O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi



Download 3,5 Mb.
bet44/168
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#270586
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   168
Bog'liq
Ma'lumotlar bazasi o'quv qo'llanma

2.3. Formalar bilan ishlash


Ma’lumotlarni Access ga ikkita usulda kiritish mumkin: jadvalga va formada (shaklga). Ma’lumotlarni kiritish usuli kelajakda ularni o‘zgartirish chastotasiga bog‘liq.

Agar kiritilgan ma’lumotlar ahyon-ahyonda o‘zgartiriladigan bo‘lsa u holda ular bilan ishlashda jadvallardan foydalangan ma’qul. Jadval rejimini ma’lumotlarni to‘liq ko‘zdan kechirish zaruriyati tug‘ilganda ham qo‘llash tavsiya etiladi. Agar kiritiladigan ma’lumotlar tez-tez o‘zgartiriladigan bo‘lsa ularni formaga kiriting. Chunki bu holat e’tiborni aniq yozuvlarga tegishli ma’lumotlarga qaratish imkonini beradi, masalan aniq mijozga tegishli ma’lumotlar.

Ixtiyoriy forma Access - jadval yoki so‘rov asosida quriladi. Maydon nomlari jadval spesifikasiyasidan olinadi, ularni formada joylashtirish esa o‘zimizning ixtiyorimizda bo‘ladi. Maydonlarning formada joylashish ketma-ketligini mantiqan bog‘langan maydonlarni guruhlarga jamlab aniqlash kerak bo‘ladi; formaga boshqarish elementlarini ham qo‘yish zarur bitta jadval asosida foydalanuvchi bir nechta forma yaratishi mumkin: bittasini raxbar uchun, boshqasini buxgalter uchun, uchinchisini ombor xizmatchisi uchun va hokazo. Formaning barcha ma’lumotlari uning boshqarish elementlarida saqlanadi, ba’zilari esa bazaviy jadval maydonlari bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. Bunday elementlarda jadval maydonlarining qiymatlarini ko‘rsatish va ularga o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Formaning boshqa elementlari, masalan maydon nomlari, ularni jihozlash uchun hizmat qiladi.

Formani uch xil usul bilan hosil qilish mumkin:



  • Formalar konstruktori yordamida - Forma maketi yaratiladi va foydalanuvchiga forma yaratish uchun mo‘ljallangan uskunalar to‘plamini (usta va quruvchi kabi avtomatlashtirish vasitasilari ham) tavsiya qiladi.

  • Forma ustasi yordamida - formalarni loyihalash jarayonini “boshqaradi”. Foydalanuvchi va ustaning forma yaratish bo‘yicha muloqoti natijasida tayyor forma paydo bo‘ladi.

  • Avtoformadan foydalanib - tanlangan jadval asosida quyidagi tur formalardan biri hosil qilinadi: В столбец, Ленточную, Табличную.

Forma yaratish uchun ma’lumotlar bazasi oynasining Формы qo‘yilmasidagi Создать tugmasi bosiladi. Ekranda Новая форма muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Bu oynada dastur foydalanuvchiga forma yaratish usulini tanlashni tavsiya qiladi. Forma yaratish usullari ro‘yxatidan tanlashdan oldin oynaning pastki qismida joylashgan maydonda forma yaratishda asos qilib olinayotgan jadval yoki so‘rov ko‘rsatiladi.



Ro‘yxatdan Автоформа: в столбец elementini tanlang va OK tugmasini bosing.Biroz vaqtdan so‘ng ekranda tayyor forma paydo bo‘ladi. Agar siz uni yopmoqchi bo‘lsangiz Access bu formaning saqlanmaganligi haqida eslatadi va uni IMTIHON QAYDNOMASI (ВЕДОМОСТЬ СДАЧИ ЭКЗАМЕНОВ) nomi bilan saqlashni tavsiya qiladi. Siz bu nomni o‘zgartirishga haqlisiz.



Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish