O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning shakllanish



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

4. Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning shakllanish 

xususiyatlari 

 

Resurslar  bozorida  talab  va  taklifning  qaror  topishini  o‘rganish 



shuning uchun muhimki, aynan shu bozorda, aholi pul daromadlari 

shakllanadi.  O‘z  tasarrufidagi  mavjud  resurslarni  taqdim  qilib,  uy 

xo‘jaliklari,  ish  haqi,  foyda,  foiz  va  renta  shaklidagi  daromadni 

oladi. 


Iqtisodiy  resurslar  bozori  –  bu  eng  avvalo,  mazkur  omillar 

xizmati  bozoridir.  Ularning  sotib  olinishi  ko‘rsatishi  mumkin 

bo‘lgan  xizmatlarining  xarid  qilinishini  anglatadi.  O‘z-o‘zidan 

aniqki,  iqtisodiy  resurslarning  bir  qismi  (yer,  kapital)  haqiqiy 

ma’noda  sotib  olinib,  o‘z  aktivlariga  aylantirilishi  mumkin, 

boshqalari  (ishchi  kuchi,  tadbirkorlik  layoqati)  ularning  xizmatidan 

foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun xarid qilinadi. 

Iqtisodiy  resurslar  bozorida  talab  va  taklifning  shakllanishi 

tovarlar bozoriga taqqoslanganda o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. 

Birinchidan,  resurslarga  talab  hosila  talab  hisoblanadi,  ya’ni 

ularga 

bo‘lgan 


talabni 

mazkur 


resurs 

yordamida 

ishlab 

chiqariladigan  tovar  yoki  xizmatga  bo‘lgan  talab  belgilab  beradi. 

Ehtiyojni  qondirish  uchun  qaysi  tovar,  xizmat  ko‘p  miqdorda  talab 



177 

qilinsa,  uni  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  bo‘lgan  resurs  turiga  ham 

talab shunchalik katta bo‘ladi. 

Ikkinchidan,  iqtisodiy  resurslarga  talab  ularning  unumdorligiga 

bog‘liq  bo‘ladi.  Resurslar  unumdorligi  o‘sib  borishi  bilan  ularga 

bo‘lgan talab ham ortib boradi va aksincha. 

Uchinchidan,  resurslarga  talab  ular  yordamida  ishlab  chiqa-

riladigan  tovarlar  narxiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Agar  tovar  narxi  o‘ssa, 

resurslarga talab ham ortadi va aksincha. 

To‘rtinchidan,  resurslarga  bo‘lgan  talab  birgalikda  foyda-

laniladigan boshqa resurslar narxi va unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. 

Birgalikda  foydalaniladigan  resurs  narxi  esa,  uning  o‘rnini  bosish 

darajasi va mahsulot chiqarish hajmi ta’siriga bog‘liqlikda o‘zgarib 

turadi. 


Iqtisodiy  resurslar  taklifi  ularning  xususiyatidan  kelib  chiqib 

shakllanadi. 

Birinchidan,  barcha  iqtisodiy  resurslarga  xos  bo‘lgan  umumiy 

xususiyat, ularning ehtiyojlarga nisbatan cheklanganligi hisoblanadi. 

Shu  sababli,  iqtisodiy  resurslar  taklifini  ularga  talab  o‘sishiga  mos 

ravishda ko‘paytirib borish mumkin bo‘lmaydi. 

Ikkinchidan,  har  xil  iqtisodiy  resurslar  bir  xil  bo‘lmagan 

harakatchanlikka,  uning  oqibatida  taklifi  turlicha  egiluvchanlikka 

ega  bo‘ladi.  Agar  iqtisodiy  resurslar  harakatchan  bo‘lsa,  nisbatan 

kuchsiz  rag‘batlar  ta’sirida  bir  sohadan  boshqasiga  osonlik  bilan 

almashadi,  bunday  resursning  taklifi  ham  egiluvchan,  ya’ni  unga 

narxning  sezilarsiz  oshishi  natijasida  faoliyatning  mazkur  sohasiga 

boshqa sohalardan yetarlicha miqdordagi resurslar jalb qilinadi.  

Uchinchidan,  resurslarning  harakatchanligi  vaqt  bo‘yicha  ortib 

boradi.  Vaqt  o‘tishi  bilan  resurslarning  umumiy  miqdori  ham 

nisbatan ortadi. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish