Ma’lumotlar bazasi jadvallarida saqlanayotgan mavjud ma’lumotlardan effektiv foydalanish uchun kerakli axborotlarni izlashning oddiy va qulay vositalariga ega bo‘lishi zarur. Jadval katta sonli yozuvlardan iborat bo‘lishi mumkin. Yaxshi MBBT (Ma’lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimlari) esa ular orasidan keraklisini tez va oson topish, hamda ajratib olish imkonini berishi kerak. Shu nuqtai nazardan, Access bu amallarni bajarishda foydalanuvchiga maksimal qulayliklar yaratadi va katta hajmdagi ma’lumotlarni effektiv qayta ishlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |