazosiga hukm qilindi. 1951-yilning 8-aprelidagi O‘zkompartiya Markazqo‘mining “O‘zbekiston SSRda musiqa san’atining ahvoli va uni yanada rivojlantirishning tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida esa buyuk shoir Alisher Navoiyning “Farhod4 va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlari, “Tohir va Zuhra”, “Alpomish” xalq dostonlarining afsonaviy folklor sujetlariga asoslangan opera, balet va musiqali drama spektakllarini yaratish va sahnalarda ko‘rsatish “zararli” ish deb baholandi. Qarorda ‘O‘zbekistonning musiqa san’ati hayotdan orqada qolmoqda, o‘zbek xalqini kommunistik ruhda tarbiyalash maqsad va vazifalariga to‘lato‘kis xizmat qilmayotir”, deb ta’kidlanishi bunday asarlami sahnalashtirishda ishtirok etgan ijodkorlaming ta’qib ostiga olinishiga sabab bo‘ldi. Respublikada 50-yillar qatag‘onining kuchayishida O‘zkompartiya Markazqo‘mining 1952-yil 21-22-fevralida boiib o‘tgan plenumi va uning qabul qilgan qarorlari ham mudhish rol o‘ynadi. Plenumda O‘zkompartiya MQ birinchi kotibi A.Niyozovning “Respublikada ideologiya ishlarining ahvoli va uni yaxshilash choralari haqida”gi ma’ruzasida adabiyot, madaniyat, san’at va fan xodimlaridan bir qanchasi keskin tanqid qilindi. Plenumda, shuningdek, jamiyatshunos olimlarga ham nohaq ayblar qo‘yildi. Jumladan, faylasuf V.Zohidov “Burjua millatchisi”, iqtisodiyotchi A.Aminov “burjua millatchilari bilan aloqa qiluvchi”lar sifatida ayblandi. Ayblanuvchilar orasida “panturkizmni targ‘ib etuvchi” aybi bilan qoralangan tarixchi olim Boboxo‘jayev ham bor edi. 50-yillarning boshlarida yana 60 tacha eng ko‘zga ko‘ringan qobiliyatli olim va yozuvchi, san’at arboblarining ro‘yxati tuzilib, ulami ham millatchi, aksilinqilobchi va hokazo yorliqlar ostida jinoiy jazoga tortishga urindilar. Bu ofatlardan qutulish juda qimmatgatushdi. Lekin adolat, garchi tezda boim asada, har qalay tiklangan edi. 0 ‘zbekiston ilm-fani, madaniyatining asossiz qatag‘on qilingan ko‘pgina arboblari 1956- yilda batamom oqlandi. 40-yillarning oxirida surgunga yuborilganlarning hammasi ozod qilindi. Yo‘qotish ro‘yxatiga qo‘shilgan, xalqning faxri boigan oltmish nafar ziyolilar ustidan tayyorlangan hukm bekor qilindi. Zulmlarga qarshi adolat o‘rnatilgan bo’lsada, stalinizm vujudga keltirgan totalitar tuzum bedodligi va beshafqatligi xalqlarning orzu-umidlarini chilparchin qildi, suveren huquqlari – milliy mustaqilligini zavol toptirdi. O‘zbekiston oyoq-qo’li kishanlanib, markaz deb atalmish zo‘ravon hokimiyat iskanjasiga tushib qoldi.Bu qilingan ishlarning barchasi xalqning til-zabonini qisqartirishga va uning tarixini ko‘zdan yiroqlashtirishga qaratildi. O‘tgan asr 80-yillarida O‘zbekistonda mustabid tuzum qatag‘onining yangi toiqini boshlandi. Sovet tuzumining qariyb 70 yillik hukmronlik davrida to‘planib qolgan muammolar yuzaga chiqib, endi kuch bilan sobiq ittifoqni saqlab qolish mumkin boim ay qolgandi. Hukmron partiya markazqo‘mining 1985-yil (aprel) Plenumi mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni tahlil qilib, sovet jamiyatini qayta qurish va yangilash zarurligi borasida ko‘rsatmalar berdi. Plenum ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, oshkoralikni joriy qilish, milliy siyosatni o‘zgartirish, umuman jamiyat hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e ’lon qildi. O‘zbekistonda ham ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratiyalashtirish, oshkoralik, fikrlar xilma-xilligi uchun imkoniyatlar vujudga keldi. Biroq, O‘zbekistonning sobiq partiya va hukumat rahbarlari (I.B.Usmonxo‘jayev, Qodirov, R.Nishonov, R.Abdullayeva) sovetlarning ko‘zbo‘yamachilik, “ulug‘ millatchilik” va shovinistik siyosati mohiyatini anglab yeta olmadi va o‘ta no‘noqlik qildi. Sobiq respublika rahbarlari hatto shu darajaga borib yetdilarki, ular Markazdan respublika tashkilotlari rahbarligiga kadrlar yuborishni ham iltimos qildilar. Vaziyat mohiyatini tushunmasdan, no‘noqlik qilgan respublika rahbarlari iltimosi bilan markazdan yuborilganlar tarixda “kadrlar desanti” nomi bilan qoldi. 