O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Narxning turlari. O‘zbekistonda davlatning narx siyosati



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

3. Narxning turlari. O‘zbekistonda davlatning narx siyosati 

  

Narxlarni  turkumlashga  bir  qator  mezonlar  asos  qilib  olinadi. 



Bular  narxlarning  iqtisodiy  mazmuni,  tartibga  solinish  darajasi  va 

amal qilish doirasidir. 

Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narxlar quyidagi turlarga ajratiladi. 

Ulgurji  narxlar.  Bu  narxlarda  tovarlar  katta  partiyalarda, 

ko‘tarasiga  sotiladi.  U  tarkiban  ishlab  chiqarish  xarajatlari  hamda 

ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini o‘z ichiga oladi. 



Chakana  narxlar.

  Bu  tovarlar  bevosita  iste’molchilarga 

sotiladigan  narxlar.  Chakana  narx  o‘z  tarkibiga  tovarning  ulgurji 

narxi  hamda  chakana  savdo  tashkilotlari  xarajatlari  va  foydasini 

oladi. 



192 

Xarid  narxlari.

  Bu  narxlar 

davlat 

buyurtmasi 

bo‘yicha 

ishlab  chiqarilgan  tovarlarga 

belgilanadi.  Ayrim  hollarda 

bunday 


narxlarga 

muayyan 


ustama  va  imtiyozlar  bo‘lishi 

ko‘zda tutiladi. 



Dotatsion  narxlar.

  Davlat 

budjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir. 

Demping  narxlar.

  Bunday  narxlarda  ishlab  chiqaruvchilar 

bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda 

foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi. 



Nufuzli  narxlar.

  Allohining  yuqori  daromad  oluvchi  qatlami 

xarid qiladigan nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belgilanadi. 

Ta’riflar.  Turli  xil  xizmatlar  (telefon,  transport,  kommunal  va 

h.k.) narxi sifatida chiqadi. 

Tartibga  solinishi  darajasiga  ko‘ra  narxining  quyidagi  turlari 

mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi. 

Qat’iy  belgilangan  narxlar.

  Ma’muriy  tarzda  belgilanib,  bozor 

kuchlari  ta’sir  ko‘rsatmaydi  va  muayyan  davr  davomida  doimiy 

bo‘lib qoladi. 



Erkin  narxlar.

  Talab  va  taklif  ta’siri  ostida  vujudga  keladigan 

bozor narxlaridir. 

Tartibga  solinadigan  narxlar.

  Ayrim  tovarlarga  davlat 

narxlarning  yuqori  (iste’molchi  manfaatini  ko‘zlab)  va  quyi  (ishlab 

chiqaruvchi  manfaatini  ko‘zlab)  chegarasini  belgilanganda  hamda 

moliyaviy  va  kreditli  dastaklardan  foydalanib,  narxga  ta’sir 

ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. 

Tartibga  solinadigan  narxlarga  limitlangan  va  dotatsiyalangan 

narxlarni  kiritish  mumkin.  Limitlangan  narxlarda  davlat  tomonidan 

belgilangan  yuqori  va  quyi  chegara  doirada  o‘zgarishi  mumkin. 

Bunday  narxlar  yordamida  davlat  inflatsiyani  jilovlaydi,  uning 

o‘sishini  nazorat  qiladi.  Dotatsiyalashgan  narxlarni  bozori  kasod 

bo‘lganida  firmalar  arzonlashtiradigan  narxlar  bilan  o‘xshatmaslik 

kerak. Dotatsiyali narxlar daromadi past oilalar, aholining ishsiz va 

nogiron  qatlamlarini  minimal  darajada  ta’minlab  turish  uchun 

ishlatiladi.  Maxsus  arzonlashtirilgan,  ammo  dotatsiyasi  bo‘lmagan 



193 

narxlar  ham  borki,  ularni  belgilashda  firmalar,  xayri-ehson  tashki-

lotlari  qatnashadi.  Mazkur  homiylar  tovarlarning  odatdagi  narxi 

bilan  arzonlashtirilgan  narxi  o‘rtasidagi  farqni  o‘z  mablag‘lari 

hisobidan qoplaydilar.  

Shartnoma  narxlari.  Ishlab  chiqaruvchi  va  iste’molchi 

tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlardir. 

Amal qilish doirasi (bozor ko‘lami)ga ko‘ra hududiy, milliy va 

jahon narxlari ajratiladi. 

Hududiy  (mintaqaviy)  narxlar  muayyan  hududiy  bozorlarda 

uning doirasida amal qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi. 

Milliy  narxlar  alohida  mamlakatlar  doirasida  o‘rtacha  ijtimoiy 

sarf-xarajatlar, milliy bozordagi talab va taklif ta’sirida shakllanadi. 

Jahon  narxlari  muayyan  tovarlarni  ishlab  chiqarishga  ketgan 

baynalmilal  xarajatlarni,  tovarlarning  jahon  andozasi  talablariga 

mos  kelishi  darajasini  hamda  xalqaro  bozordagi  talab  va  taklif 

nisbatini o‘zida aks ettiradi. 

O‘zgaruvchanlik  darajasiga  ko‘ra  standart  va  o‘zgaruvchan 

narxlar farqlanadi. 

  Bozor  sharoitiga  qarab  o‘zgarmaydigan  narxlar  standart 

narxlar  deyiladi.  Bunda  narx  o‘zgarmasada,  foyda  ko‘payishi 

mumkin,  ya’ni  bu  narx  xaridorga  qulaylik  tug‘diruvchi  xarajatlarni 

qisqartirish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.  Masalan:  Avtobusda  yo‘l 

haqi  o‘zgarmaydi,  lekin  avtobuslar  soni  qisqaradi  yoki  bekatlar 

qisqartiriladi,  muzqaymoq  tarkibida  sariyog‘  yoki  qaymoq  ulushi 

kamaytiriladi.  

  O‘zgaruvchan  narxlar  –  bozor  sharoitiga  qarab  oshib  yoki 

pasayib  turadi.  Bunda  talabning  o‘zgarishi  hisobga  olinadi. 

Masalan:  yangi  tovar  rusumga  kirayotganda,  unga  talab  yuqori, 

shunga  ko‘ra  narxi  baland  bo‘ladi.  U  kundalik  zarur  tovarga 

aylangach narxi ham arzonlashadi. O‘zgaruvchan narxlar yana shun-

da ko‘rinadiki, qish mavsumi boshlanganida qishki kiyimlar qimmat 

bo‘lib,  bahorga  borib  ular  arzonlashadi.  Narxlarning  o‘zgarishi 

ma’lum chegarada yuz beradi. Narxlar o‘rtasidagi farqning miqdoriy 

o‘lchami narx diapazoni deyiladi. 

Narx diapazoni – turli narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir. 

Shakllanish  sharoitidan  kelib  chiqib,  erkin  bozor  narxlari  va 

monopol narxlarni ajratish mumkin. 




194 

Monopol  narxlar  monopol  mavqeiga  ega  bo‘lgan  tovarlarga  bel-

gilanib, u ishlab chiqarish narxidan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. 

  Erkin  bozor  narxlari  –  sof  raqobatli  bozor  sharoitida  vujudga 

keladi.  

  Yer, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tibiiy resurslarga 

belgilanadigan narxlarni irratsiotnal narxlar deyiladi. 

  Yashirin narxlar xufiyona  bozorlarda shakllanadigan narxlarni 

anglatadi. 

Narxlar  darajasi  va  nisbati  bozor  holatini  ko‘rsatadi.  Narxlar 

darajasi  ularning  mutlaq  o‘lchamidir.  Narx  darajasi  ikki  turga 

bo‘linadi:  1)  Mutlaq  daraja  –  bu  narxning  umumiy  miqdori  bo‘lib, 

ma’lum tovarning qancha turishini ko‘rsatadi. 2) Nisbiy daraja – bu 

narxning  iste’molchi  daromadi  xarid  qobiliyatidagi  ulushini 

ko‘rsatadi. U tovar narxi iste’molchi pul daromadining necha foizini 

tashkil  etishini  ko‘rsatadi.  Masalan:  iste’molchining  bir  oylik 

maoshi 1,5 mln deb faraz qilaylik, 1 kg go‘sht narxi 30 ming so‘m. 

Demak,  go‘sht  narxining  dehqon  bir  oylik  daromadidagi  nisbiy 

ulushi 2% (30:1500x100)ga teng.  

Davlatning narx siyosati – bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida 

narxlarni  erkinlashtirish  va  milliy  bozor  narxlarini  jahon  bozori 

narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi. 

Narxlarni erkinlashtirishdan quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi: 

xomashyo  bilan  mahsulot  ayrim  turlari  narxlari  o‘rtasidagi 

nomutanosiblikni yumshatish; 

narx  bilan  aholi  daromadlari  va  korxonalar  foydasi  o‘rtasidagi 

mutanosiblikka erishish; 

investitsion tovarlar, iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarining 

oqilona nisbatini ta’minlash; 

ishlab  chiqarish  vositalari,  xalq  iste’mol  tovarlari,  bajarilgan 

ishlar va xizmatlarning erkin narxlari hamda tariflariga o‘tish; 

milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish. 

Narxlarni  erkinlashtirish-iqtisodiy  islohotlarning  eng  asosiy 

yo‘nalishlaridan  biri bo‘lib, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p 

jihatdan  shu  muammoning  hal  etilishiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Narxlarni 

erkinlashtirish  xomashyo  bilan  mahsulot  ayrim  turlarining  narxlari, 

narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka 



195 

erishishga  qanday  yondashilishi  bilan  farqlanadi.  Shu  yonda-

shuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi:  

a)  narxlarni  birdaniga  yoki  «esankiratadigan»  tarzda  qo‘yib 

yuborish;    b)  narxlar  o‘sishini  sun’iy  ravishda  to‘xtatib  qo‘yish;           

d)  narxni  davlat  tomonidan  boshqarish  va  nazorat  qilishni  ma’lum 

darajada saqlab qolish. 

Bozor  munosabatlariga  o‘tayotgan  har  bir  mamlakat,  shu 

yo‘llardan  birini  tanlashda  ulardan  har  birining  mavjud  real  shart-

sharoitlarga  qanchalik  mos  kelishi,  aholi  asosiy  qismining  moddiy 

ahvoliga  qanday  darajada  ta’sir  ko‘rsatishi,  isloh  qilishning  tanlab 

olingan  yo‘liga  qanchalik  darajada  javob  berishi  va  kutiladigan 

salbiy oqibatlarni hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishda  MDH  ning  bir  qator  mustaqil 

davlatlar  narxlarni  erkinlashtirishning  «tezkor»  yo‘lini  tanlab  oldi. 

Barcha  turdagi  xomashyo  resurslari,  iste’mol  mollari  hamda 

xizmatlar  narxini  bir  yo‘la  erkin  qo‘yib  yubordi.  Natijada  narxlar 

keskin  oshdi.  Bu  aholi  keng  qatlamining  birdaniga  qashshoq-

lashuviga,  ijtimoiy  ahvolning  keskinlashuviga  olib  keldi,  ishlab 

chiqarishning  pasayishiga,  milliy  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligining 

izdan chiqishiga sabab bo‘ldi. 

 O‘zbekistonda  iqtisodiyotni  isloh  qilishning  o‘ziga  xos 

tamoyillari,  mamlakatdagi  vaziyat  va  aholining  turmush  darajasi 

hisobga  olinib,  narxlarni  asta-sekinlik  bilan  va  bosqichma-bosqich 

erkinlashtirish  yo‘li  tanlab  olindi.  Shu  yo‘l  bilan  narxlarni 

erkinlashtirishning  dastlabki  bosqichida  (1992-yilning  boshida) 

keng  doiradagi  ishlab  chiqarish,  texnika  vositasi  bo‘lgan  mahsu-

lotlar,  ayrim  turdagi  xalq  iste’moli  mollari,  bajarilgan  ishlar  va 

xizmatlarning  erkin  narxlari  va  tariflariga  o‘tildi.  Aholini 

himoyalash  maqsadida  cheklangan  doiradagi  oziq-ovqat  va  sanoat 

tovarlari  narxlarining  chegarasi  belgilab  qo‘yildi,  ayrim  turdagi 

xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi.  




196 

Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993-yil) keli-

shilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatildi. 

Qat’iy  belgilangan  va  davlat  tomonidan  tartibga  solib  turiladigan 

narxlarda  sotiladigan  tovarlar  va  ko‘rsatiladigan  xizmatlarning  soni 

ancha qisqardi. 

Narxlarni  erkinlashtirishning  navbatdagi  bosqichida  (1994-yil, 

oktabr,  noyabr)  xalq  iste’mol  mollari  asosiy  turlarining  narxlari 

erkin  qo‘yib  yuborildi,  transport  va  kommunal  xizmatlarning 

tariflari  oshirildi.  Shunday 

qilib, 

respublikada 

iqtisodiyotni 

isloh 


qilishning  birinchi  bosqichi 

narxlarni 

bosqichma-

bosqich  (uch  bosqichda) 

to‘liq  erkinlashtirish  bilan 

tugadi. 


Narxlarni 

erkinlashtirish 

aholini 

ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib 

borildi.  Respublika  iqtisodiyoti  rivojlanishining  hozirgi  bosqichida: 

“... makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy 

o‘sishning  yuqori  sur’atlarini  saqlab  qolish,  jumladan,  Davlat 

budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valuta va ichki bozordagi 

narx  darajasi  barqaror  bo‘lishini  ta’minlash  –  eng  muhim  ustuvor 

vazifamizdir”. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish