O‘zbekistonda aholi daromadlarining tarkibi (2016y.,foizda)
27.1-jadval
Umumiy daromadlar – jami
100,0
Shu jumladan:
I.Birlamchi daromadlar
79,7
1.1). Ishlab chiqarishdan olingan daromadlar
75,7
a).
Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar
73,3
-
yollanma ishchilarning ish haqi
38,9
-
mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan
daromadlar
34,4
b).
Shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan
xizmatlardan olingan daromadlar
2,4
1.2). Mol-mulkdan olingan daromadlar
4,0
II.Transfertlardan daromadlar
20,3
1.1). Umumiy daromadlarda, kichik tadbirkorlikdan
olingan daromadlar ulushi
55,2
Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi bilan
uning tarkibi o‘zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan
daromad barqaror o‘sib borayotgani alohida e’tiborga molikdir.
2016-yilda ushbu ko‘rsatkich ulushi 55,2 foizni tashkil qilgan,
boshqacha aytganda aholi daromadlarining yarmidan ko‘pi, birinchi
navbatda, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan
shakllangan
134
.
134
O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi. T. 2016-y. 55-bet.
567
O‘zbekistonda yaqin istiqbolda ham aholining real daro-
madlarini bosqichma-bosqich oshirib borish ko‘zda tutiladi. Bu
quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish;
kam ta’minlangan oilalarni va aholining daromadlari bo‘yicha
farqlanishi darajasini yanada qisqartirish;
budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya
va ijtimoiy nafaqalarning hajmini inflatsiya sur’atlariga nisbatan
jadal miqdorda bosqichma-bosqich oshirish.
Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari
bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga
pensiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali oladigan pul daromadlari
quyidagilardan iborat: sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar; shaxsiy uy
qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; qo‘yil-
malar bo‘yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining ko‘payishidan
olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; lotereya bo‘yicha
yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan
vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar
va h.k.
Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligi-
ning muhim ko‘rsatkichi hisoblanishi bilan birga alohida shaxs-
larning dam olishi, bilim olishi, sog‘lig‘ini saqlashi, eng zarur
ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilab beradi.
Tabiyki, ish haqi va aholi real daromadlarining ahamiyatli dara-
jada o‘sishi milliy iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda rivojlanishi
bilan bir qatorda tashqi savdo va eksport sohasidagi faoliyatning
samaradorligiga ham bog‘liq.
O‘zbekistonda aholining
pul daromadlari tarkibida ijti-
moiy transfert daromadlari
2016-yilda 20,3% ni tashkil
qiladi. MDH mamlakatlari
ichida faqatgina Belorussiyada
bu ko‘rsatkich nisbatan yuqori
(18,8%), boshqa MDH davlat-
larida esa u 8% dan oshmaydi.
568
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi
uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan
ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan
qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin.
Shu sababli, aholi turmush darajasi va sifatini baholashda aholi
jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad bilan bir qatorda, ular hayot
darajasini belgilaydigan bir qator muhim ko‘rsatkichlar hisobga
olinadi. Bular quyidagilar:
yashash sharoitlari va standartlari;
qulay va zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlanganligi;
kishilar
yashash
muhiti
rivojlanganligi
va
obodon-
lashtirilganligi;
zaruriy infratuzilma mavjudligi va uning samarasi;
aholining sifatli iste’mol tovarlari, xususan mamlakatda ishlab
chiqarilgan tovarlar bilan ta’minlanganligi;
zamonaviy ta’lim hamda sog‘liqni saqlash tizimidan bahramand
bo‘lishi.
O‘zbekistonda hozirgi paytda barcha oilalarning 97 foizi o‘z
uyiga ega, aholining 90 foizi uzoq muddat foydalaniladigan barcha
asosiy tovarlar bilan ta’minlangan, har uch oiladan biri shaxsiy
yengil avtomobilga ega, aholi iste’mol mahsulotlari bilan yetarli
darajada ta’minlab kelinadi
135
.
Кishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining
alohida olgan va oilaviy daromadlari
darajasiga bog‘liq. Turmush darajasini
mamlakat darajasida butun aholi uchun
va
tabaqalashgan
mikro
darajada
aholining alohida guruhi uchun qarab
chiqish mumkin. Birinchi yondashuv
turli mamlakatlarda aholining turmush
darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan
yalpi
ichki
mahsulot
ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlab, qiyosiy
tahlil qilish imkonini beradi.
135
Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan
davom ettirish. T.: O‘zbekiston, 2013. 31, 33 betlar.
569
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini
taqqoslash, iste’molchilik budjeti asosida amalga oshiriladi. Qator
iste’molchilik budjetlari mavjud bo‘lib, ulardan o‘rtacha oila uchun,
yuqori darajada mo‘l-ko‘l budjet, minimal moddiy ta’minlanganlar
budjeti, nafaqaxo‘rlar va aholining boshqa ijtimoiy guruhlari budjeti
shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday
darajasi bilan belgilash mumkinki, undan keyin ishchi kuchini
takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’min-
langanlik minimumi yoki kun kechirish darajasi, ya’ni qashshoqlik-
ning boshlanishi sifatida chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf»
deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday
guruh iste’molchilik savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli,
zamonaviy uy jihozlar, sayr qilish va bolalarni o‘qitish imkoniyati,
qimmatli qog‘ozlar va zebu-ziynatlar kiradi.
O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, hozirgi paytda mamlakatimiz
aholisining 50 foiziga yaqini o‘zini o‘rta toifaga mansub deb biladi.
Holbuki, 2000 yilda atigi 24 foiz aholi
o‘zini shu toifaga mansub deb
hisoblagan
136
.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori
ta’minlangan
yoki “boy” qatlami
mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga
aholining yuqori sifatli tovarlar xarid
qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz
qatlami kiradi. AQSHda aholi bu
qismining shaxsiy imkoniyati 8 -10 mln. dollar deb baholanadi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati,
aholi turmush darajasi va hayot sifatini oshirish bo‘yicha erishilgan
yutuqlar yetakchi xalqaro tashkilot hamda ekspertlar tomonidan
xolisona baholangan. 2012-yilda Buyuk Britaniyaning xalqaro
miqyosda tan olingan Legatum instituti o‘zining farovonlik va
136
Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan
davom ettirish. T.: O‘zbekiston, 2013. 33 bet.
570
rivojlanish indeksida O‘zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida 64
o‘ringa kiritgani e’tiborga loyiqdir.
O‘zbekiston ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr ko‘rish davo-
miyligi, oilalarning tinchligi va osoyishtaligi, ishsizlik darajasining
pastligi, ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish darajasi bo‘yicha ham
jahon hamjamiyatida havas qilarli o‘rinni egallab turibdi
137
.
Do'stlaringiz bilan baham: |