O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Iqtisodiy jamg‘arishning mohiyati



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

3. Iqtisodiy jamg‘arishning mohiyati, 

omillari va samaradorligi 

 

Jamg‘arish  investitsion  tavsifidagi 



tovarlarga  talab  darajasini  belgilab 

beradi.  Ayni  vaqtda  jamg‘arishning 

amalda 

namoyon 


bo‘lish 

shakli 


investitsiyalar  yoki  kapital  qo‘yilmalar 

hisoblanadi. 

Jamg‘arish  bu,  milliy  daromad  bir 

qismining  ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  ya’ni  asosiy  va  aylanma 




372 

kapitallarni,  shuningdek,  ehtiyot  zaxiralarini  ko‘paytirish  uchun 

sarflanish jarayonidir. 

Amalda  jamg‘arish  kapital  mablag‘lar  yoki  investitsion  sarflar 

shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni  hosil qilish, ishlab 

turganlarini  kengaytirish,  rekonstruksiyalash  va  yangilashga 

qilinadigan  xarajatlarni  ifodalaydi.  “Jamg‘arish”  va  “kapital 

mablag‘” yoki “investitsion sarflar” tushunchalari bir xil mazmunga 

ega  emas.  Bir  tomondan,  kapital  mablag‘  yoki  investitsiyalarning 

chegaralari jamg‘arish fondiga qaraganda kengroq, chunki renovat-

siyaga  (ya’ni  eskirgan  obyektlarni  batamom  almashtirishga) 

sarflanadigan  amortizatsiya  fondining  bir  qismi  ham  uning  manbai 

bo‘lib  xizmat  qiladi.  Ikkinchi  tomondan,  “jamg‘arish”  tushunchasi 

investitsion  sarflar  doirasidan  chiqib  ketadi,  chunki  u  faqat  asosiy 

kapitalning  emas,  balki  aylanma  kapitalning,  shuningdek,  ehtiyot 

zaxiralarining kengayishini ham anglatadi. 

Ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy sohalardagi jamg‘arish bir-

biridan  farqlanadi.  Jamg‘arilgan  mablag‘larning  iqtisodiyot  real 

sektori  asosiy  kapitallari  va  aylanma  mablag‘larini  kengaytirishga 

ketadigan  qismi  ishlab  chiqarish  sohasidagi  jamg‘arishni  hosil 

qiladi.  Ishlab  chiqarish  sohasidagi  jamg‘arish  iqtisodiy  o‘sishning 

muhim omilidir. 

Ijtimoiy  -  madaniy  sohadagi  jamg‘arish  (noishlab  chiqarish 

jamg‘arishi)  uy-joy  fondini,  kasalxonalar,  o‘quv  muassasalari, 

madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni ijtimoiy soha 

tarmoqlarini 

kengaytirish, 

rekonstruksiyalash, 

yangilashga 

sarflanadi.  Mazkur  sohalarni  kengaytirish  ham  ishlab  chiqarishni 

rivojlantirishning zarur shartidir. 

Jamg‘arishning  hajmi  va  tarkibi  iqtisodiy  o‘sish  sur’atlarini 

belgilab  berishda  hal  qiluvchi  omildir.  Jamg‘arish  normasi 

jamg‘arish  fondining  butun  milliy  daromad  hajmiga  nisbati  bilan 

aniqlanadi:          JN = JF/MD x 100,  

Bunda,  JN  ‒  jamg‘arish  normasi,  JF  ‒  jamg‘arish  fondi, 

MD‒milliy daromad. 

Jamg‘arish  normasining  ham  o‘z  chegarasi  bo‘lib,  uni  oshirish 

iqtisodiy  jihatdan  samarasiz  bo‘lib  chiqishi  va  salbiy  oqibatlarga 

olib  kelishi  mumkin.  Masalan,  uning  haddan  tashqari  ortishi 

natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, 



373 

chunki  kapital  mablag‘lar  hajmi  bilan  qurilish  tashkilotlarining 

quvvatlari,  materiallar  va  uskunalar  yetkazib  berish  imkoniyatlari, 

infratuzilmaning  rivojlanishi  o‘rtasida  nomutanosiblik  paydo 

bo‘ladi. Mablag‘larning sochilib ketishi natijasida obyektlarni barpo 

etish  muddatlarining  cho‘zilib  ketish  xavfi  oshadi,  oqibatda  ular 

qimmatlashadi,  barpo  etish  jarayonidayoq  ma’naviy  jihatdan 

eskiradi,  tugallanmagan  qurilishlar  ko‘payadi.  Oqibatda  iqtisodiy 

o‘sish sur’atlari pasayib ketish tamoyiliga ega bo‘ladi. 

Shunday  qilib,  jamg‘arish  iqtisodiy  o‘sish  sur’atlari  va  sifatiga 

faqat  o‘zining  miqdori  bilangina  hal  qiluvchi  ta’sir  ko‘rsatib 

qolmaydi.  Fan-texnika  taraqqiyoti  sharoitida  ulardan  foydalanish 

samaradorligi birinchi o‘ringa chiqadi. 

Jamg‘arish  milliy  daromadning  bir  qismi  hisobiga  amalga 

oshadi  va  shu  sababli  uning  hajmi  ko‘payishini  belgilaydigan 

omillar,  jamg‘arish  miqdorini  ham  belgilab  beradi.  Bu  omillardan 

asosiylari  mavjud  texnologiya  qo‘llaniladigan  resurslar  massasi  va 

ularning  unumdorligidir.  Jamg‘arish  miqdori  ishlab  chiqarish 

jarayonida xomashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga 

ham  bog‘liq.  Mahsulot  birligiga  ular  sarfini  kamaytirish  moddiy 

vositalarning  muayyan  miqdorida  mahsulotlarni  ko‘proq  hajmda 

ishlab chiqarishga imkon beradi. 

Jamg‘arishning  miqdori  milliy  daromaddagi  jamg‘arish  va 

iste’mol mablag‘lari o‘rtasidagi nisbatga ham bog‘liq bo‘ladi.  

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish