Taqrizchilar: prof. Do’stchonov T.
dots. Sadullayev A.
Ishchi dastur Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan ishlab chiqilib, Oliy o’quv yurtlararo Ilmiy-uslubiy Kеngashda tavsiya qilingan va O’zOUMTV tomonidan 201__ yilda tasdiqlangan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan.
Kirish
Fanni chuqur o`rganish uning mazmun mohiyatini qay darajada o`zlashtira olishga bog`liq. Fanni tez va oson o`zlashtirib olishni ta’minlash esa talabalarda fanga qiziqishni oshiradi va uni hayotga tadbiq qilishni tezlashtiradi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanini tez va oson o`zlashtirib olishda uni puxta egallash davrimizning eng muhim talablaridan biridir.
Oliy o`quv yurtlarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risidagi Nizomga binoan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholashning shu fan va undagi tayanch tushunchalarga asoslangan "Yozma ish" usuli joriy qilingan. Iqtisodiyot nazariyasi fani va undagi tayanch tushunchalar asosida talabalarga chuqur bilim berish, ularda o`z fikrlarini yozma ravishda aniq va lo`nda ifodalash ko`nikmalari hosil qilish, va yozma ish savollarini tayyorlashga mas’uliyat bilan yondashish katta ahamiyatga egadir.
Talabalar bilimini baholashning iqtisodiyot nazariyasi fani va tayanch tushunchalariga asoslangan "Yozma ish" usulini talabalarning o`z bilimlarini kompyuterda sinab ko`rishlari va iqtisodiyot nazariyasi reyting tizimining yakuniy baholash bosqichida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani va tayanch tushunchalarini o`rganishni osonlashtirish maqsadida amaldagi dasturda ko`rsatilgan mavzular bo`yicha taqsimlangan.
Ushbu qo`llanma tezis-konspekt tariqasida bo`lib talabalar uchun eng qisqa, qulay asosda iqtisodiyot nazariyasini o`rganish imkoniyatini beradi. Shuni e’tiborga olib har bir mavzu uchun adabiyotlar ro`yxati, sinov savollari va boshqalarni keltirishni lozim topmadik.
Tayanch tushunchalar asosida iqtisodiyot nazariyasini o`rganish va talabalar bilimini aniqlash "yozma ish"larini o`tkazish, amaliyotda kam qo`llanilganligi sababli ushbu qo`llanmada ayrim kamchiliklar va nuqsonlar bo`lishi tabiiy. Mualliflar bildirilgan har bir fikr va mulohazalarni inobatga oladi va raxmatlar aytadi.
Shuningdek, ushbu risolani muxokama qilishda o`zlarining qimmatli fikr va mulohazalarini bildirgan Urganch Davlat Universiteti ilmiy uslubiy kengashi a’zolariga va iqtisod fakulteti ilmiy kengashi a’zolariga o`z minnatdorchiligini bildiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |