O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Pul bozori. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

2. Pul bozori. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi 

 

Pul  bozori  ‒  moliyaviy  bozorning  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  unda 



pul  va  unga  tenglashtirilgan  moliyaviy  aktivlar  harakati  ularga 

bo‘lgan talab va taklif ta’sirida uyg‘unlashtiriladi. 

Pul bozori turlari: 

 Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) bozori. 

 Кredit resurslari bozori. 

 Banklararo depozitlar bozori. 

Milliy  iqtisodiyotda  davlatning,  tijorat  banklari  va  boshqa 

moliyaviy  muassasalarning  majburiyatlari  pul  sifatida  foydalanadi. 

Pul  operatsiyalarining  asosiy  ko‘pchilik  qismi  naqd  pulsiz,  cheklar 

va  unga  tenglashtirilgan  moliyaviy  aktivlar  yordamida  amalga 

oshiriladi. Shu sababli, muomalada bo‘lgan pul miqdorini hisoblash 

uchun M1 ...Mn pul agregatlari yoki tarkibiy  qismi tushunchasidan 

foydalaniladi.  



504 

Bizning  respublikamizda  umumiy  pul  miqdori  quyidagi 

(tarkib)lar asosida hisoblanadi:  

Mo ‒ naqd pullar;  

M1=Mo+  tegishli  hisob  varaqalaridagi  pul  qoldiqlari,  mahalliy 

budjetlar mablag‘lari, budjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;  

M2 = M1 + banklardagi muddatli omonat(jamg‘arma)lar; 

M3 = M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom 

obligatsiyalari  +  davlat  zayom 

obligatsiyalari 

xazina 


majburiyatlari.  

Barcha  pul  agregatlari  yig‘in-

disi  yalpi  pul  massasi  yoki  yalpi 

pul taklifini tashkil qiladi. 

Pul  massasi  –  bu  naqd  va 

naqdsiz  shaklda  mavjud  bo‘lgan, 

belgilangan 

vazifalarni 

bajaruvchi 

barcha 


pul 

vositalari 

yig‘indisidir.  Yalpi  pul  taklifi  iqtisodiyotdagi  mavjud  barcha  pullar 

miqdori bilan aniqlanadi. 

Pul taklifi pul multiplikatori yordamida hisoblanadi. 

Pul  multiplikatori  –  bu  tijorat  banklar  tizimi  muomaladagi  pul 

massasini ko‘paytirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan ortiqcha 

ehtiyotlar  bir  qismi  va  yangi  qarz  (yoki  qimmatli  qog‘ozlarni  sotib 

olish)  taqdim  qilish  yo‘li  bilan  berilgan  muddatsiz  qo‘yilmalar 

summasidir.  U  bir  soni  (1)  ning  ehtiyotlar,  majburiy  normasiga 

bo‘lingan  miqdoriga  teng.  Mazkur  ko‘rsatkich  pul  asosi  o‘zgargan 

holda pul massasi hajmi qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi. 

 bunda, 


m – pul multiplikatori; 

  D – pulning joriy hisobda eng yuqori darajada ko‘payishi; 

  R – ehtiyotlar normasi; 

  E – ortiqcha ehtiyotlar. 



m

E

D

m





R

A

E

-




505 

Pul 


tarkibiy 

qismlari 

nuqtayi 

nazaridan naqd pullar – 

metall 

va 


qog‘oz 

pullardan 

iborat 

bo‘ladi.  Naqd  pullar 

bozor 

iqtisodiyotida 



rivojlanayotgan 

mamlakatlarda 

umumiy  pul  massa-

sining  5-7  foizini,  bo-

zor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik  davlatlarida 30–

35% ni tashkil qilgan.  

Monetaristik  yondashuvga  ko‘ra  Fisher  tenglamasida  Transak-

sion deb nomlanadigan pulga talab hisobga olinadi. Bu talab pulning 

muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi. Pulga Transaksion talab 

– tovar va xizmatlarni sotib olishga xizmat qilishi sababli, u bitimlar 

uchun pulga talab ham deyiladi. 

  Shunday ekan, pulga talab – bu bitimlar uchun (Pt) va aktivlar 

tomonidan pulga talab (Pa) ni o‘z ichiga oladi. 

Aholi  o‘zlarining  hisoblariga  navbatdagi  pul  oqimi  kelib 

tushguncha,  kundalik  ehtiyojlari  uchun 

qo‘llarida  yetarlicha  pulga  ega  bo‘lishi 

zarur.  Кorxonalarga  ish  haqi  to‘lash, 

material,  yoqilg‘i  sotib  olish  va  shu 

kabilar  uchun  pul  kerak  bo‘ladi.  Shu 

barcha maqsadlar uchun zarur bo‘lgan pul 

bitim  uchun  pulga  talab  deyiladi.  Bitim 

uchun  zarur  bo‘lgan  pul  miqdori  nominal 

YaIM  hajmi  bilan  aniqlanadi,  ya’ni  u  nominal  YaIM  qiymatiga 

mutanosib  ravishda  o‘zgaradi.  Aholi  va  korxonalarga  ikki  holda 

bitim  uchun  ko‘proq  pul  talab  qilinadi:  narxlar  o‘sganda  va  ishlab 

chiqarish hajmi ko‘payganda. 

Кishilar  o‘zlarining  moliyaviy  aktivlarini  har  xil  shakllarda, 

masalan, korporatsiya aksiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari 

shaklida  ushlab  turishi  mumkin.  Demak,  aktivlar  tomonidan  pulga 

talab ham mavjud bo‘ladi.  




506 

Aktivlar  tomonidan  pulga  talab  foiz  stavkasiga  teskari 

mutanosiblikda o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq 

miqdordagi naqd pulga egalik qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz 

yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz va aktivlar shaklidagi 

pul miqdori ko‘payadi. Shunday qilib, pulga bo‘lgan umumiy talab, 

aktivlar  tomonidan  pulga  bo‘lgan  talab  va  bitim  uchun  pulga 

bo‘lgan talabning miqdori bilan aniqlanadi. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish