Tayanch tushunchalar
Ish haqi – ishlab chiqaruvchilar mehnatining miqdori, sifati va
unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining
puldagi ifodasi.
Vaqtbay ish haqi – ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy)
hisobga olinib to‘lanadi.
Ishbay ish haqi – ishlab chiqargan mahsuloti miqdoriga yoki
bajargan ishi hajmiga qarab to‘lanadi.
Nominal ish haqi – pul shaklida olingan ish haqi summasi.
Real ish haqi – nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin
bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining
sotib olish layoqati.
Do'stlaringiz bilan baham: |