1983-yilning oxirida respublikada juda og‘ir vaziyat vujudga kelgan edi. Birinchidan, jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida sobiq markazdan ketma-ket turli tergov guruhlari tashlandi, respublikadagi rahbarlik lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan kadrlar kela boshladi5. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar Soveti raisining birinchi o‘rinbosari Ogarok, Oliy Sovet Prezidiumi raisining o‘rinbosari etib Romanovskiy, Respublika prokurori etib Buturlin, uning o‘rinbosari Gaydanov, tergov boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenkolar tayinlandi. Toshkent shahri partiya rahbari etib Satin qo‘yildi. Barcha viloyatlarda ham ahvol shunday bo‘lib, ular respublikadagi hukmronlikni to‘la qo‘lga olgan edilar. Sobiq ittifoq prokuraturasi xodimlari, ashaddiy shovinistlar Gdlyan va Ivanovlar rahbarligidagi tergovchilar guruhi O‘zbekistonga kelib, “yeng shimarib” ishga kirishdi. “Desantchilar’'dan tergovchi Gdlyan va Ivanovlar guruhi O‘zbekistonda cheklanmagan vakolatlarga ega edilar. Ular boshchiligidagi tergovchilar Markazning qo‘llab-quvvatlashi bilan O‘zbekistondagi soxta topilgan ishlarni “O‘zbek ishi”, “paxta ishi” deb atab, “O‘zbek mafiyasi” degan soxta uydirmalami ham to‘qib chiqardilar. Bundan maqsad o‘zbek xalqini, O‘zbekistonni nafaqat ittifoqda, qolaversa, dunyoda badnom qilish, jazolash va shu yo‘l bilan boshqa ittifoqchi respublikalami cho‘chitib qo‘yish edi. Afsuski, O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi rahbarlari buni ko‘ra-bila turib lom-mim demadi, aksincha, ularga ko‘maklashdi. Buning oqibati esa ularning o‘zlari uchun ham halokatli boidi. Jumallarda, radio-televideniyeda muntazam xabarlar bosilib, millat shanini badnom va sharmanda qilishga urinishdi. Ularning 60 foizi kolxoz raislari, savxoz direktorlari, 45 foizi yetuk qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini tashkil qilardi. Bu jarayonda mas’ul, KPSS MQ nomenklaturasidagi 172,0 ‘zkompartiyaMQ nomenklaturasidagi 1813 nafar xodim javobgarlikka tortildi. Ulaming 70 foizi viloyat, shahar, tuman partiya qo‘mitalarining kotiblaridir. Qamalganlarning 5000 dan ortig‘i javobgarlikka tortildi. O ‘sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani sababli sudlanganlarning mingdan ortig‘i jazoni o‘tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo‘natildi. Aybsiz odamlarni, ularning oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy qiynoqqa solish avj oldi. Hibsga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o‘z jonlariga qasd qilishgacha borib yetdilar. O‘zbekistonda inson huquqlari behad toptalayotganligi haqida Moskvaga minglab xatlar jo ‘natildi. Afsuski, bu xatlar tekshirilmadi va ularga javob ham olinmadi. Aksincha, Gdlyan va uning gumashtalari ketma-ket unvonlar bilan rag‘batlantirilib turildi. Ana shu tariqa desantchilar o‘zbek xalqini ko‘zbo‘yamachilikda, poraxo‘rlikda, qo‘shib yozishlarda, boqimandalikda ayblab, partiya va davlat rahbarlaridan tortib oddiy dehqonlargacha ta’qib ostiga oldi. Ular o‘zlari o‘ylab topgan soxta ayblari natijasida respublikaning 25 mingga yaqin fuqarolari qiynoqlarga solindi, sudsiz, tergovsiz qamaldi. Ulaming orasida keksalar, homilador ayollar, nogironlar ham bor edi. Aybsiz kishilarga jismoniy kuch ishlatib, qo‘rqitish yo’l bilan ayblar qo‘yildi. Oddiy mehnatkashlardan katta miqdorda pul, o’z rahbarlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ko‘rsatmalar berish talab qilindi. Bu davrda ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini ma’muriy-buyruqbozlik bilan hal etish mumkin boim ay qoldi. Iqtisodiy o‘sish esa yildan-yilga kamayib boraverdi. Respublika xalq xo‘jaligida umumiy ijtimoiy mehnat unumdorligining pasayishi hisobiga moijaldagidan 4,3 foiz yoki 850,4 million so‘mga kam milliy daromad olindi. 1989-yilda O‘zbekistondagi har bir kishiga sobiq ittifoqdagi o‘rtacha darajadan bir yarim baravardan kam kapital mablag‘ to‘g‘ri keldi. Shu davrga kelib respublika xalq xo‘jaligida ko‘plab muammolar to‘planib qoldi. Sovet tuzumining navbatdagi islohoti ham yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli barbod bo’ldi. Ushbu muammolardan xalq e’tiborini chalg’itish uchun ko‘p yillar davomida yig’ilib qolgan milliy noroziliklardan foydalanishga harakat qilindi. O‘sha davrda respublikada milliy ongning o‘sishi, o‘zlikni anglash darajasining kuchayishi yana ko‘plab muammolarning yechimini kun tartibiga qo‘ydi. Ammo sobiq respublika rahbarlari bu muammolami yechish uchun qilinayotgan harakatlarni “jamiyatga qarshi” harakat, deb tushundilar. Millat va xalq manfaatlarini o‘z dilida his etgan respublikaning L.Karimov boshchiligidagi yangi rahbariyati bu muammolami o‘z vaqtida anglab, uning to‘g‘ri va oqilona yechimini topishga harakat qila boshladi6. Qatag’onlik yillarida O’zbеkistonda sodir etilgan bunday dahshatli yovuzliklar, adolatsizlik va bеdodliklarni o’z ko’zi bilan ko’rib unga guvoh bo’lgan jurnalist va publitsist Komil Holmuhammad faryod soladi, qalamidan o’t chaqnab mamlakatda bo’layotgan voqеalarga o’z munosabatini izhor etib yozadi: «tarixchilar o’n yillardan kеyin 1980 yillarning ikkinchi yarmida O’zbеkiston jumhuriyatida yana 30-50-yillarning sovuq dahshatli qora ko’lankasi kеzib yurganligini jur'at etib yozishar, lеkin shu narsa aniqki, 1983 yilning sеntyabridan O’zbеkistonda ish boshlagan va had-hududsiz vakolat bilan SSSR Bosh Prokurori nomidan kеlgan Gdlyan va Ivanovlar o’zbеk xalqi farzandlarini milliy kadrlarimizni qirib tashlashni asosiy maqsad qilib olishgan. Ho’sh, butun bir xalqning taqdirini bеlgilashga ularga kim bunchalik huquq bеrdi.. Ha hamma gap, balo va fojеa yolg’onchi Konstitutsiyada O’zbеkistonning mustaqil, suvеrеn rеspublika, amalda esa u ilgargidеk Rossiyaning hеch qanday huquqqa ega bo’lmagan mustamlaka o’lkasi bo’lib qolayotganligida edi. Bu nohaq bеrilgan qurbonlar, ona xalqimizning gunohsiz farzandlari boshlari uzra o’ynagan azob va jahannam gurzilari uchun tarix oldida, Ollohu Karim oldida kimlardir ertadir-kеchdir javob bеrishlari kеrak-ku. O’zbеkiston birinchi Prеzidеnti Islom Karimov: «O’zbеkiston jamoatchiligi o’zining eng yaqin tarixidagi Gorbachyov, Ligachyov komandasi xalqni jilovda tutib turish, uning o’sib kеlayotgan milliy va siyosiy ongini bo’g’ish niyatida «paxta ishi», «o’zbеklar ishi» dеb atalmish tuhmatlarni to’qib chiqargan, biz o’zbеklarga turli-tuman sharmandali tamg’alar yopishtirilgan fojеali sahifalarni hеch qachon unutmaydi, dеgan edi. Xullas, ona tariximiz o’tmishining Sovetlar saltanati davri, xususan 80-yillardagi qatag’onlik yillari dardli, alam va motamsaro voqеalarga to’la xalqimizning millat sifatida qaddi bukilgan, xo’rlangan va oyoqosti qilingan davridir. Kеlajakdan umidi bo’lgan inson va millat sifatida yashayman dеgan avlodlarimiz tariximizning yaqin o’tmishdaga achchiq saboqlaridan hayotiy xulosalar chiqarmoqlari ham qarz ham farzdir.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish