Plastik surkov moylarining asosiy xossalari.
Amaliy mashg`ulot.№10
Mavzu.
Plastik surkov moylarning qo`llanilishi.
I.Ishdan maqsad:
Plastik surkov moylarning qo`llanilish soxasini o`rganish.
II. Umumiy malumotlar:
Harorat o‘zgarishiga bardosh beruvchi ko‘rsatkich (tomchilab tushish
harorati) qiymatiga ko‘ra surkov moylar: qiyin suyuqlanadigan (Litol-24, YaNZ-2,
Smazka №158, SIATIM-201 va boshqalar); O‘rtacha suyuqlanadigan (Solidollar
va grafitli surkov moyi), oson suyuqlanadigan (ximoya surkov moylari) xillariga
bo‘linadi. Surkov moylarining suvga bo‘lgan munosabati xar xil bo‘lib, masalan,
suvda erimaydigan litiyli (Litol-24) va kalsiyli sovunlar (Solidollarning barcha
markalari) asosida tayyorlangan surkov moylari nam ta’siriga chidamlidir.
Uglevodorodli quyuqlashtirgichlar asosida tayyorlangan ximoya surkov moylari
suvda mutlaqo erimaydi. Kalsiy- natriyli sovunlar asosida tayyorlangan
antifriksion surkov moylari, masalan, YaNZ-2 moyi, namga chidamasligi bilan
ajralib turadi.
Ishlatilish sharoitiga (vazifasiga ) qarab Surkov moylari uch turga bo‘linadi:
1. Antifriksion surkov moylari - ishqalanishni kamaytirish va yedirilishni oldini
olish uchun ishlatiladi.
2. Konservatsion surkov moylari - metallarni korroziyadan saqlash uchun(himoya
moylari) mashina va mexanizmlarni saqlash va ishlatish vaqtida korroziyadan
saqlash uchun ishlatiladi.
3.
Germetiklash
uchun
ishlatiladigan
-
zichlov
surkov
moylari.
Antifriksion surkov moylari
tarkibidagi quyultiruvchi sovun turiga qarab quyidagi
guruhlarga bo‘linadi va quyultirgich - sovun tarkibiga kiradigan metallning
dastlabki 2 ta xarfi bilan belgilanadi.: 1. Kalsiyli surkov moylari (Ka) . Bularga
asosan, solidollar kiradi. Bu moylar arzon va ishlatish tasniflari qoniqarli bo‘lgani
uchun mamlakatimizda keng tarqalgan. Solidoldan ishqalanuvchi qismlarni
moylashda ham, himoya moyi sifatida ham foydalanish mumkin. Solidollar sun’iy
va yog‘li bo‘lishi mumkin. Yog‘li solidollar uzoq saqlaganda qotib qolmasligi
uchun ko‘proq ishlatiladi. Sun’iy va yog‘li solidollarni tashqi ko‘rinishiga qarab
ajratish qiyin. Ular och jigar rangdan to‘q jigar ranggacha bo‘ladi. Ularning
ekspluatatsion xossalari taxminan bir xil bo‘lib, bir-birini o‘rnida ishlatilishi
mumkin.
Solidollar 2 xil ko‘rinishda ishlab chiqariladi: oddiy solidol va press solidollar.
Presssolidollar yumshoqroq bo‘lib, past haroratda moydonga(moy solinadigan
idishga) to‘ldirish oson bo‘ladi. Solidollarning suvga chidamliligi va kolloid
barqarorligi yaxshi, lekin ular 80 C gacha ishlatilganda qizib - parchalanib ketadi
va tiklanmaydi. Bunday solidollar g‘ildirak gupchagida, suv nasosining
podshipnigida, o‘t oldirish taqsimlagichida ishlatilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: