O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

3. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari 

va obyektiv asoslari. Qiyosiy ustunlik nazariyasi 

 

Xalqaro  iqtisodiy  integratsiya  –  bu  mamlakatlarning  chuqur, 



o‘zaro aloqalarining barqaror rivojlanishi va milliy xo‘jaliklar o‘rta-

sidagi  mehnat  taqsimoti  asosida  ular  xo‘jalik-siyosiy  aloqalarining 

birlashish jarayonlaridir. 

 Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo‘jaligi rivojining tarixiy 

jihatdan  uzoq  davr  davom  etgan  natijasi  hisoblansa-da,  Respublika 



606 

Birinchi Prezidenti I.Кarimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi kunda 

ham  mamlakatlarning  Jahon  iqtisodiyotiga  integratsiyalashuv  jara-

yonida  hal  etilmagan  ko‘pdan-ko‘p  muammolar  mavjudki,  bizning 

Respublikamiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valuta siyosatini yanada 

erkinlashtirishdan iborat

146



Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar: 



‒ erkin savdo zonalari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy 

shakli bo‘lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi 

savdo  cheklashlari  bekor  qilinadi.  Bunga  Yevropa  erkin  savdo 

uyushmasi  va  MDH  mamlakatlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  bitimlar  misol 

bo‘la oladi; 

O‘zbekistonda  ham  erkin  savdo  zonalarini  tashkil  qilishda 

“ma’lumki  ijtimoiy  sohada  aholi  salomatligi,  onalik  va  bolalikni 

muhofaza qilish, dori vositalari bilan ishonchli ta’minlash, jismoniy 

baquvvat  va  ma’naviy  jihatdan  sog‘lom  avlodni  kamol  toptirish 

masalalariga  alohida  ustuvor  ahamiyat  berish”

147

ga  ustuvor 



yo‘nalish sifatida qaraladi; 

‒  boj  ittifoqi.  Iqtisodiy  integratsiyaning  bu  shakli  erkin  savdo 

zonalarining  faoliyat  qilishi  bilan  birga  yagona  tashqi  savdo 

ta’riflari o‘rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi 

savdo 

siyosati 



yuritishni 

taqozo 


qiladi. 

Yevropa 


Ittifoqi  (EI)  boj  ittifoqiga 

yorqin misoldir;  

                                                           

146


 Каримов И.А. Ислоҳотлар ва инвестициялар бўйича идоралараро мувофиқлаштирувчи кенгаш 

йиғилишидаги маърузаси. «Халқ сўзи», 2000-йил. 2-феврал. 

147

  Mirziyoyev  Sh.M.  Tanqidiy  tahlil  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  -  har  bir  rahbar 



faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -T.: «O‘zbekiston», 2017, 14-yanvar.18-bet. 

 

 




607 

‒  to‘lov  ittifoqi.  Bu  milliy  valutalarning  o‘zaro  erkin 

almashuvini  va  hisob-kitobda  yagona  pul  birligining  amal  qilishini 

ta’minlaydi. Yevropa hamjamiyati, Janubiy-Sharqiy Osiyo va MDH 

mamlakatlari uchun to‘lov ittifoqi pirovard maqsaddir; 

‒ umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab 

shakli  bo‘lib,  uning  qatnashchilariga  erkin  o‘zaro  savdo  va  yagona 

tashqi  savdo  ta’rifi  bilan  birga 

kapital va ishchi kuchining erkin 

harakati 

hamda 

o‘zaro 


kelishilgan 

iqtisodiy 

siyosat 

ta’minlanadi.  Bunga  Yevropa 

iqtisodiy  ittifoqi  yoki  Yevropa 

umumiy  bozorini  misol  qilib 

keltirish 

mumkin. 


Uning 

doirasida  barcha  boj  to‘lovlari  va  import  me’yor  (kvota)lari  bekor 

qilinadi,  boshqa  mamlakatlardan  Yevropa  bozoriga  tovarlar  kirishi 

bir  xil  tartibga  solinadi,  pul  mablag‘lari  va  ishchi  kuchining 

chegaradan erkin o‘tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni 

hal etishda yagona siyosat o‘tkaziladi; 

‒  iqtisodiy  va  valuta  ittifoqi  davlatlararo  iqtisodiy  integrat-

siyaning 

eng 

oliy 


shakli 

hisoblanadi. 

Bunda 

iqtisodiy 



integratsiyaning  barcha  qarab  chiqilgan  shakllari  umumiy  iqtisodiy 

va valuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi. 

Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini obyektiv xaraktyerdagi 

bir qator omillar taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy 

o‘rinni egallaydi: 

‒ xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi; 

‒ xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; 

‒ umum jahon fan-texnika revolutsiyasi; 

‒ milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi. 

 Qiyosiy  ustunlik  nazariyasi.  Iqtisodiy  rivojlanishning  milliy 

andozasidan  jahon  xo‘jaligiga  o‘tish  va  xalqaro  iqtisodiy  integrat-

siyaning  rivojlanishi  hamda  alohida  olingan  mamlakatlarning  xal-

qaro  iqtisodiy  munosabatlarda  qatnashishi  asosida  nima  yotadi?  – 

degan savol tug‘iladi. Bu savolga javob topishga iqtisod fani ancha 

oldindan  qiziqib  kelgan.  Jumladan,  A.Smit  xalqaro  mehnat 

taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday tovarlarni eksport qilish va 




608 

qaysilarini  import  qilish  qulayligi  to‘g‘risidagi  o‘z  qarashlarini 

bayon  qilish  asosida  «mutlaq  ustunlik»  nazariyasini  ilgari  surgan. 

D.Rikardo o‘zaro foydali savdo va xalqaro ixtisoslashuvning ancha 

umumiy  prinsiplarini  shakllantirib,  «qiyosiy  ustunlik»  nazariyasini 

ishlab chiqqan. U nafaqat milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi, balki milliy 

xo‘jalik  ichidagi  mintaqalar,  korxonalar  o‘rtasidagi  har  qanday 

mehnat taqsimotining ustunliklarini asoslab beradi. 

Rikardoning xalqaro ixtisoslashuv ustunliklari haqidagi xulosa-

lari 


mamlakatlar 

o‘rtasida  xalqaro  savdo  munosabatlari 

o‘rnatilganda  ayriboshlash  qanday  nisbatlar  asosida  ro‘y  beradi?- 

degan  savolga  javob  topishda  boshlang‘ich  nuqta  bo‘ladi.  Dj. Mill 

ishlab 

chiqarish 

xarajatlarining 

turli 


nisbatlari 

o‘rtasida 

o‘rnatiladigan  almashuv  mutanosibligi  tovarning  har  biriga  jahon 

taklifi va talabi hajmiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.  

Iqtisodiy  nazariyada  xalqaro  ixtisoslashuvning  ustunliklarini 

asoslash  Rikardoning  klassik  sxemasi  bilan  cheklanmagan.  XX 

asrda 

xalqaro 


ixtisoslashuvning 

qonuniyatlarini 

ko‘plab 

iqtisodchilar: 

jumladan, 

S. Xeksher, 

B. Olin, 

Dj. Кeynos, 

V. Leontev  va  boshqalar  tadqiq  qilgan.  Xalqaro  ixtisoslashuvning 

qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish qiyosiy xarajatlar tahlili 

asosida  ko‘p  omilli  andoza  tuzishga  olib  keldiki,  unda  tovarlar 

harakati  bilan  birga  ishlab  chiqarish  omillarining  davlatlararo  erkin 

harakati  imkoniyatlari  hisobga  olindi.  O‘tkazilgan  tadqiqotlarda 

nafaqat tarmoqlararo, balki tarmoqlar ichida va mintaqa o‘rtasidagi 

ixtisoslashuvning  qonuniyatlari,  mamlakatning  material,  kapital, 

mehnat  va  fan  sig‘imli  tovarlarga  ixtisoslashuv  sabablari  ochib 

berildi. Ixtisoslashuvga fan va texnika taraqqiyoti hamda texnologik 

o‘zgarishlar sur’ati va xarakteri ta’sirining xususiyatlari aniqlanadi. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish