O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


-chizma.Talabning narxdan tashqari omillar ta’sirida



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

8.2-chizma.Talabning narxdan tashqari omillar ta’sirida 

o‘zgaruvchanligi

41

 

Talab  miqdoriga  narxdan  tashqari  ta’sir  qiluvchi  omillar.

 

Talab  hajmining  o‘zgarishi  faqat  tovar  narxiga  emas,  balki  boshqa 



bir  qator  omillarga  ham  bog‘liq  bo‘ladi.  Bu  omillar  talabning 

narxdan tashqari omillari deyiladi. 

Talabga narxdan tashqari quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 

1)  Iste’molchining  didi;  2)  Bozordagi  iste’molchilar  soni;  3) 

Iste’molchining  daromadlari;  4)  Bir-biriga  bog‘liq  tovarlarning 

narxi; 5) Кelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi kutilishi. 

Bu  omillarning  o‘zgarishi  talab  hajmining  o‘zgarishiga  qanday 

ta’sir ko‘rsatishini qarab chiqamiz. 

Biror  mahsulotga  nisbatan  iste’molchi  didida  ijobiy  o‘zgarish 

ro‘y  bersa,  narxning  tegishli  darajasida  unga  bo‘lgan  talab  ortadi. 

Iste’molchi  didiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadigan  holatlar  talabning 

qisqarishiga olib keladi.  

O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni ko‘paysa, talab 

ortadi,  ularning  soni  kamaysa,  talab  qisqaradi.  Masalan,  aloqa 

                                                           

41

  McConnell,  Brue.  Economics:  principles,  problems  and  policies.  20th  edition.  America,  New  York: 



McGraw-Hill, 2014. page 48. 


165 

vositalarining  takomillashuvi  xalqaro  moliyaviy  bozor  doirasini 

mislsiz  kengaytiradi  hamda  aksiya  va  obligatsiya  kabi  moliyaviy 

aktivlarga  bo‘lgan  talabning  o‘sishiga  olib  keladi.  Tug‘ilish 

darajasining  pasayishi  bolalar  bog‘chasi  va  maktabga  bo‘lgan 

talabni kamaytiradi. 

Pul  daromadi  o‘zgarishining  talab  hajmiga  ta’siri  boshqa 

omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda 

ko‘p  tovarlarga  talabni  nisbatan  oshiradi,  daromadning  kamayishi 

esa  bunday  tovarlarga  talabni  kamaytiradi.  Daromad  oshsa,  uning 

o‘sishiga qarab iste’molchilar narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq sifatli 

tovarlarni  xarid  qiladi,  bunda  ular  kamroq  non,  kartoshka,  karam 

sotib  olishi  mumkin.  Ortiqcha  daromad  unga  ancha  yuqori  oqsil 

tarkibiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari masalan, go‘sht va sut 

mahsulotlari  xarid  qilish  imkonini  beradi.  Daromadning  o‘zgarishi 

bilan  talab  to‘g‘ri  mutanosiblikda  o‘zgaradigan  tovarlar  oliy  toifali 

tovarlar deyiladi.  

 Daromadlar  kamayganda  talab  oshadigan  tovarlar  past  toifali 

tovarlar deyiladi (masalan, kartoshka).  

O‘zaro  bog‘liq  tovarlarga  talabning  ortishi  yoki  kamayishi, 

ularning  bir-birining  o‘rnini  bosish  darajasi  bilan  belgilanadi.  Shu 

sababli,  sariyog‘  narxi  oshsa,  bu  margaringa  bo‘lgan  talabning 

ortishiga  olib  keladi.  Agar  sariyog‘  narxi  tushsa  bu  margaringa 

bo‘lgan  talabni  kamaytiradi.  Demak,  agar  ikki  tovar  o‘rnini 

bosuvchi  tovarlar  hisoblansa,  ulardan  birining  narxi  bilan 

boshqasiga  bo‘lgan  talab  hajmi  o‘rtasida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

bog‘liqlik  mavjud  bo‘ladi.  Ikkita  tovar  bir-birini  to‘ldiruvchi 

hisoblansa,  ularga  bir  vaqtda  talab  paydo  bo‘ladi.  Masalan,  agar 

benzin narxi pasaysa, bu motor yog‘iga bo‘lgan talabni qisqartiradi. 

Shunday qilib, benzin va motor yog‘iga talab o‘zaro bog‘liq bo‘lib, 

ular  bir-birining  narxi  va  boshqasiga  bo‘lgan  talab  hajmi  o‘rtasida 

teskari bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. 

Кelgusida iste’molchi daromadlari va tovar narxi o‘zgarishining 

kutilishi, tovarlarning mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar 

talab  hajmini  o‘zgartirishi  mumkin.  Кelgusida  narxning  nisbatan 

oshishining  kutilishi,  iste’molchi  joriy  talabning  oshishiga  olib 

keladi. 

Aksincha, 

narxning 

pasayishi 

va 

daromadning 




166 

ko‘payishining  kutilishi  tovarlarga  bo‘lgan  joriy  talab  hajmining 

qisqarishiga sabab bo‘ladi. 

Iste’molchi  xohish-istaklari.  Iste’molchi  xohish-istaklaridagi 

o‘zgarishlar  talabni  o‘zgartirishi  mumkin.  Кelajakda  narxlarni 

ko‘tarilishini  ehtimolligi  iste’molchilarni  hozirning  o‘zida  sotib 

olishga  undaydi,  bu  holat  hozirgi  talab  darajasini  oshirib  yuboradi. 

Ayni  shu  holat  tez  sur’atda  faoliyat  ko‘rsatadigan  ko‘chmas  mulk 

bozorlarida bo‘lib o‘tadi. Xaridorlar yangi uy-joylarni narxlari oshib 

ketishi  mumkinligidan  xavotirga  tushib  qolishadi.  Ba’zi  xaridorlar 

agar  o‘zlari  xohlagan  uylarni  sotib  olmasalar,  “modadan  orqada 

qolish”dan qo‘rqishadi. Boshqa xaridorlar bu uylarni keyinroq sotib 

yuborishni rejalashtiradilar

42



 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish