O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

7. 

Taqsimlash 

vazifasi.

 

Narx 



vositasida 

daromadlar, 

mahsulotlar  va  iqtisodiy  resurslar  mulkdorlar,  tarmoqlar,  sohalar 

hamda hududlar o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. 

 

2. Raqobatning turli ko‘rinishlari sharoitida narxning 

shakllanish xususiyatlari 

 

Narxning  shakllanishiga  bozorning  holati  bevosita  ta’sir 



ko‘rsatadi, Chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif 

nisbati  asosiy  omillardan  biri  hisoblanadi.  Shunga  ko‘ra,  talab  va 

taklif  miqdoriga  ta’sir 

ko‘rsata  olish  imko-

niyatiga  ko‘ra  bozor-

dagi  raqobatning  turli  

ko‘rinishlari  farqlanadi. 

Erkin  raqobat  sharoi-

tida  ishlab  chiqaruvchi 

(yoki  sotuvchi)  hamda 

iste’molchi  (yoki  xari-

dor)larning  soni  juda 

ko‘p  bo‘lib,  ularning  ishlab  chiqarish  hajmini  o‘zgartirish  orqali 

narx shakllanishiga ta’siri umuman sezilmaydi. 

 Raqobat  cheklangan  sharoitida  esa  ishlab  chiqaruvchilar 

(sotuvchilar)  yoki  iste’molchilar  (xaridorlar)dan  birining  soni 

cheklangan bo‘lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va 

pirovardida,  bozordagi  narxning  shakllanishiga  ta’sir  ko‘rsatish 

imkonini  beradi.  Bunday  raqobat  turli  darajalardagi  narxlarning 

shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. 

Shu  sababli,  biz  quyida  sof  raqobat,  sof  monopoliya, 

oligopoliya  va  monopsoniya  sharoitida  narxlarning  shakllanish 

xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.    



184 

Erkin  yoki  sof 

raqobat  sharoitida 

narxning 

shakl-

lanishi. 



Erkin 

raqobat 


kurashi 

sharoitida  narxning 

tashkil 

topish 


xususiyatlarini 

tadqiq 


etgan 

dastlabki 

iqtisodchilardan 

biri 


A.Marshall 

hisoblanadi.  Uning  fikricha,  tovarning  oldi-sotdi  jarayoniga  qadar 

ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo‘ladi. Nazariy 

jihatdan  har  ikki  narxning  yuqori  va  quyi  darajalari  mavjud.  So-

tuvchi  o‘z  tovari  narxining  imkon  qadar  yuqori  bo‘lishidan 

manfaatdor,  chunki  bunday  narx  uning  foydasi  hajmini  oshiradi. 

Biroq erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan yuqori darajada 

belgilashga  intilish  mazkur  sotuvchining  bozordan  siqib  chi-

qarilishiga  olib  kelishi  mumkin.  Sotuvchi  narxining  eng  past 

darajasi  shu  tovarni  ishlab  chiqarish  uchun  ketgan  xarajatlarni 

qoplashi  kerak.  Xaridor  tovarni  eng  past  narxda  sotib  olishdan 

manfaatdor, biroq erkin raqobatli  bozor sharoitida uning ham tovar 

sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo‘ladi. Xaridor narxining yuqori 

darajasi  esa,  Marshall  ta’biricha,  so‘nggi  qo‘shilgan  miqdor 

nafliligiga teng bo‘lishi kerak.  

Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi 

kurash har ikki narxning mosligi ta’minlanguncha, ya’ni bozor narxi 

paydo  bo‘lguncha  davom  etadi.  Shunday  qilib,  sotuvchining  narxi 

tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa 

so‘nggi  qo‘shilgan  miqdor  nafliligi  maydonga  chiqib,  ularning 

nisbati  asosida  bozor  narxi  paydo  bo‘ladi.  Bu  holatni  Marshall 

shunday  ifodalaydi:  «ishlab  chiqarish  xarajatlari»  prinsipi  hamda 

«so‘nggi  qo‘shilgan  naflilik»  prinsipi,  shubhasiz,  yagona  talab  va 

taklif  umumiy  qonunining  tarkibiy  qismi  hisoblanib,  ulardan  har 

birini qaychining bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash mumkin»

53

.  



                                                           

53

 Маршалл А. Принципы экономической науки. В 3 т. М., 1993. Т.III. С.282.  




185 

Erkin  raqobatli  bozor  sharoitida  narxning  shakllanishiga  talab 

va taklif ta’sir ko‘rsatadi, A.Marshall ta’kidlaganidek, uning asosida 

ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari yotadi. 

Talab  va  taklifning  muvozanati  erkin  raqobat  bozoridagi  narx-

ning shakllanishiga muvofiq keladi (1-rasm).  




Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish