2.2. So‘rov natijalarini aks ettirish
Tayyor so‘rov Конструктор запросов uskunalar panelida joylashgan undov belgisi tasviri tushirilgan tugmani bosgandan so‘ng bajariladi. So‘rovni bajarish uchun ma’lumotlar bazasining Открыть tugmasidan yoki tanlangan so‘rov nomida sichqonning chap tugmasini ikki marta bosishdan foydalanish mumkin. Access mijoz jadvalidan ko‘rsatilgan mezonlarga mos ravishda ajratilib olingan natijaviy yozuvlar to‘plamini ekranda aks ettiradi. Agar so‘rov blankiga o‘zgartirish kiritishzarurati tug‘ilsa, u holda uskunalar panelida chapdan birinchi joylashgan tugma yordamida so‘rovlar konstruktori holatiga o‘tish yoki Вид menyusining Конструктор optsiyasini o‘rnatib bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |