XVI bob. AGRAR MUNOSABATLAR: IJARA HAQI VA
RENTA
1. Yerning ishlab chiqarish omili sifatidagi xususiyatlari.
Agrar va renta munosabatlari.
2. Yer rentasi va uning turlari.
3. Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majmuasi va uning
tarkibi.
4. Agrobiznes va uning turlari. Respublikada qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish vazifalari.
1. Yerning ishlab chiqarish omili sifatidagi xususiyatlari.
Agrar va renta munosabatlari
“Yer” tushunchasi keng ma’noda qishloq xo‘jaligida ishlab
chiqarish faoliyatining umumiy shart-sharoiti sifatida qo‘llaniladi.
Jismoniy
ma’nodagi
yerning
xususiyati
shundan
iboratki, uning umumiy miqdori
o‘zgarmas, maydoni cheklangan
va inson o‘z xohishiga ko‘ra bu
o‘lchamni
o‘zgartirishga
layoqatli emas.
Qishloq
xo‘jaligida
yer
undan foydalanilganda boshqa
tarmoqlardan farq qilib, ishlab chiqarishning asosiy vositasi
hisoblanadi va mulk bu shaklining iqtisodiy jihatdan ro‘yobga
chiqarilishi undan renta daromadi olish orqali amalga oshadi.
Yer qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda vosita bo‘lib
xizmat qilishi sababli, shu yerdagi tuproq muayyan unumdorlikka
ega bo‘lishi zarur. Yerning tabiiy va iqtisodiy unumdorligi
farqlanadi. Bunda uning tabiiy unumdorligi alohida ahamiyatga ega
bo‘lib, yer mulkdori o‘zlashtiradigan daromadning darajasini
305
belgilab beradi. Yerning iqtisodiy unumdorligi unga qo‘shimcha
ishlov berishi, (organik va mineral o‘g‘itlar solish) natijasida
oshirilib boriladi.
Insonning tuproq unumdorligiga ta’siri chegarasiz emas.
Qachonki yerga qo‘shimcha qo‘yilgan mehnat va kapital hisobiga
olingan qo‘shimcha samara (daromad) kamayib borsa, keyingi iqti-
sodiy
resurslar
taklifini
rag‘batlantirishdan
to‘xtaydi.
Bu
unumdorlikning pasayib borish qonuni mazmunini ifodalaydi.
Yerning tabiiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
tabiiy unumdorligi va sotish bozorlariga nisbatan joylashgan
joyi. Mazkur o‘lchamlar bo‘yicha yerlar sifati va raqobatbardoshligi
jihatdan bir-biridan farqlanadi;
yerlarning tabiiy (tuproq tipi, relyefi) va iqlim sharoitlari. Turli
geografik hududlardagi yer uchastkalari shu sharoitlar tufayli bir xil
unumdorlikka ega bo‘lmaydi.
Agrar sohada insoniyat hayoti uchun eng zarur bo‘lgan oziq-
ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xomashyo ishlab
chiqariladi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. Кarimov ta’kidlab
o‘tganlaridek, «Respublika sanoatining ko‘pgina tarmoqlarini,
jumladan, paxta tozalash, to‘qimachilik, kimyo sanoatini, qishloq
xo‘jaligi
mashinasozligini
va
boshqalarni...
rivojlantirish
istiqbollari, ularning murakkab o‘tish davridagi iqtisodiy ahvoli
bevosita qishloq xo‘jaligiga bog‘liqdir»
76
. Boshqa sohalar kabi
qishloq xo‘jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar
o‘rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo‘ladi. Bu
agrar munosabatlarning negizini tashkil qiladi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan
bog‘liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va
undan foydalanish hamda yer rentasining hosil bo‘lishi,
taqsimlanishi
bilan
bog‘liq
bo‘lgan
munosabatlar
agrar
munosabatlar deyiladi.
Yer rentasi orqali yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi ro‘yobga
chiqariladi. O‘zbekistonda «yer – davlat mulki – umummilliy
boylik...» bo‘lganligi sababli yerga bo‘lgan mulkchilik, yerga egalik
qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi
lozim.
76
Каримов И.А. “Ўзбекистон буюк келажак сари”. Т.: «Ўзбекистон», 1998, 225–226-бетлар.
306
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer
uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun
hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini
bildiradi. Yerga egalik deganda, avvalo, yerga bo‘lgan mulkchilik
huquqi ko‘zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo‘lgan mulkdor amalga
oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida ta’kidlangani-
dek: «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va
muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi
mumkin»
77
.
Yerdan foydalanish huquqi – bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki
qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuv-
chi yer egasi bo‘lishi shart emas. Real xo‘jalik hayotida yerga egalik
qilish va yerdan foydalanishni ko‘pincha har xil jismoniy va
huquqiy shaxslar amalga oshiradi.
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil
qiladi.
Iqtisodchilar o‘rtasida renta nazariyasini tushuntirish bo‘yicha
turlicha qarashlar mavjud. Mazkur nazariyalar rentani miqdoriy
aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo‘yicha ko‘pincha bir-
biriga qarama-qarshi mazmunga ega.
Qiymat nazariyasi tarafdorlari rentaning vujudga kelishini
qiymat qonuni doirasida tushuntirsa. Hozirgi zamon renta
nazariyasida uning mohiyati iqtisodiy resurs hisoblangan yerga
bo‘lgan talab va taklifning harakati hamda muvozanatli narxning
hosil bo‘lishi orqali asoslanadi. Bunda rentaning manbai
to‘g‘risidagi qarashlar ham farqlanadi. Birinchi yondashuvga ko‘ra
– u ishchi mehnati bilan yaratiladi deyilsa, ikkinchisida renta yer
mahsuli deb hisoblanadi. Biroq har ikki holda ham rentani
tushuntirish
uchun
qo‘shimcha
miqdor
tushunchasidan
foydalaniladi.
Rentaning zamon yondashuvida yer va boshqa tabiiy resurslar
miqdorining doimiyligi hamda rentaning daromadning boshqa
turlari (ish haqi, foyda va foiz)dan farqlanishiga e’tibor qaratiladi.
Bu farqlanishning mazmuni miqdori cheklangan yerga bo‘lgan talab
va taklif nisbatidan foydalanib izohlanadi. Tahlilni soddalashtirish
maqsadida, birinchidan, barcha yerlar bir xil sifatga ega, ya’ni
77
«Ўзбекистон Республикасининг Ер кодекси». Т. «Ўзбекистон», 1999 й. 20-модда.
307
unumdorligi jihatidan bir xil deb faraz qilingan. Ikkinchidan, barcha
yerlar bir xil mahsulot, (masalan, don) yetishtirishda foydalaniladi
va nihoyat uchinchidan yer raqobatli bozorda ijaraga olinadi deb
hisoblaydi. Yerga bo‘lgan talab va taklif ta’sirida rentaning vujudga
kelishini tushuntirishda grafik tahlildan foydalanadi. Grafikdagi S
chiziq foydalaniladigan yer taklifini, D egri chiziq esa shu yerga
bo‘lgan talabni ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |