O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi


Dvigatelni  asosiy  nosozliklari  q



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

 
Dvigatelni  asosiy  nosozliklari  quyidagilardan  iborat:  dvigatel  yonmaydi,  turg`un  ishlamaydi 
yoki  salt  yurishda  to`xtab  qoladi,  to`la  quvvat  ololmaydi,  moy  sarfi  ko‘paygan,  moy  bosimi  yetarli 
emas,  tebranishlar ko‘paygan,  dvigatel  qiziydi,  sovutish suyuqligi sathi  tez  pasayadi  va  yonilg`i  sarfi 
ko‘payadi. 
Dvigatel qo`yidagi uchta sabablardan biri tufayli yonmasligi mumkin: dvigatelni ishga tushirish 
tizimi nosoz; yonilg`ini  uzatilishi buzilgan (ta`minlash tizimi nosoz); uchqun paydo bo`lishi buzilgan 
(yondirish tizimi nosoz). 
Dvigatelni ishga tushirish tizimi nosoz bo`lganda dvigatelni aylantirishga yetarli bo`lmagan te-
zlik  bilan  startyorni  yakori  aylanadi  yoki  umumman  aylanmaydi.  Dvigatelni  ishga  tushirish  tizimini 
nosozliklarini «Elektr jihozlari TXK va JT» mavzusida koprib chiqiladi.  
Agar  dvigatelni  tirsakli  valini  normal  aylanishlar  chastotasi  bilan  aylantirilsayu  dvigatel 
yonmasa,  bunda  dvigatel  tsilindriga  yonilg`i  uzatilmaya‘ti  yoki  uchqunlanish  buzilgan.  Birinchi  ho-
latda  ta`minlash  tizimi,  ikkinchi  holatda  yondirish  tizimi  nosoz.  Ta`minlash  tizimi  nosoz  bo`lganda 
yonilg`i nasosini, karbyuratorni nosozligi yoki yonilg`i uzatgichlarni  yoki yonilg`i filtrlarini ifloslani-
shi tufayli yonilg`i uzatilishi buziladi.  
YOndirish tizimi nosoz bo`lganda yondirish g`altagini, yondirish taqsimlagichini yoki datchik-
taqsimlagichini,  kondensatorni,  yondirish  shamini  nosozligi  hamda  past  yoki  yuqori  kuchlanish  toki 
zanjirini  uzilishi  yoki  yondirishni  ilgarilanish  burchagini  buzilishi  tufayli  normal  uchqunlanish 
bo`lmaydi  (uchqun  normal  shakllanmaydi).  Har  qanday  holatda  dvigateldagi  nosozliklarni  sababini 
hamma  vaqt  murakkab  bo`lmagan  va  mehnat  sarfi  kam  operatsiyadan  boshlash  maqsadga  muvofiq. 
Agar dvigatel yonmasa nosozlikni qo`yidagi taxminiy tartib bo`yicha qidirishni taklif qilish mumkin. 
Avval  karbyuratordagi  elektromagnit  klapanni  ishlashini  (odatda  yondirishni  ulaganda 
chiqqillash  harakteri  bo`yicha  tekshiriladi)  hamda  yonilg`i  nasosi  bilan  karbyuratorga  yonilg`ini 
uzatilishi  tekshiriladi,  Buning  uchun  yonilg`i  nasosidan  karbyuratorga  kelgan  yonilg`i  o`tkazgichni 
uzib yonilg`i nasosi qo`l nasosini ishlatish lozim. Agar karbyuratorni elektromagnit klapani to`la ish-
lasa va yonilg`i nasosi yetarli bosim bilan yonilg`i uzatsa, yondirish tizimi tekshirildai. YOndirish tiz-
imi asboblari va yuqori kuchlanishli uzatmalaridagi iflosliklar tozalanadi, namlangan bo`lsa quritiladi. 
Avtomobillarga  TXK  shaxobchalarida  dvigatelni  yondirish  tizimi  maxsus  stendlarda  tekshiri-
ladi. Bunday stendlar bo`lmganda yoki yondirish tizimidagi nosozlikni o`rnida to‘ish uchun yondirish 
tizimi qo`yidagi tartibda tekshiriladi. 
Kontakt yondirish tizimli dvigatellarda yondirish tizimi asboblarini soz ishlashini oson aniqlash 
mumkin,  yondirish  g`altagidan  taqsimlagichni  markaziy  teshigiga  undan  yondirish  shamiga  borgan 
yuqori kuchlanishli uzatmalarda kuchlanish borligi tekshiriladi («uchqunni» tekshirish). Buning uchun 
taqsimlagichni  markaziy  teshigidagi  yoki  yondirish  shamidagi  yuqori  kuchlanishli  uzatma  olib  uni 
«massadan»  3...7  mm  uzoqlikda  ushlab  turib  dvigatelni  tirsakli  vali  startyor  yoki  aylantirish  dastasi 
yordamida  aylantiriladi.  Uchqun  bo`lmaganda  past  kuchlanishli  zanjirdagi  kuchlanishni  tekshirishga 
o`tiladi,  bunda  indikator  yoki  lampochka  yordamida  yondirish  taqsimlagichini  past  kuchlanishli 
klemmasiga kelayotgan tok tekshiriladi.  
Elektron kontaktsiz yondirish tizimli dvigatellarda «uchqunni» tekshirish uslubi bilan yondirish 
tizimini tekshirish tavsiya qilinmaydi. Bunday dvigatellarda avval kommutatordan yondirish g`altagiga 


 
23 
borgan  past  kuchlanishli  tok  im‘ulsi  tekshiriladi.  Buning  uchun  kommutatorni  yondirish  g`altagiga 
ulangan uzatmasi uziladi va unga indikatorni yoki lampochkani bitta kontakti ulanadi, ikkinchi kontakt 
«massa»  ga  ulanadi.  Dvigatel  tirsakli  valini  startyor  bilan  aylantirganda  indikator  yoki  lampochkani 
li‘-li‘ etib yonib-o`chishi kommutatorni sozligini va yondirish g`altagiga past kuchlanishli tok im‘ulsi 
uzatishni  ta`minlashini  bildiradi.  So`ng  maxsus  razryadlovchi  yordamida  yuqori  kuchlanish  zanjirini 
tekshirishga o`tiladi. Eng oddiy razryadlovchi elektr ihotalovchi material ichiga bir-biridan 7...10 mm 
uzoqlikda  joylashgan  va  uchlari  o`tkirlangan  ikkita  metall  o`zakdan  (sterjendan)  iborat.  Birinchi 
o`zakka  yondirish  shamidan  yechib  olingan  yuqori  kuchlanishli  uzatgich,  ikkinchisiga  avtomobil 
«massasi» ulanadi va dvigatel tirsakli valini startyor bilan aylantirganda razryadchi elektrodlari orasida 
uchqun  borligi  aniqlanadi.  YOndirish  shamlarida  uchqun  yaxshi  (me`yorida)  bo`lganda  yondirishni 
ilgarilanish burchagi tekshiriladi. So`ng karbyuratorni ish hajmi ko‘proq operatsiyalariga o`tiladi. 
Buning  uchun  karbyuratordan  yonilg`i  filtri  shtutseri  yechib  olinadi  va  filtr  damlash  nasosi 
yordamida  ‗udab  iflosliklardan  tozalanadi.  Agar  bu  yetarli  bo`lmasa  karbyurator  qo‘qog`i  olinadi, 
po`kakli  kameradagi  yonilg`i  sathi  tekshiraladi  va  sozlanadi,  jiklyorlar  ‗udab  tozalanadi.  Agar  bunda 
ham  karbyuratorni  me`yorida  ishlashi  ta`minlanmasa,  unda  karbyuratorni  ta`mirlash  uchun  avtomo-
bildan yechib olinadi.  
YOnmayotgan  dvigateldagi  nosozlikni  to‘ishda  shuni  unutmaslik  kerakki,  yonilg`i  me`yorida 
uzatilayotganda  va  uchqunlanish  buzilganda  dvigatel  tirsakli  valini  startyor  bilan  aylantirganda 
yondirish  shamlari  benzin  bilan  namlanadi  va  ular  me`yorida  ishlashi  buziladi.  SHuning  uchun 
dvigatelni  ko‘p  marta  yondirishda  tsilindrlarni  «shamollatish»  bilan  dvigatelni  o`t  oldirishdan  foyda-
lanish  lozim.  Buning  uchun  gaz  pedalini  oxirigacha  bosish  bilan  karbyuratorni  drossel  zaslonkasi 
hamda  havo  zaslonkasi  to`liq  ochiladi.  Tirsakli  valni  startyor  bilan  aylantirganda  «alanga»  paydo 
bo`lishi bilan dvigatelni ishga tushish momentigacha havo zaslonkasi yo‘ilib boradi. 
YOnilg`i tizimini (yonilg`i  nasosi,  karbyurator)  nosozligida  yonilg`i  yetarlicha uzatmasligi va 
yondirish tizimi elementlarini nosozligi yoki yondirishni ilgarilanish burchagini buzilishida uchqunlan-
ish me`yorini buzilishi hamda gaz taqsimlash mexanizmi detallarini yeyilishi tufayli dvigatel turg`un 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish