O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Iqtisodiy o‘sishning omillari



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

2. Iqtisodiy o‘sishning omillari 

 

Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartlilik asosida 



ikki 

guruhga 


ajratish 

mumkin. 


Birinchi 

guruh 


omillar 

iqtisodiyotning jismoniy o‘sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif 

omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar: 

1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 

2) mehnat resurslari miqdori va sifati; 

3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 

4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti. 

Respublikamizda  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  davrida  amalga 

oshirilayotgan  «tarkibiy  o‘zgarishlar  iqtisodiy  o‘sishning  hal 

qiluvchi omiliga aylanib bormoqda»

89



 Iqtisodiy  o‘sishga  taqsimlash  omillari  ham  ta’sir  qiladi.  Ishlab 



chiqarish  salohiyatidan  maqsadga  muvofiq  foydalanish  uchun 

nafaqat  resurslar  iqtisodiy  jarayonga  to‘liq  jalb  qilingan  bo‘lishi, 

balki  juda  samarali  ishlatilishi  ham  zarur.  Resurslarning  o‘sib 

boruvchi  hajmidan  samarali  foydalanishda  ularni  kerakli  mahsu-

lotning  mutlaq  miqdorini  oladigan  qilib  taqsimlash  ham  zarur 

bo‘ladi. 

                                                           

89

  Каримов  И.А.  Иқтисодиётни  эркинлаштириш  ва  ислоҳотларни  чуқурлаштириш  –  энг  муҳим 



вазифамиз. “Халқ сўзи” 2000-йил, 15-феврал.  

 



395 

Iqtisodiy  o‘sishga  ta’sir  ko‘rsatuvchi,  taklif  va  taqsimlash 

omillari o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar 

miqdorining  o‘sishi  va  sifatining  yaxshilanishi,  texnologiyani 

takomillashtirish  iqtisodiy  o‘sish  uchun  imkoniyat  yaratadi.  To‘liq 

bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o‘sishni ro‘yobga 

chiqaradi. 

Iqtisodiy 

o‘sishga 

talab 


omillari  ham  o‘z 

ta’sirini  ko‘rsatadi. 

Iste’mol 

tovarlari, 

xizmatlar 

yoki 


investitsion 

tovar-


larga 

talabning 

ortishi  ularni  ishlab 

chiqarishni  rag‘bat-

lantirib,  pirovardida 

iqtisodiy 

o‘sishga 

olib  keladi.  Shunday  ekan  talab  omillari  iqtisodiy  o‘sishga 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 

Iqtisodiy  o‘sishda  resurslarni  taqsimlash  va  talab  omillari  o‘z 

o‘rniga  ega  bo‘lsa-da,  bu  muammoni  tahlil  qilishda  asosiy  e’tibor 

taklif 


omillariga 

qaratilishi 

zarur. 

Shu 


sababli, 

mehnat 


unumdorligining  o‘sishiga  olib  keluvchi  taklif  omillarini  to‘laroq 

qarab chiqamiz. 

Fan-texnika  taraqqiyoti  mehnat  unumdorligi  va  iqtisodiy 

o‘sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti 

o‘z  ichiga  nafaqat  ishlab  chiqarishning  butunlay  yangi  usullarini, 

balki  boshqarish  va  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilishning  yangi 

shakllarini  ham  oladi.  Umuman  aytganda,  fan-texnika  taraqqiyoti 

deyilganda  provard  mahsulot  chiqarishni    ko‘paytirish  maqsadida 

mavjud  resurslarni  yangicha  uyg‘unlashtirishni  taqozo  qiluvchi 

yangi  usullarning  topilishi  ham  tushuniladi.  Amaliyotda  texnika 

taraqqiyoti  va  (investitsion)  sarflar  o‘zaro  bog‘liq,  texnika 

taraqqiyoti  ko‘pincha  yangi  mashina  va  uskunalarga  investitsiyalar 

qo‘yishga  olib  keladi.  Masalan,  atom  energiyasidan  foydalanish 

bo‘yicha  texnologiyani  qo‘llash  uchun  atom  elektrostansiyalarini 




396 

qurish zarur bo‘ladi. Birinchi qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va 

shiddatli  ro‘y  berish  xarakteriga  ega  bo‘ladi.  Gaz  va  yoqilg‘i 

dvigatellari,  konveyer  va  yig‘ma  liniyalar  bizning  hayotga 

o‘tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi. 

Mahsulotning  real  hajmi  ikki  asosiy  usulda  ko‘paytirilishi 

mumkin:  Resurslarning  ko‘proq  hajmini  jalb  etilishi  va  ulardan 

ancha unumli foydalanish yo‘li bilan. 

 

 

 



 

   


 

 

 



 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish