tugmasini bosgan holatda jadvallar nomini belgilab chiqib Добавить (Add) tugmasini bosish kerak. Hamma kerak bo‘lgan jadvallarni sxemaga qo‘shib bo‘lgandan kegin Закрыть (Close) tugmasini bosish kerak.
Jadvallar orasida bog‘lanish yaratish: Ma’lumotlar sxemasida jadvallar o‘rtasidagi bogliqlikni aniqlashda axborot-mantiqiy modelni kanonik ko‘rinishda foydalanish qulaylik tugdiradi. Bunda bosh va bo‘ysunivchi jadvallar orasidagi munosabatlarni oson aniqlab olish mumkin bo‘ladi, chunki axborot – mantiqiy modeldagiga o‘xshab bosh jadvallar bo‘ysunuvchi jadvallarga qaraganda yuqoriroqda joylashgan bo‘ladi. Birga – bir boglanishlar kamdan – kam holda ishlatiladi. Boglanishlar relyatsion bazasilarida asosiy hisoblanadi.
Ma’lumotlar sxemasida jadvallar o‘rtasida (1:M) munosabatlarni o‘rnata turib, bosh jadvalda bog‘lanish o‘rnatilishi kerak bo‘lgan unikal kalitli maydonni belgilab oling. Keyin sichqonchaning tugmasini qo‘yib yubormasdan turib kursorni bo‘ysunuvchi jadvalning mos maydoniga qo‘ying.
Tarkibiy kalit orqali jadvallar o‘rtasida munosabat o‘rnatayotganingizda, bosh jadvalaning kaliti bo‘ladigan hamma maydonlarni tanlab ularni bo‘ysunuvchi jadvalning birorta maydoniga olib o‘ting. Tarkibli kalitga kiradigan hamma maydonlarni belgilash uchun ularni tugmasini bosib belgilab chiqiladi. Munosabat o‘rnatilgandan keyin Изменение связей (Edit Relationships) oynasi ochiladi. Тип отношений maydonida avtomatik tarzda birga-ko‘p bog‘lanish o‘rnatiladi.
Tarkibli kalit bo‘lgan holda Изменение связей (Edit Relationships) oynasida bosh jadvalning har bir maydoni uchun Таблица/Запрос (Table/Query) da bo‘ysunuvchi jadvalning mos ravishdagi maydonini tanlash kerak.
1.5.Yozuvlarni kiritish va tahrirlash
Mana endi jadvalni aniq ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi va kerak bo‘lgan hollarda bu ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilishi kerak bo‘ladi.
Jadvalga yangi yozuv qo‘shish uchun ma’lumotlar bazasi oynasida jadval nomini belgilab Открыть tugasini bosing. Agar ayni vaqtda jadval konstruktori oynasi ochiq turgan bo‘lsa, u holda Вид menyusidan Режим таблицы tanlab oyna ko‘rinishini o‘zgartirish mumkin yoki bo‘lmasa shu amalni instrumntlar paneldagi tugmalar orqali ham amalga oshirilish mumkin. Вид menyusidan foydalanib siz har doim jadvalni jadval ko‘rinishdagi rejimidan (Режим таблицы) jadvalning konstruktor rejimiga (Конструктор) o‘tishingiz mumkin va shu holatni teskarisiga ham amalga oshirish mumkin. Jadvalning ko‘risnish rejimlari orasidagi o‘tishni uskunalar panelidagi birinchi tugma orqali ham amalga oshirish mumkin. Tugma rasmi jadval qanday ko‘rinishda turgan bo‘lsa shu ko‘rinishga mos ravishda o‘z rasmini o‘zgartiradi, agar jadval konstruktor rejimida tursa tugma jadval ko‘rinishda turadi, agar jadval jadval ko‘rinishda tursa konstruktor belgisi turadi.
Jadval rejimida kursorni keyingi maydonga o‘tkazish uchun TAB tugmachasi bosiladi, oldingi maydonga o‘tkazish uchun Shift+Tab tugmachalari bosiladi. Boshqaruv tugmachalarini bosish orqali jadval katakchalari o‘rtasida kursorni haraktlantirishimiz mumkin bo‘ladi. Yangi yozuvni kiritib, Tab tugmasini bossak Access avtomatik ravishda yozuvni saqlab qoladi. Ma’lumot ko‘p bo‘lgan jadvalarda boshqaruv tugmalari orqali kursorni yozuvlar o‘rtasida harakatlantirish qiyin bo‘lib qoladi, shunig uchun kursor joyini o‘zgartrishning boshqa quyidagi usullari ham mavjud: